O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94

198
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
va ko`nikmalarni shakllantirish, o`z-o`zini jismoniy takomillashtirish,
istak va ehtiyojlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy
qiziqishlarni o`stirish faoliyatida asosiy bo`g`in hisoblanadi.
II. Jismoniy tarbiya fanining tarkibi
Jismoniy tarbiya fani umumiy o`rta ta`limda quyidagilardan tarkib
topadi:
 1.  Jismoniy tarbiya darslari:
-  maktabda jismoniy tarbiya va ta`limning asosiy shakli. Ularning
miqdori tayanch o`quv jismoniy rejasida haftasiga 2 o`quv soati hisobidan
belgilangan.
2. Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari:
- darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika, umumiy o`rta ta`lim
darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalar, uzaytirilgan
tanaffuslardagi dinamik pauzalar, ko`ngilochar harakatli o`yinlar.
3.  Jismoniy mashg`ulotlarining sinfdan tashqari shakllari:
- sport to`garaklari, fakultativlar, o`quvchilar qiziqishiga qarab
ochilgan to`garaklar va boshqalar.
 4.  Umummaktab tadbirlari:
- bayramlar, sport turlari bo`yicha musobaqalar, spartakiadalar,
viktorinalar va boshqalar;
5. Mustaqil mashg`ulotlar:
- ko`pincha uy vazifalarini bajarish tarzida, bolalar va o`smirlar
sport maktabi sport sho`balaridagi mashg`ulotlar. Safarlar, o`yinlar va
boshqalar.
Mashg`ulotlarning barcha shakllari haftasiga boshlang`ich sinf
o`quvchilari uchun  8-10  soat, 5-9 sinf o`quvchilari uchun 10-12 soat
harakat tartibini ta`minlab berish kerak.
Belgilangan hajm o`quvchilarning ko`rsatilgan guruhlari uchun yetarli
darajada zarur va minimal darajada majburiydir. Nosog`lom, jismoniy
rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o`quvchilar uchun maxsus
(individual-differensial) rejim o`rnatiladi.
III. O`quvchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini belgilovchi
bilim, ko`nikma malakalar
1-sinf
Bilimlar:
-  ertalabki oddiy gimnastik mashqlari elementlarini bilish;


199
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
- yakkama-yakka, bittadan, juft-juft, ikkitadan bo`lib qisqa masofaga
yurish va yugurishlarni bilish;
- kalta arqonlar, arg`amchilardan sakrash, baland bo`lmagan
gimnastik to`siqlardan "Chuqurcha"ga sakrash, aniq nishonga uloqtira
olish;
- turli to`siqlardan, gimnastik o`rindiqdan va shuningdek, gimnastik
devorlarga tirmashish (yuqoriga, pastga) mashq elementlarini bilish;
- qomatni to`g`ri tutib yurish, oyoq uchida yurish, signal bo`yicha
to`xtash bilan yurish, sekin va tez yurish mashqlarini bajara olish;
-  milliy raqs harakatlarini o`rganish va  raqsga tushishni bilish;
- gimnastik narvonda qo`llarda osilib turishni, shu holatda tizzalarni
ko`tarib tushirishni, past turnikda bir va ikki qo`lda osilib turishlarni
bajarishni bilish;
- quvnoq harakatli o`yinlarni gimnastik gardishlar, to`ldirma to`p
va boshqa sport anjomlari bilan  bajarishni bilish;
-  milliy raqs harakat elementlarini bajarishni bilish;
-  "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus test sinovlarini topshirish.
Ko`nikmalar:
- buyruq va signal bo`yicha to`xtash, to`xtab oyoq uchida, tovonda
yurish mashqlarini bajarish;
- arg`amchidan sakrash, 30-40 sm balandlikdan pastga sakrash bilan
yumshoq qo`nish mashqlarini bajarish;
- gimnastik narvon qiya qo`yilgan gimnastik o`rindiq ustidan yuqoriga
tirmashib chiqish va pastga tushishni, gimnastik devorga tirmashib chiqish
va gimnastik narvonningg 3 ushlagich tayoqchasidan yengil pastga sakrab
tushish mashqlarini bajarish;
- 30 metr masofaga juft-juft, guruh bo`lib tez yugurish mashqlarini
bajarish;
- turgan joyidan va yugurib kelib uzunlikka sakrashni, 2 daqiqa davomida
asta-sekin  yugurish, yurishni-yugurish bilan almashlab yugurish hamda
yugurish elementlari bilan o`yin mashqlari, "Kim kuchli?", "Kim
chaqqon?" quvnoq harakatli o`yinlarni bajarishni bilish;
- harakatli o`yinlar orqali chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilik,
egiluvchanlik, jismoniy
sifatlarni rivojlantirish, o`yin mazmunini
anglab olishni bilish va bajarish.
Malaka:
- shaxsiy gigiyena va ovqatlanish tartibiga rioya qilish, kun tartibini


200
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
talab darajasida bajara olish;
-  gimnastika mashqlarini buyumlar bilan mustaqil bajara olish;
- safga ketma-ket qatorga saflanish, asosiy tik turish, doira shaklida
saflanish, turgan joyida qo`llarni yon tomonga ochib oraliq masofani
saqlash, burilishlar, safda yurish va to`xtash mashqlarini bajara olish;
- saf mashqlari: "Saflaning!", "Tekislaning!", "Rostlaning!", "Erkin
turing!", "Buriling!", "Tartib bilan sanang!" buyruqlarini bajarish;
- 150 metrga yurish, 30 metrga juft-juft bo`lib yugurish, 3x10
metrga mokisimon yugurish mashqlarini bajara olish.
2-sinf
Bilimlar:
- jismoniy mashqlarni bajarish qoidalarini bilish;
- jismoniy mashqlarning salomatlikni mustahkamlashda, jismoniy
sifatlarni   rivojlantirishda, qaddi-qomatni to`g`ri shakllantirishga bo`lgan
ijobiy ta`sirini bilish;
- maktabda va uyda jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida shikastlanishni
oldini olish qoidalarini bilish va gimnastik saflanish, qayta saflanish,
bir kishilik qatordan ikki, uch, to`rt kishilik qatorga saflanish mashqlarini
bajarishni bilish.
Ko`nikmalar:
- har-xil dastlabki holatlardan (tizzaga tayanib, tayanib o`tirib, orqaga
o`girilib turgan holatda) buyruq va signallar orqali yugurishlarni bajarish;
- tennis yoki kichik hajmdagi to`pni 6 metr masofadagi, balandligi
3 metr to`siqdan oshirib uloqtirish mashq usullarini bajarish;
- 6 metr masofadan to`pni aniq nishonga uloqtirish mashqlarini
bajarish;
- arg`amchida turli sakrash mashqlarini bajarish;
- joyidan turib ikki oyoqlab depsinib sakrashni va yugurib kelib 30
sm rezinkali to`siq ustidan sakrab o`tish;
- futbolchining harakatlanishi, to`g`riga yugurish, signal bo`yicha
to`xtash, qarama-qarshi tomonga yugurish, ilon izi bo`lib yugurish
mashqlarini bajarish;
- erkin suzish usuli mashq elementlarini bajarish.
Malakalar:
- "Chapga, o`ngga, orqaga buriling!", "Turgan joyida yuring!",
"To`g`riga yuring!", "Tartib bilan sanang!", "Bir (ikki, uch, to`rt)


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə