O zbekiston respublikasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/94
tarix21.06.2018
ölçüsü2,8 Kb.
#50833
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94

240
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Futbolchilarning o`yin va mashqlarni bajarish paytida xavfsizlik
qoidalarini bilishi, ertalabki gigiyenik gimnastika mashqlari majmuasini
bajarish. Futbol bo`yicha o`yin mashqlari va mezon talablarini bajarish.
To`pni olib yurishni va sherigiga uzatishni o`rganish. To`pni o`yinga
kiritishni bajarish.
O`quv mezonlari:
1. 30 metrga yugurish: 5,3-5,8-6,2 soniya.
2. Turgan joydan uzunlikka sakrash: 160-140-120 sm.
3. Baland turnikda tortilish: 4-3-2 marta.
4. To`pni janglyor qilish: 5-4-3 marta.
5. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish: 11,0-11,5-12,0 soniya.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigiyenik gimnastika (8-10 mashq).
2. Arg`amchida 50 marta sakrash.
3. Yonlama va chalishtirma qadamlar bilan yugurish.
4. Bolalarga tanish bo`lgan harakatli o`yinlarda qatnashish.
5. 7-8 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
6. O`rindiqda tayanib yotgan holda qo`llarni bukish va yozish (10
marta).
HARAKATLI O`YINLAR
Nazariy ma`lumotlar:
Harakatli o`yinlarning insonning har tomonlama rivojlanishidagi
ahamiyati, o`yinlar jarayonida ta`lim-tarbiya, axloq-odob, do`stlarga
qanday munosabatda bo`lish belgilarini aniq misollar bilan yetkazish,
harakat paytida o`zining qobiliyatini o`zi aniqlay bilish, uzoq-yaqinni,
tevarak-atrofda qilinayotgan harakatlarni ko`ra bilish.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Tanish harakatli o`yinlarni tashkil etishda o`qituvchiga, ona boshiga
ko`maklashish, o`yinlar qoidasini, mazmunini tashkiliy tomonlarini
bilish; tartib-intizom qoidalariga rioya qilish hamda harakat belgilari-
sakrash, uloqtirish, tortilish, yugurish me`yorlarini bajarish.
HARAKATLI O`YINLAR VA ESTAFETALAR
"Oq terakmi, ko`k terak?", "Raqam bilan chaqirish", "Qirq tosh",
"Kim chaqqon?", "Olib qochar", "To`pni tushirib yuborma", "To`rt


241
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
tomondan to`p uzat", "To`pni savatga tashla", "Quloq cho`zma", "Tungi
soqchi", "Otishma", "Bo`ron", "Qubba", "Doiraga tort", "Sakrab va
o`rmalab o`tish estafetasi", "To`pni uzatib yugurish estafetasi",
"Balandlikka sakrash estafetasi", "Yo`laklar bo`ylab sakrash", "Halqachani
kiygizish", "Ilon izi bo`lib yurish", "Kalxat hujumi", "To`xtamasdan
qidir", "Eng sezgir o`yinchi", "Kim ko`p qo`ziqorin teradi", "Bo`sh
o`rin", "Otib qochar", "Estafetali yugurish", "Chizmadan shakl yasash",
"Sehrli kataklar", "Man etilgan mashq" va boshqa o`yinlar bilan
o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirish.
RAQS ELEMENTLARI
Milliy raqs elementlarini uyg`unlashtirish: Juftlik raqs "Askariy",
"Lazgi", "Doloncha", 16 ta raqs tushish elementlari. Ritmik gimnastika
va badiiy gimnastika  elementlari. 3-sinfda o`rgatiladigan milliy raqs
elementlarini takrorlash.
SUZISH
3-sinfda o`tilgan mashqlarni takrorlash.
Erkin suzish usulida suzish. 50 metrdan 100 metrgacha bo`lgan
masofada erkin suzish. Suvdagi o`yinlar: "Koptok uchun kurash",
"G`ovvos", "Torpedo".
II QISM
Umumta`lim maktablari kun tartibida jismoniy sog`lomlashtirish
tadbirlari, tashkiliy-metodik ko`rsatmalarning mazmuni, vazifasi va
maqsadi dasturning ushbu qismida ifodalangan. Ularga quyidagilar kiradi:
- ertalabki badan tarbiya, darsgacha gimnastika mashqlari, jismoniy
tarbiya daqiqasi, tanaffuslar vaqtida o`yinlar, sport soati, kuni uzaytirilgan
guruhlar sayrlari;
- ertalabki badan tarbiya har kuni uy sharoitida o`quvchi tomonidan
mustaqil bajariladi. Jismoniy tarbiya darslarida o`qituvchining rahbarligi
ostida mashqlar majmuasi o`rgatiladi.
Darsgacha gimnastika mashqlari. Uning maqsadi - o`quvchilarning
aqliy ish qobiliyatlari va oldilarida turgan o`quv faoliyatlariga tayyorlash
hamda a`zolardagi salbiy holatlarning oldini olish, uzoq vaqt
harakatsizlikda bo`lgan vaziyatni yo`qotish. Majmua mashqlari qiyin
bo`lmagan 5-6 ta mashqlardan jismoniy tarbiya o`qituvchisi yoki yuqori
sinf o`quvchisi, o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriq asosida qoidaga
muvofiq tuziladi va mashg`ulotlar ochiq havoda o`tkaziladi.


242
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi - hordiq chiqarish,
o`quvchilar ish qobiliyatini oshirish. Ular birinchi darsdan boshlab
sinfda o`tkaziladi. Jismoniy tarbiya daqiqalarining majmuasi 3-5 mashqdan
iborat bo`lib, 2-4 daqiqa davomida fan o`qituvchisi rahbarligida olib
boriladi.
Tanaffuslar vaqtida o`tkaziladigan o`yinlar. Uning maqsadi -
o`quvchilar sog`ligini mustahqamlash va faol dam olish, chiniqish,
aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish, jismoniy mashqlarni
muntazam ravishda bajarishni odatga aylantirishdan iboratdir. Qoidaga
ko`ra o`yinlar toza havoda, katta tanaffuslarda tashkil etiladi. Har-xil
harakatli o`yinlar qatoriga soddalashtirilgan o`yinlar ham kiritiladi.
O`yinlar sinf sport yo`riqchisi bilan birgaliqda yoki navbatchi
o`qituvchilar kuzatuvida (nazoratida) tashkil qilinadi.
Kuni uzaytirilgan guruhda sport soati. Uning maqsadi - o`quvchilar
sog`ligini mustahqamlash, aqliy va jismoniy zo`riqishlarning oldini
olishdan iborat. Mashg`ulotlar qiyinchilik tug`dirmaydigan, o`quvchilarni
jalb qila oladigan soddaroq metodlardan foydalangan holda o`tkaziladi va
bir yo`la uyga berilgan topshiriqlar ham bajariladi. Bunday mashg`ulotlarni
o`tkazishda mutaxassislar, maktabning jismoniy tarbiya faollari va ota-
onalar ham jalb qilinadi. Mashg`ulotlar har kuni 35-45 daqiqa mobaynida
o`tkaziladi.
SAYRLAR
Sayrlar, harakatli o`yinlar (estafetalar, atraksion namoyishlar) ni
bolalarning o`zlari tanlaganlari ma`qul (shunda mazmuni, o`tish joyi
aniq belgilanadi).
Mehnat topshiriqlari bilan sayrga chiqishlar har xil qishloq xo`jalik
ishlarini (Futbol maydonini tozalash, daraxtlar o`tkazish, sport
maydonchalarini jihozlash va h.o.) o`z ichiga olish bilan birga bajariladi.
Sport sayri - yugurish, sakrash, uloqtirish va boshqa oddiy musobaqalarni
o`z ichiga oladi.
Ekskursiya - sayr-tomoshani va o`sha ko`rilganni bilib olishdan iborat
bo`ladi.
SINFDAN TASHQARI ISHLAR
Dasturning ushbu qismi jismoniy tarbiyaning sinfdan tashqari ish
shakli mazmunini birlashtiradi. O`quvchilarning umumiy jismoniy
tayyorgarligini, sport turlaridan ba`zilarini, jismoniy tarbiya bayramlarini,
sport musobaqalarini, Davlat ta`lim standartlarini topshirishga tayyorgarlik
ko`rishlarini oz ichiga oladi.


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə