Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38

 

 

31



31

Katlamlarning  uzaro  yotish  munosabatini  aniklash  uchun  ularning  fazodagi  joylanish  xolatini 

tiklab  olish kerak  yoki  katlamning  yotish  elementlarini  yotish  burchagi,  yotish  va  chuzilish 

yunalishlarining burchaklarini aniklash kerak. 

Katlam  yuzasida  joylashgan  xar  kanday  gorizontal  chizik,  chuzilish  chizigi  deyiladi. 

Katlamning chuzilishi deb chuzilish chizigining azimutiga aytiladi (9-rasm).  

Katlam yuzasida yotgan va katlamning eng katta kiyalik tomon yunalgan chizik, yotish chizigi 

deyiladi. Katlamning yotishini, yotish chizigining azimuti kursatadi. 



Yotish  burchagi  deb,  katlamlanish  yuzasi  bilan  xar  kanday  gorizontal  yuza  tekislik  orasidagi 

burchakka aytiladi. 

Bu  yotish elementlari tog kompasi  yordamida aniklanadi. Yukorida  aytib utilganidek tektonik 

buzilishlar-burmalangan va uzilgan kurinishda buladi. 



Tog  jinslarining  burmalar  shaklida  yotishi.  Geosiklinal  xududlarning  kichik  bir  kismlarida 

tog jinsi katlamlarining gorizontal yuza buylab sikilishi natijasida burmalanish xodisasi ruy beradi. 

Bu  vaktda  katlamlarning  birlamchi  yotish  xolati  tulkinsimon  bukiladi  va  katlamlar  uzilmaydi. 

Bu  xodisalar  er  pustining  xaddan  ziyod  bukilgan  va  maksimal  darajada  egilgan  mintakalarida 

kuzatiladi.  Burmalarning  xosil  bulishi,  sekin  ta`sir  kiluvchi  bosim  ta`siri  ostida  buladigan  plastik 

deformatsiyalari bilan boglik. 

Eng oddiy va keng tarkalgan burmalarda antiklinal va sinklinal burma shakllari ajratiladi. 

                                             

  

   


   

 

10-rasm. Antiklinal shaklidagi burma  



 

11-rasm. Burma elementlari 

(L.F.Kratkovskiy fotosi) 

 

 

12-rasm. Oddiy burma shakllari 

 

 

 

 

 

 

 

 

a-antiklinal; b-sinklinal 

 

aa-antiklinalning  kulfi;  bb-sinklinalning  kulfi;  v-burmaning  balandligi;  g-antiklinal  va 



sinklinalning  kengligi;  ee-kanotlarga  parallel  kesishgan  yuzalarning  nazariy  chizigi; 

-burma 


burchagi; 1,2,3,4 - burma kanotlaridagi katlamlarning bukilish nuktasi 

Antiklinal deb kavarik tomoni bilan yukoriga karagan katlamlari karama-karshi tomonga karab 

yotgan burmalarga aytiladi (10-rasm).   

 Bu burmaning yadrosida eng kadimiy jinslar yotadi. Sinklinal deb kavarik tomoni bilan pastga 

karagan, katlamlarning yotishi bir tomonga yunalgan, uzagida eng yosh jinslar joylashgan burmalarga 

aytiladi.  Burmalarning  yon  tomonlari  uning  kanotlari  deyiladi.  Antiklinal  va  sinklinal  kanotlarining 

tutashtiruvchi  egilish  chizigiga  uning  kulfi  deyiladi.  Burmani  ikki  kismga  buladigan  tasavvurdagi 

yuzani  uk  tekisligi  deyiladi.  Burmaning  kengligi  er  yuzasi  bilan  kesilgan  satxdagi  kanotlar  orasidagi 

masofaga  aytiladi.  Burmaning  balandligini  uning  bukilgan  eridan  er  yuzasigacha  bulgan  masofa 

kursatadi (11-rasm). 

Tog  jinslarining  uzilma  shaklida  yotishlari  (uzilmali  buzilishlar).  Tektonik  jarayonlar 

natijasida  shunchalik  katta  kuchlanish  xosil  buladiki  tog  jinslarining  deformatsiyalanish  kobiliyati 

yukolib, katlamlarda uzilish paydo buladi. Katlamlar uzilishi va sinishi natijasida uz joyini uzgartiradi 

(13-rasm). 




 

 

32



32

Uzilmalarning  eng  oddiy  kurinishi  er  pustida  keng  tarkalgan  yoriklar  xisoblanadi.  Yoriklar 



ochilganligi  darajasiga  karab  berk,  yopik  va  ochik  yoriklarga  bulinadi.  Berk  yoriklar  (tolasimon) 

odatda kuzga kurinmaydi lekin tog jinslarini parchalaganimizda aniklashimiz mumkin. 



Yopik yoriklar oddiy kuz bilan kurinadi va kuzga kurinarli darajada ochilmagan buladi oddatda 

ikkilamchi yopik yoriklar minerallar (gips, kal`tsit) va boshkalar bilan tuldirilgan buladi. 



Ochik  yoriklar  ikkilamchi  minerallar  bilan  tuldirilmagan,  lekin  bu  ochilish  doimo  jinslarning 

siljishi xisobiga bulmaydi. Bunday yoriklar nurash jarayoni natijasida xam xosil buladi. 

eriklarning  kattaliklari  buyicha  xam  bir-biridan  ajratiladi.  Xosil  bulishi  (genezisi)  buyicha 

yoriklar  tektonik  va  tektonik  bulmagan  yoriklarga  bulinadi.  Tektonik  bulmagan  yoriklarga  jins  xosil 

bulishi jarayonida xosil bulgan  yoriklar, katlamlanish, nurash, agdarilish, surilish jarayonlaridan xosil 

bulgan yoriklar kiradi.  

Tektonik  yoriklar  odatda  bir  tomonga  yoki  bir  necha  tomonga  doimo  yunalgan  buladi.  Bu 

yoriklar  fakat  bir  xil  tog  jinslarining  katlamlarini  kesib  utmay,  balki  turli-yoshga  va  tarkibga  ega 

bulgan katta-katta jins katlamlarini kesib utib, ularni ayrim bloklarga buladi.  

Ayrim  tektonik  yoriklar  er  pustining  dastlabki  rivojlanish  boskichlarida  xosil  buladi  va  er 

pustini  kesib  utib  mantiya  ichkarisigacha  davom  etadi.  Bu  katta  tektonik  yoriklar  er  pustidagi  asosiy 

tektonik  xarakatlarning  rivojlanishini  belgilab  beradi.  Katta  chukurliklarga  ega  bulgan  yoriklar  er 

pustining yuzasida keng parchalangan - buzilgan mintaka kurinishida namoyon buladi. 

Uzilma buzilishlar vertikal va  gorizontal  yuzada  uz urinlarini uzgartirishlari mumkin. Siljigan 



uzilma  buzilishlar  sbros,  vzbros  (yoki  akssbros),  surilish,  gorst  va  grabenlar  kurinishida  buladi. 

Siljishlar  tog  jinslarida  mavjud  bulgan  yoriklar  yuzasi  buylab  sodir  buladi.  Yoriklarning  ung  va  sul 

tomonlari  uzilmalarning  kanotlari  deyiladi.  Kanotlar  yoriklar  buyicha  vertikal  yunalishda  siljisa, 

uzilmaning  bir  tomonini  kutarilgan  kanoti,  ikkinchi  tomonini  esa  tushgan  (pasaygan)  kanoti  deb 



xisoblanadi. 

Siljish yuzasi kiyalangan bulsa kutarilgan kanoti osik va pasaygan (pastki) kanotini esa yotgan 



kanotlar deyiladi. Kanotlarning bir-biriga nisbatan surilgan masofasi siljish amplitudasi deyiladi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

13  -  rasm.  Uzilma  dislokatsiyalarning  turli  shakllari  (V.D.Voyloshnikov  buyicha) 

1  sbros;  2-vzbros;  3-zinasimon  sbros;  4-zinasimon  vzbros;  5-graben;  6-ramp;  7-gorst;  8-vzbros  bilan 

chegaralangan  gorst;  9-graben-sinklinal;  10-gorst-antiklinal;  11-burmalanish  bilan  bir  vaktda  xosil 

bulgan  nadvig;  12-14-gorizontal  yuza  buylab  surilish  turlari;  15-ta`sir  kuchlarining  yunalishi;  16-tog 

jinslarining surilish yunalishlari. 

 

Osik  kanotlar  tik  yoki  vertikal  yunalishda  siljish  yuzasi  buylab  pastga  xarakatlangan  bulsa 



(tushgan)  bunday  uzilmani  sbros  deyiladi.  Agar  yotgan  kanoti  osik  kanotiga  nisbatan  kutarilsa  aks 

sbroslar yoki vzbroslar deb ataladi. Agar kanotlar gorizontal yuzada bir-biriga nisbatan surilgan bulsa-

surilish deb ataladi. 

Grabenlar - ikki sbros tizimi bilan chegaralangan erning chukkan kismini kursatadi. Aks sbros 

tizimi buylab kutarilgan erning kismiga gorst deyiladi.  

Tektonik jarayonlar natijasida tog jinslarining burma va uzilma shaklida  yotish xolatini tabiiy 

sharoitda  urganish  murakkab  vazifadir,  chunki  ekzogen  geologik  jarayonlar  natijasida  er  yuzasidagi 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə