Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38

 

 

29



29

yoki uzok muddat tutun chikarib turishlari mumkin. Vulkonlar turli geografik sharoitlarda kuruklikda, 

dengiz  kirgoklarida  va  dengiz  ostida  uchraydi.  Ularning  er  yuzida  tarkalishi  ma`lum  bir  konuniyatga 

buysunadi  va  uch  yirik  mintakaga  joylashgan.  Birinchi  mintaka  shimoliy  va  janubiy  Amerikaning 

garbiy  kirgoklariga,  ikkinchi  mintaka  Osiyo  kit`asining  sharkiy  kirgoklariga  joylashgan  va  uchinchi 

mintaka esa    Urta er dengizi kirgoklari, Zakavkaziya, Kichik Osiyo va Malay arxipelagi orollarini uz 

ichiga  oladi.  er  yuzidagi  bunday  konuniy  taksimlanishning  sababi  shundaki  mintakalar  tektonik 

xarakatlanishiga  kura  eng  yosh  Al`p  burmalanish  boskichini  uz  boshidan  kechirayapti.  Burmali  tog 

tizimlarining shakllanishi er pustida yoriklarning xosil bulishi va vulkonlarning paydo bulishi bilan bir 

vaktda sodir buladi. 

 

4-Mavzu. Tektonik xarakatlar

 

er  pusti  xosil  bulgan  vaktidan  boshlab  uzluksiz  xarakat  kilib  turadi.  er  pustining  yoki  uning 



ayrim kismlarining xamma tabiiy xarakatlari tektonik xarakatlar deb ataladi. 

Tektonik xarakatlar aksariyat juda uzok vakt va sekin sodir bulganliklari uchun ularni bevosita 

urganish  imkoniyati  mavjud  emas.  Bu  jarayonning  xarakati  tugrisida  er  pustida  joylashgan  tog 

jinslarining  yotish xolatini urganish orkali xulosa chikarish mumkin. Masalan, er pustining uzok vakt 

mobaynida bukilgan kismlarida katta kalinlikdagi chukindi jins katlamlari tuplanadi. er pustining jadal 

va  uzgaruvchan  xarakatlar  bulgan  kismlarida  esa  tog  jins  katlamlari  juda  katta  kuchlar  ta`sirida 

bukiladi, ayrim erlarda uziladi, gorizontal va vertikal kesimda uz xolatini uzgartiradi. 

Tektonik xarakatlar uzaro boglik bulgan kuyidagi turlarga bulinadi:  

1.  er  pusti  ayrim  kismlarining  sekin-asta  kutarilishi  va  boshka  kismlarining  pasayishi  yoki  bu 

kismlarning  gorizontal  yunalishda  uz  joyini  uzgartirishidan  uzini  namoyon  kiladigan  tebranma 

xarakatlar; 

2.  Tog  jinsi  katlamlarining  burmalarga  bukilishiga  olib  keluvchi  burma  xosil  kiluvchi 

xarakatlar; 

3.  Tog  jinsi  katlamlarining  uzilishiga  olib  keluvchi  xarakatlar  zilzilalarni keltirib  chikaradi  va 

er  kobigini  kuchli  silkinishiga  va  ayrim  erlarda  bir  laxzada  tog  jinslarining  chetnab  ketishiga,  yorilib 

ketishiga sabab buladi. 

er  pustining  kuchsiz  va  kichik  amplitudali  tektonik  xarakatlar  xarakteriga  xos  bulgan  kismini 

uning platformasi, kuchli va tez uzgaruvchan, katta amplitudali xarakatiga mansub bulgan kismiga ega 

geosinklinal deyiladi. 

Namoyon  bulgan  vaktiga  kura  tektonik  xarakatlar  xozirgi  zamon,  yangi  va  kadimiy  turlarga 

bulinadi. 

Tebranma  tektonik  xarakatlar.  er  pustining  biror  bir  kismi,  tulik-sokin  xolatda  bulmaydi. 

Tebranma xarakatlar, er  pustining ayrim kismlarining sokin, notekis vertikal buyicha kutarilishida va 

yon-atrofdagi  kismlarning  pasayishida  uzini  namoyon  kiladi.  Xarakat  yunalishlari  doimo  uzgarib 

turadi,  avvallari  kutarilgan  xududlar  pasayishlari  mumkin.  Shunga  muvofik  aytish  mumkinki, 

tebranma  xarakatlar  doimo  uzgarib  turuvchi,  kaytarilmaydigan  tulkinsimon  jarayondir,  kutarilish  va 

pasayish  er  pustining  bir  kismida  bir  vaktda  sodir  bulmaydi  va  xar  safar  tulkin  kurinishida  fazoda 

gorizontal  yuzada  uz  joyini  uzgartirib  turadi.  Vakt  birligi  ichida  xarakatining  tezligi  xam  uzgaradi. 

Geosinklinallarda  bir  santimetrdan  bir  necha  santimetrgacha,  platformalarda  esa  millimetrning  bir 

kismidan bir santimetrgacha uzgarib turadi.  

Agar  erlar  pasaysa  dengiz  kul,  xavzalarining  chegaralari  uzgaradi,  kuruklik  erlarni  va  daryo 

vodiylarini suv bosishi mumkin. Kuruklik erlar kutarilsa uning maydoni ortadi. 

Daryo  vodiylari  joylashgan  erlar  kutarilsa,  yangi  terrasalar  xosil,  bulib  ularning  soni  va 

balandligi  ortadi,  kengligi  kichik  buladi,  pasaygan  erlarda  esa  daryo  terrasalarining  soni  bir-ikkidan 

ortmaydi, ularning balandligi kichik buladi va allyuvial yotkiziklarning kalinligi katta buladi. 

Tebranma  xarakatlar  jarayonida  er  pustining  sekin-asta  surilishi  fakat  vertikal  yuza  buyicha 

bulmay,  balki  gorizontal  yuza  buylab  xam  sodir  buladi.  Bunday  xarakatlar  Shveytsariya  va  Bavariya 

Al`plarida, Shimoliy Amerikada, Pomirda, Tyon`shanda (Talas-Fargona yorigi buylab) kayd kilingan. 

Kishilar  uzlarining  amaliy  ishlab  chikarish  faoliyatlarida  yangi  va  xozirgi  zamon  tektonik 

xarakatlarining faolligining yunalishini xisobga olishlari lozim. Ayniksa uzok muddat foydalaniladigan 



 

 

30



30

inshootlar, dengiz portlari, kanallar, gidrostantsiyalar uchun maydoncha tanlash vaktida bu xarakatning 

tezligini, vakt birligi ichida uzgarishini oldindan aytib berish katta axamiyat kasb etadi. 

Burma  va  uzilma  xosil  kiluvchi  xarakatlar.  Tog  jinslarining  yotish  xolatini  uzgartiruvchi, 

burma va uzilma xosil kiluvchi xarakatlar ayniksa er pustining geosinklinal kismida yakkol namoyon 

buladi. 

er  pustining  ustki  kismida  joylashgan  chukindi  tog  jinslari  uchun  gorizontal  yotish  xolati 

xarakterlidir.  Tog  jinsining  xar  bir  kavati  yoki  katlami  bir-biridan  katlamlanish  yuzasi  bilan 

chegaralanadi.  Katlamning  pastki  yuzasini-tagi,  ustki  yuzasini  esa  tomi-tepasi  deyiladi.  Katlamlar 

orasidagi joylashgan kichik kalinlikdagi kavatlarga katlamchalar deyiladi. Tog jinslari kursatilganidan 

tashkari linza, katlam sikigi va uzilishi kurinishlarida yotadi (8-rasm). 

Chukindi  tog  jinslarini  kuzatgan  vaktimizda,  ularning  xosil  bulishida  uzluksiz  tartibni  kurish 

mumkin. Bu xolda katlamlarning yotishini yoshi jixatidan muvofik joylanish deyiladi. Agar katlamlar 

orasida  ma`lum  davr  uchun  xos  bulgan  biror  bir  kavat  tushib  kolgan  bulsa,  nomuvofik  joylanish 

deyiladi. Ikkala xolda xam katlamlanish yuzalari parallel bulib joylashadi. 

Katlamlarning  birlamchi  yotish  xolatining  buzilishi-dislokatsiyalar  deyiladi  va  endogen, 

ekzogen  kuchlarining  ta`sirida  paydo  buladi. Aksariyat  dislokatsiyalar  katlamlarning  yotish  xolatini 

keskin  uzgartiradi,  shuning  uchun  dislokatsiyalar  mavjud  bulmasdan  avval  va  sungra  xosil  bulgan 

katlamlarning  yotish  burchaklari  xar  xil  buladi.    Katlamlarining  bunday  yotish  xolatiga  burchakli 

muvofik  yotish  xolati  deyiladi.  er  pustining  bir  joyi  ikkinchisiga  nisbatan  kutarilsa  ya`ni  katlamlar 

uzilmasdan burmalansa, katlamlar bir tomonga kiya xolda yotadi. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

8-rasm.  Katlamlarning  yotish  elementlari  I-katlam  III-ichining  tagi  va  IV-nchi  katlamning 

tomi,  2-IV-nchi  katlamning  tag  kismi  va  V-nchi  katlamning  tomi,  a-katlamning  xakikiy  kalinligi,  a

1

-

katlamning er yuzidan kurinadigan kalinligi.  



 

 

9-rasm.  Katlamning  yotish  burchagini  tog 

kompasi yordamida aniklash (yotish burchagi 30%) 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

Katlamlar bir xil yunalishda bir xil burchak ostida yotsa monoklinal yotish xolati deyiladi. 




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə