O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94

252
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
4. Voleybol o`ynash qoidalari to`g`risida tushuncha berish va amaliy
o`rgatish.
 5.To`plarni chap va o`ng qo`lda sakratib yugurish.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
1. O`yinning boshlanishi va tamom bo`lishini, necha hisobgacha
o`ynash qoidalarini, hisoblashni qanday, kim olib borishini, hakamlikni
va musobaqalashishni o`rgatib borish, uy vazifalarini bajarishni, ya`ni
pastki va yuqorigi tomondan kelgan to`pni qaytarishni bilishi, voleybol
o`ynash qoidalarini bilishlari talab qilinadi.
O`quv mezonlari:
1. Ikki o`yinchining bir-biriga to`pni yuqoridan uzatishini baholash:
10 marta bir-biriga qoidasiga rioya qilgan holda uzatsalar - "5" ball, 8
martaga - "4" ball, 6 martaga - "3" ball qo`yiladi.
2. Devordan qaytgan to`pni qoidasiga rioya qilgan holda pastdan
qaytarishni baholash.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Balandlikka sakrash va kuchli mashqlarni bajarish.
2. Ertalabki gigiyenik gimnastika mashqlaridan 8-10 tasini bajarish.
3. Polga tayanib, qo`llarni bukish va yozish (o`g`il bolalarga 10-15
marta, qizlarga 5-6 marta).
4. Devordan yarim metr uzoqlikda turgan holda devorga qo`llar bilan
tayanib, kuch bilan devordan orqaga itarilish (10-15 marta).
5. 2 kg og`irlikdagi gantel bilan 4-5 mashqni bajarish.
6. 20-30 metrgacha oldinga yugurish, bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa
sakrab yurish, orqa bilan yugurish.
7. Arg`amchida bir va ikki oyoqda sakrash.
QO`L TO`PI
Nazariy ma`lumotlar:
Jismoniy tayyorgarlik - ishchanlik, unumdorlik mezoni. Dars paytida
belgilangan mashg`ulot - mashq o`tkazishning xavfsizligini ta`minlash
qoidalari. To`pni bir qo`lda ushlab  5-6 metrdagi sherigiga uzatish.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
To`pni bir qo`l bilan uloqtirish (panjalarda to`pni ushlash). Sakrab
to`pni uloqtirish. Darvozabon o`yinini bilish (tik turish, harakatlanish,
qo`llar bilan ketayotgan to`pni qaytarish). To`pni yerga urib olib yurish.


253
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
O`quv mezonlari:
1. To`pni yerga urib yugurish 20-30 metr (tezlikda).
2. To`pni aniq nishonga otish (7 marta tushirish 10 tadan).
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. O`yin qoidalari.
2. To`pni yerga urib yurish, yugurish (tennis to`pi bilan ham
mumkin).
3. To`pni sakrab turib, tayanch hosil qilib otish.
4. O`g`il bolalar: osilib turib tortilish (5-6 marta}.
5. Qiz bolalar: past qo`shpoyada yotgan holda osilib tortilish (10-12
marta).
FUTBOL
Nazariy ma`lumotlar:
Yosh futbolchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi. To`pni
egallash texnikasi futbolda muvaffaqqiyatga erishishning asosidir. To`pni
tepish va to`xtatish texnikasini bajarish. Futbol bilan shug`ullanganda
kelib chiqadigan shikastlanishning sabablari haqida tushuncha.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
1. 5-sinf uchun berilgan uy vazifasini bilishi zarur, oyoq yuzasining
ichki tomoni bilan tepish texnikasini egallash. Futbol bo`yicha o`yin
mashqlarini va mezon talablarini bajarish.
1. 30 metrga yugurish: 5,2 - 5,5 - 5,8 soniya.
2. Turgan joyda uzunlikka sakrash: 165 - 150-130 sm.
3. To`p bilan janglyor qilish: 6 - 5-4 marta.
4. Baland turnikda tortilish: 5 - 4 - 3 marta,
5. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish: 10,8 - 11,3 - 11,8 soniya.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish.
2. Turgan joyda arg`amchida 60 marta sakrash.
3. 8-9 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
4. To`pni oyoq bilan janglyor qilishni o`rganish.
5. O`rindiqqa qo`lda tayanib yotgan holda, qo`llarni bukib va yozish
(15 marta).
6. Epchillik, tezlikni rivojlantirish bo`yicha beriladigan mashqlarni
bajarish.


254
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
KURASH
Nazariy ma`lumotlar:
1. Jismoniy madaniyat haqida tushuncha.
2. Kurash tarixi haqida ma`lumot.
3. Kurash ramzi va yaktagi.
4. Jarohatlanishning oldini olish.
5. Kurash texnikasi va taktikasi haqida.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Kurashchilarning "yiqilishdan saqlang", "yiqilish", "yon tomonlarga
yiqilish" usullarini bajarish. Cho`qqayib o`tirgan holatdan orqaga dumalash.
Oldinga qarab o`mboloq oshish.
HARAKATLI O`YINLAR
Nazariy ma`lumotlar:
O`quvchilarni jismoniy barkamol, aqliy va axloqiy jihatdan yetuk
qilib tarbiyalashda harakatli o`yinlarning ahamiyati; ochiq havoda tashkil
qilinadigan o`yinlarda dam olish, o`rtacha harakatlar bilan bajariladigan
o`yinlarning ahamiyati.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
1. Yurish, qo`l, oyoq, gavdani har xil holatda harakatlantirib,
maydoncha bo`ylab, yo`nalishni o`zgartirgan holda sekin va tez yurish,
oyoqlar uchida va tovonlarda yurish.
2. Sakrash, bir va ikki oyoqlab sakrash, turgan joyda, oldinga harakat
qilib, arg`amchida, xalqada sakrash.
3. To`pni irg`itish: kichik va katta to`plarni irg`itib ilib olish,
o`quvchilarning yuzma-yuz turgan holda to`pni bir-birlariga irg`itishlari,
to`pni uzoqqa otish, har xil nishonga, savatchaga, xalqachaga tushirish.
Harakatli o`yinlar (yugurish, sakrash, uloqtirish, estafetalar). "Soqqa",
"Olib qochar", "To`pni aylana ichiga tushirma", "Qo`riqchi", "Quloq
cho`zma", "To`p o`rtaga", "Kengurucha", "Arg`amchi bilan estafeta",
"Sakrab o`t va qochib ket", "Birgalashib sakraymiz", "Kuchlilar va
chaqqonlar", "To`siqlardan oshib o`tish", "Kim uzoqqa otadi", "Savatga
to`p tushirish", "Tortishmachoq", "Uzatdingmi, o`tir", "Doiraga tort",
"Xo`rozlar jangi", "Juft-juft bo`lib tortishish", "Qarmoqcha", "Qirqtosh",
"Cho`pon", "Chavandozlar", "Qovun polizida", "Sehrli kataklar",
"Mashqni bajar, eslab qol" va boshqa o`yinlar yordamida diqqat, xotira
va jismoniy sifatlarni rivojlantirish.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə