Узбекистон республикаси олий ва урта


-MAVZU. Saqlashda don va urug`larda kechadigan fiziologik jarayonlar



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/87
tarix12.07.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#119519
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
4-MAVZU. Saqlashda don va urug`larda kechadigan fiziologik jarayonlar 
 
Mavzu rejasi: 
4.1.
Saqlashda don va urug`larning uzok muddatga chidamliligi. 
4.2.
Don massasi nafas olish jarayonining umumiy tavsifi. 
4.3.
Don va urug`larning nafas olish turlari. 
4.4.
Saqlashda donning nafas olishidan kolgan asoratlar. 
4.5.
Nafas olish jadalligini aniklash usullari. 
4.6.
Nafas olish jadalligiga ta`sir qiladigan omillar. 
4.7.
Don va urug`larning yigimdan keyingi pishib etilishi. 
4.8.
Saqlashda don va urug`larning kukarishi. 
4.9.
 
Saqlashda begona urug`larning hayot faoliyati va ularning don massasi 
holatiga ta`siri. 
Foydalanilayotgan adabiyotlar 
 
1.
Kazakov E.D., Kretovich V.L. Bioximiya zerna i produktov ego pererabotki, 
M., Kolos, 1980 g. (171-189 betlar). 
2.
Starodubtseva A.I., Sergunov V.S. Praktikum po xraneniyu zerna, M., 
Agropromizdat, 1987 g. (40-54 betlar). 
3.
Trisvyatskiy L.A. Xranenie zerna, M., Agropromizdat, 1986 g. (72-95 betlar). 
4.
Xaitov R.A., Radjabova V.E. "Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi" 
kursidan tajriba ishlarini bajarish uchun uslubiy kullanma. Buxoro, Muallif, 
2001. (13-18 betlar). 
4.1. Saqlashda don va urug`larning uzok muddatga chidamliligi. 
U yoki bu o`simlikning don va urug`lari yigim davrida, tashish va saqlash 
davrida tirik organizmlar deb sanaladi. 
Binobarin, tirik materiyaning yashashi uchun doimiy modda almashinuvi 
zaruriy shart bo`lib,bu harmasi don massasida hayot faoliyatini namoyon qiladi. 
Hayot faoliyatining asosiy shakli bu-gaz almashinuvidir (nafas olish). Bundan 
tashqari don va urug`larning ko`p partiyalarida yigimdan sunggi pishib etilish degan 
fiziologo-biokimyoviy jarayonlar kechadi. Va nixoyat, don massasini saqlashning 


25 
noto`g`ri tashkil qilinishi oqibatida kukarish, unish jarayoni yuzaga kelib, bu holatga 
amalda yul kuyib bulmaydi. 
Don va urug`larning haridorlar (urug`lik,texnologik va iste`molbop) 
xususiyatlarini saqlay olish davriga ularning uzok muddatga chidamliligi deyiladi. 
Urug`shunoslikda biologik va xo`jalikbop uzok muddatga chidamlilik mavjud. 
Birinchisi shunday muddatki, bunda don massasida unib chikish uchun xech bulmasa 
birlik urug`lar mavjud bo`ladi. 
Biologik uzok muddatga chidamlilik bo`yicha urug`lar uch turga bulinadi: 1- 
mikrobiotik urug`lar, bir necha kundan 3 yilgacha (javdar) chidaydi; 2-mezobiotik 
urug`lar, 3-15 yilgacha (bugdoy) chidaydi; makrobiotik urug`lar, 15-100 yilgacha 
(beda urug`i va boshqalar) chidaydi. 
Amalda xo`jalikbop uzok muddatga chidamlilik katta ahariyatga ega. Bu 
shunday muddatki,bu davr mobaynida urug`lar unib chikish bo`yicha kondintsion 
harakterga ega bo`lib, ekishning sifati bo`yicha davlat me`yorlari talablariga javob 
beradi. 
Texnologik uzok muddatga chidamlilik-bu shunday muddatki, bu davr 
mobaynida donning nonboplik, em-xashakka muljallangan yoki texnik xossalari 
saqlanishi kerak. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bugdoy doni 1 oy saqlangandan sung 
har uzining un-nonboplik xususiyatini yukotmagan. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə