Тузувчилар


Bosim tebranishi. O‘rtacha oqim. (Reynolds – Bussinesk modeli)



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/69
tarix22.03.2024
ölçüsü5,08 Kb.
#180177
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Suyuqlik va gaz mexanikasi Tursunova E. (1)

Bosim tebranishi. O‘rtacha oqim. (Reynolds – Bussinesk modeli). 
Tadqiqotlar 
natijasiga asoslanib, shuni aytish mumkinki, tezlik tebranishi bosim tebranishi bilan 
davom etadi. 


74 
Barqaror turbulent oqim harakatini kuzatib, ixtiyoriy A nuqtadagi gidrodinamik 
bosimning turli vaqt oraliqlaridagi miqdorini quyidagicha yozish mumkin (10.2-rasm): 
р
р
р
р




...
3
2
1
(10.28) 
O.Reynolds va J.Bussinesklar turbulent oqimni hisoblash uchun faraziy model taklif 
etishgan bo‘lib, bu model shunday suyuqlik oqimidan iboratki, bunda zarrachalar tezligi 
mahalliy bo‘ylama tezlikka teng bo‘lib, oqim mavjud bo‘lgan muxitning barcha 
nuqtalarida bosim o‘rtacha 
р
gidrodinamik bosimga teng bo‘ladi. Bunday modellarda 
ko‘ndalang mahalliy tezliklar e’tiborga olinmaydi, ya’ni turbulent ko‘chish qaralmaydi. 
Demak, turbulent oqimlarni hisoblashda Reynolds-Bussineks modeliga asosan,

u
 
va


kattaliklar ishlatiladi. Masalan, turbulent oqimlar uchun Bernulli tenglamasi 
yozilganda 
u
va r kattaliklarni yozishda, asosan, shu o‘rtacha kattaliklar nazarda tutiladi. 
Tebranish intensivligini aniqlashda esa


- tuzatma koeffitsiyentidan foydalaniladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, turbulent kuchini hisobga olmaslik napor kattaligiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu haqda keyingi mavzularda batafsilroq to‘xtalamiz.
Suyuqlikning turbulent harakatida o‘rtacha tezlik.
 
Bu tushuncha bilan 
tanishganimizda, bitta asosiy tushunchani ajratib olishimiz kerak. Bu bir muxitning 
qo‘zg‘almas nuqtasidagi turli vaqt oralig‘idagi o‘rtacha tezlik 
u
va harakatdagi kesim 
bo‘ylab o‘rtacha tezlik 

.
Suyuqlikning laminar harakatida bu kattalik xaqiqiy 
(u)
tezliklarning o‘rtacha qiymatiga teng bo‘lsa, turbulent harakat uchun bu kattalikni 
aniqlashda avval ko‘ndalang kesimning alohida nuqtalaridagi bo‘ylama tezliklarning 
o‘rtacha qiymati olinib, keyin bu kattaliklarning o‘rtacha qiymati olinadi.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə