Yer tuzishning ilmiy asoslari


Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish


səhifə22/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

2. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish.
Yerning ijtim oiy-iqtisodiy aham iyati undan belgili xo'jalik yoki 
jam oa maqsadlari uchun foydalanish yordamida ko'rinadi; yerga egalik 
qilish va foydalanish jam iyat faoliyatining obyektiv shartlariga kiradi. 
X o'jalik yuritish usullari, m ulkchilik shakllari, yerdan foydalanish 
va unga egalik qilish tartibi doim o o'zgarib turadi. Ishlab chiqarish 
usullarini va ijtim oiy m unosabatlam i tubdan isloh qilish jarayonida 
unda sezilarli O'zgarishlar nam oyon bo'ladi.
O 'zbekiston «Yer kodeksi»ga asosan qishloq xo'jaligini yuritish 
uchun yer uchastkalari mulk tariqasida meros qilib qoldiriladigan 
um rb o d egalik qilish, doim iy yoki m uddatli foydalanish, ijara 
huquqlari bilan beriladi. Bunda mustaqil xo'jalik yuritish, ekinlarga 
va o'tqazilgan ko'chatlarga, yetishtirilgan qishloq xo'jalik m ahsulot- 
lariga va ularni sotishdan olingan daromadlarga mulkchilik va boshqa 
huquqlar kafolatlanadi.
Sanoat va boshqa faoliyatlar uchun yer mulk qilib yoki muddatsiz 
foydalanishga beriladi. Yerdan foydalanish huquqi berilgan fuqarolar, 
korxonalar, m uassasalar va tashkilotlar yerni ajratish shartlariga 
qattiq rioya qilishlari kerak. Bu esa yerdan foydalanuvchilar huquq- 
larining yer mulkdorlari va egalari huquqlariga nisbatan biroz cheklan- 
ganligini ko'rsatadi.
Yer tuzish ishlarini amalga oshirishda yer mulkchiligi birinchi 
navbatda ijtim oiy-iqtisodiy kategoriya sifatida ishtirok etadi; u yer 
m u lk d o rin in g va egasining foydalanuvchiga nisbatan hokim lik 
funksiyalarini tavsiflaydi. Yerga egalik qilish amaliy m a’noda yerdan 
foydalanishni ham nazarda tutadi, sababi, yerdan foydalanishning 
belgili tartibiga suyanadi. Q onun chiqaruvchi va ijrochi organlar yer
46


munosabatlarini tartibga solib, yerdan foydalanish va unga egalik qilish 
lurlarini va maqsadini, shartlarini, tartibini, shakllarini, m uddatlarini 
belgilaydilar. Qishloq xo'jaligida yerdan foydalanish jarayonini va h u ­
quqiy ta ’minlash m ajm uasini t o i a ko'rsatish uchun yerga egalik 
qilish ham da yerdan foydalanish term inlari ishlatiladi.
Yer tuzishda «yerdan foydalanish» so'zi yerdan foydalanish va 
uni muhofaza qilish va u berilgan maqsadni amalga oshirish bo'yicha 
ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatlar m azrnunini belgilash uchun 
ishlatiladi. Bu vaziyatda yerdan foydalanish belgilangan tartibda 
korxonaga, muassasaga, tashkilotga, fuqaroga aniq m aqsadlar uchun 
berilgan, joylarda chegaralangan yer uchastkasi m a’nosida ishlatiladi. 
M a’m uriy tum andagi bunday uchastkalar yig'indisi yerdan foydala­
nuvchilar tizim ini tashkil etadi.
Yerga egalik qilish m ulkchilik, shaxsiy va ja m o a faoliyati, 
qaytariiish va muddatlilik belgilari bo'yicha ajratiladi. U lar xususiy, 
jam oa-paychilik yoki qo'shm a; fuqarolar uchun um rbod m eros qilib 
qoldiriluvchi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun doimiy; 
vaqtincha (ijara), to'lovli yoki tekin; mo'ljallangan maqsadlari bo'yicha
- qishloq xo'jaligi, o 'rm o n xo'jaligi, aralash bo'lishlari m um kin.
Yerdan foydalanish yana bir necha klassifikatsiyalash belgilariga 
ega. Yerdan foydalanishni tashkil etish shakllari bo'yicha ular jam oa 
va shaxsiy turlarga bo'linadi. Jam oa turiga korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar, shaxsiy turiga esa fuqarolar uchastkalari kiradi. M o'ljal­
langan maqsadlari bo'yicha yerdan foydalanish sanoat, transport, 
m udofaa, suv xo'jaligi, tabiatni m uhofaza qilish, shahar qurilishi 
yerdan foydalanishlariga, foydalanish m uddati bo'yicha - doim iy va 
vaqtincha, qisqa va uzoq muddatli turlarga ajratiladi. Huquqiy maqomi 
J jo 'y ich a birlamchi (yer m ahalliy m a ’muriyat tom onidan beriladi) 
va ikkilamchi yerdan foydalanishlarga (yer mulkdor, birlam chi yer 
egasi yoki foydalanuvchi tom onidan beriladi) ajratiladi.
Yer fondi tarkibida yetakchi o 'rin n i qishloq xo'jalik korxonala­
ri, ferm er va dehqon xo'jaliklari yer egaliklari va yerdan foydala- 
nishlari egallaydi. Bu m am lakatim izni oziq-ovqat m ahsulotlari bilan 
ta'm inlashning asosi, yerning tabiiy va iqtisodiy salohiyatlaridan 
to'laroq foydalanish shaklidir. Ular jam oa xo'jaliklari, qishloq xo'jalik 
shirkatlari va xo'jaliklararo korxonalar ham da boshqa davlat qishloq 
xo'jalik korxonalari, ilmiy - tekshirish muassasalari va o'quv yurtlari,
47


ferm er xo'jaliklari yerlarini qam rab oladi. O 'zbekistonning qishloq 
xo'jalik korxonalari yer egaliklari va yerdan foydalanishlari lo 'g '- 
risidagi m a’lum ot 6-jadvalda keltirilgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə