Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38

 

 



Tibet 


Tyan`-Shan` 

Kavkaz  


evropa (tekislik)  

Shimoliy 

Amerika 

(tekislik) 

70 

80 


50 

28 


30  

  

Tinch 



okeanining 

shimoliy  kismi  (okean 

botikligi) 

Tinch 


okeanining 

markaziy 

kismi 

Atlantika 



okeanining 

markaziy kismi 

 

 



 

 

18  



 

16 


 

V katlamining tarkibida magniy (Mg) va temir (Fe) ning birikmalari bilan bir katorda kremniy 

kislotasi va ishkoriy elementlarning ozgina mikdori tarkalgan. 

S katlami tarkibida kislorod (0) va kremniy (Si) dan tashkari magniy katnashadi, shuning uchun 

bu katlamni kiskacha kilib sima deb ataladi. 

V  va  S  katlami  birgalikda  yukori  mantiya  deb  ataladi  va  er  sharini  tulik  uraydigan  birinchi 

kobik xisoblanadi. Yukori mantiyaning urtacha zichligi 3,2-4,5 g/sm 3 ni tashkil kiladi. 

D  katlamining  tarkibida,  O,  Fe,  Mg,  Ni  mavjud  deb  xisoblanadi.  Uning  zichligi  esa  5,3-6,6 

g/sm3 ga teng. 

Yadroning  chukurligi  2900  kilometrdan  er  markazigacha  (6371  kilometrgacha)  davom  etadi. 

Yadro  elektr  tokini  utkazuvchan  bulganligi  uchun  kator  olimlar  uni  temir  (Fe)  va  nikeldan  tashkil 

topgan  deb  taxmin  kiladilar.  Jismlarning  zichligi  7-11  g/sm3  oraligida  uzgarib  turadi.  Yadro  5100 

kilometrgacha suyuk xolatda bulgan tashki kobikga va kattik ichki metalsimon kobikga bulinadi. 

Xozirgi vaktda er asosan (litosferasi) kattik xolatda degan fikr fanda keng tarkalgan. Bu fikrga 

asosan  litosferaning  chukindi,  granit  va  bazal`t  katlamlari  kattik  xolatda  yotadi.  Mantiya  jismlari  esa 

fizik  xususiyati  jixatdan  surguch,  shishaga  yoki  parafinga  uxshash  strukturasiz  jismlardan  tashkil 

topadi.  Bu  jismlar  bir  zumda  ta`sir  kiluvchi  kuchlar  ta`siridan  uzlarini  kattik  jismlar  kabi,  asta  ta`sir 

kiluvchi kuchlar ta`siridan esa xuddi suyuk jismlar kabi tutadi. Yadroning tashki kobigi uta zichlangan 

suyuk jismlardan, markaziy kismi esa kattik metalsimon jismlardan tashkil topgan deb xisoblanadi. 

2-Mavzu. erning issiklik rejimi

 

er  ma`lum  mikdordagi  issiklikni  ishlab  chikaradi.  Ichki  issiklik  energiyasining  asosiy  manbai 



bulib  radioaktiv  elementlarning  parchalanishi  xisoblanadi.  Radioaktiv  elementlar  uz-uzidan 

parchalanib, uzidan ma`lum mikdordagi issiklik energiyasini ajratib chikaradi va er pusti jinslarida va 

mantiyasida  energiya  tuplanib  boradi.  Radioaktiv  elementlar  er  pustida  juda  oz  mikdorda  tarkalgan 

bulishiga karamay, planetamiz paydo bulgan (5 mlrd.yil) vaktdan buyon xosil bulgan issiklik mikdori, 

erning  ichki  katlamlarini  kizdirishdan  tashkari,  uning  yuzasiga  xam  issiklik  tarkatishga  etarlidir. 

     er ichkarisida xosil bulib xarakat kiladigan issiklikdan tashkari tashki Kuyosh radiatsiyasidan xosil 

buladigan  issiklik  xam  mavjuddir.  Bir  sekund  davomida  er  yuzasi  Kuyoshdan  issiklikga  aylanadigan 

1,8.1024 erg. nurlanish energiyasini kabul kiladi. Bu issiklikning 45 foyizini er yuzasidan atmosferaga 

tarkatadi. erni Kuyoshdan kabul kilib oladigan issikligi notekis taksimlanadi. 

Kuzatuvlar  shuni  kursatadiki,  Antarktida  va  Shimoliy  kutbda  1  sm  2  yuzaga  ekvatordagiga 

nisbatan uch barobar kup issiklik yutiladi. Lekin yutilgan issiklik bu xududning kup kismida xavoning 

tinikligi va xavo katlamining siyrak bulganligi sababli atmosferaga tarkalib ketadi. 

er yuzasining turli nuktalarida issiklik mikdorining notekis kabul kilinishi, er aylanish ukining 

ekliptika  yuzasiga  nisbatan  kiya  joylashganligi  bilan  xam  boglik.  er  yuzasidan  issiklikning  tarkalishi 

va  yuzasi  bilan  yutilishi  ma`lum  darajada  kuruklik  va  suvlarning  notekis  taksimlanishiga,  er 

yuzasining rel`efiga, usimliklarga, xavo va okeandagi okimlarga boglik. Lekin er landshaftining turli-

tumanligiga  karamay,  uning  yuzasida  bir  xil  urtacha  yillik  yoki  urtacha  oylik  xaroratga  xos  bulgan 

xududlarni ajratish mumkin. 

Xarorat  fakat  shimoldan  janubga  tomon  uzgaribgina  kolmay,  chukurlik  buyicha  xam  uzgarib 

turadi.  Xaroratning  er  yuzasidagi  uzgarish  amplitudasi  ayrim  tumanlarda  90-100 

0

S  ga  (Urta  Osiyo 



chullarida) etadi. er yuzidan chukurlashib borilgan sari xaroratning (kunlik, yillik, kup yillik) uzgarishi 

kamayib  boradi  va  er  yuzidan  ma`lum  bir  chukurlikda  uzgarmay  kuyadi.  Xarorat  doimiy  bulgan  va 

Kuyosh  issikligining  ta`siri  bulmay  kolgan  bu  chukurlik  mintakasini  yillik  xarorat  doimiy  bulgan 



 

 



mintaka  deyiladi.  Bu  mintakadagi  xarorat  er  yuzasidagi  urtacha  yillik  xaroratga  teng  buladi.  Kuyosh 

energiyasining ta`siri ostida bulgan bu mintakani geliotermik mintaka deb yuritiladi. 

Xarorat  doimiy  bulgan  mintakaning  chukurligi  ekvatorda  1-2  metr,  mu`tadil  iklimli 

kengliklarda 20-30 metr, kutbda 100 metr va undan ortik chukurliklarda joylashadi. 

Doimiy  xarorat  mintakasidan  ichkariga  karab  chukurlik  ortib  borishi  bilan  tog  jinslarining 

xarorati erning ichki issikligi ta`sirida konuniy ravishda ortib boradi. Ichki issiklikning xarorati doimiy 

bulgan mintakadan  yukorida joylashgan kismiga  ta`siri er  yuzasi tomon kamayib boradi. Xaroratning 

chukurlik  ortishi  bilan  kutarilishini  baxolash  uchun  geotermik  gradient  va  geotermik  boskich 

tushunchalari kiritilgan. 



Geotermik  gradient  deb,  xarorati  doimiy  mintakadan  chukurlikning  100  metr  ortishiga  tugri 

keladigan xaroratning uzgarish mikdoriga aytiladi.  



Geotermik  boskich  esa  doimiy  xarorat  mintakasidan  pastdagi  xaroratning  10S  ortishiga  tugri 

keladigan,  chukurlikni  (metrdagi)  kursatadi.  Bu  ikki  kursatkich  tog  jinslarining  issiklik 

utkazuvchanligi, tog jinslarida sodir buladigan geokimyoviy reaktsiyalarning tabiatiga, kaynok suv va 

buglarning 

mavjudligiga, 

tog 


jinslarining 

yotish 


xolatiga 

va 


radiofaol 

elementlarning 

kontsentratsiyasiga boglik ravishda doimo konuniyatsiz uzgarishlarga uchrab turadi. 

 Urtacha  geotermik  gradient  100  metrga  3

0

,  boskich  esa  33  metr  deb  kabul  kilingan. 



V.A.Magnitskiyning  xisoblariga  kura,  15-20  kilometr  chukurlikgacha  geotermik  boskich  urtacha  33 

metrni  tashkil  kiladi.  Bu  chukurlikdan  pastda  xaroratning  uzgarishi  keskin  kamayib  ketadi  va  100 

kilometr chukurlikda xarorat 1300

0

, 400 kilometr chukurlikda 1700



0

, 2900 kilometr chukurlikda 3500

0



5000 kilometr chukurlikda esa 5000



0

 ni tashkil kiladi. 

 

3-Mavzu. er magnetizmi

 

erning  fizik  xususiyatlaridan  biri  uning  magnitligidir.  er  ulkan  magnitdir.  erning  magnit 



maydoni uncha katta bulmasa xam, u erning xayotida katta axamiyatga ega. 

er  yuzasining  magnit  maydoni  doimiy  va  uzgaruvchan  buladi.  Doimiy  magnit  maydonining 

asosiy  kismi  er  yadrosida,  yadro  va  mantiya  chegarasida  sodir  buladigan  jarayonlar  bilan  boglik. 

Magnit  maydonining  bu  kismiga  er  pusti  jinslari  barpo  kilgan  magnit  maydoni  xam  kushiladi. 

Uzgaruvchan magnit maydoni Kuyoshning nurlanishi bilan xam boglik. 

er Shimoliy va Janubiy magnit kutblariga ega. Ular geografik kutblarga mos kelmaydi. 

Magnit  strelkasining  ma`lum  bir  joydagi  geografik  meridianidan  chetga  burilishiga  magnit 

chetlanishi  deyiladi.  Magnit  chetlanishi  sharkiy  va  garbiy  buladi.  Bir  xil  magnit  ogish  burchaklarini 

tutashtiruvchi chiziklar izogon deyiladi. 

Magnit  strelkasining  gorizontga  nisbatan  burchagi,  magnit  ogishi  deyiladi.  Shimoliy  yarim 

sharda  magnitning  shimoliy  strelkasi  janubiy  yarim  sharda  esa  janubiy  strelkasi  gorizontga  karab 

ogadi.  Ogish  burchagi  ekvatordan  kutblarga  karab  ortib  boradi  va  magnit  kutblarida  maksimumga 

(90

0

) etadi. er sharida bir xildagi magnit ogish burchaklarini tutashtiruvchi chizik izoklin deyiladi. 



Ogish  va  chetlanish  mikdorlari  kun,  yil  va  asrlar  mobaynida  erning  Kuyoshga  nisbatan 

joylashgan  urni  va  Kuyoshning  kun,  yil  va  asr  mobaynidagi  xolatiga  boglik  ravishda  uzgarishga 

uchrab turadi. 

 

4-Mavzu. erning zichligi va bosimi

 

er pustini tashkil kilgan jismlarning zichligi 3,3 kg/sm



3

 dan ortmaydi. erning chukur kismlarini 

tashkil kilgan jismlarning zichligi bosim ortishi bilan ortib boradi. 

Olimlarning  xisoblashlariga  kura  mantiya  va  yadro  chegarasida  2900  kilometr  chukurlikda  er 

jismlarining zichligi 5,7 g/sm

3

 ga teng. Shu chegaradan bevosita pastda zichlik keskin ortib boradi va 



9,3-9,7 g/sm

3

 ga etadi. erning markazida jismlarning zichligi 12,2 - 12,5 g/sm



3

 ga etadi. 

erning ichki bosimi chukurlik ortishi bilan ortib boradi va er pusti bilan mantiya chegarasida 13 

ming  atmosfera,  mantiya  va  yadro  chegarasida  1,4  million  atmosfera  va  erning  markazida  3  million 

atmosferadan ortadi. 

 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə