O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Daromadlarni qiyoslash usuli 
Ko‗chmas mulkning bozor qiymatini baholash imkonini beruvchi 
yana bir yondashish bozorda faol sotilayotgan qiyoslash obyektlarining 
daromad ko‗rsatkichlarini tahlil etadi. 
Bunday ko‗rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 
-
yalpi renta multiplikatori (GRM); 
-
kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyenti (Ro). 
Yalpi renta multiplikatori sotilish narxining yo salohiyatli yalpi 
daromadga, yoki haqiqiy yalpi daromadga nisbati bilan aniqlanadi. 
Salohiyatli yoki yalpi daromadning tanlovi bozorda shakllangan 
an‘analarga bog‗liq. Baholash vaqtida har doim faqat ulardan birini 
ishlatish kerak. 
Yalpi renta multiplikatori yordamida qiymatni aniqlash uchun: 
-
bozor tahlili asosida baholash obyekti uchun bozor ijara to‗lovi 
miqdorini aniqlash; 
-
bozor tahlili asosida sotilish narxining qiyoslash obyektlarining 
haqiqiy yoki salohiyatli yalpi daromadiga nisbatini aniqlash, ya‘ni 
mulkning mazkur turi uchun GRM ifodalarini olish; 
-
baholash obyekti uchun ijara to‗lovi miqdorini mulkning mazkur 
turining GRM iga ko‗paytirish va shu yo‗sinda baholash obyekti bozor 
qiymatining ko‗rsatkichini olishi zarur. 
Yalpi renta multiplikatori hech qanday tuzatishlarni talab qilmaydi, 
negaki u sotuvlar o‗rtasidagi hamma farqlarni hisobga oluvchi bozor 
ma‘lumotlariga asoslanadi. Bu usulning nisbatan oddiyligi uning 
kamchiliklari sababchisidir: 
-
usul faqat daromadli ko‗chmas mulkning faol bozorlarida 
qo‗llaniladi; 
-
usul qiyoslash obyekti va baholash obyekti o‗rtasidagi 
tavakkallardagi farqlarni hisobga olmaydi; 
-
usul obyektlarning sof muomala daromadidagi tafovutni hisobga 
olmaydi. 
Kapitallashtirishning 
umumiy 
koeffitsiyenti 
sof 
muomala 
daromadining sotilish narxi munosabatiga tengdir. 


251 
Kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyentini bozorda qo‗llash 
uchun baholash obyektiga o‗xshash tavakkal darajasi va daromad 
oqimlariga ega sotuvlar tanlanadi. Bu GRM ga xos bo‗lgan ba‘zi 
cheklashlarni bartaraf etishga imkon yaratadi. 
So‗ngra sof muomala daromadini sotilish narxiga bo‗lish orqali har 
bir qiyoslash obyekti uchun Ro aniqlanadi va Ro ning o‗rtacha yoki 
o‗rtacha ulush ifodasi chiqariladi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə