Geologiya uzb



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/38
tarix08.04.2018
ölçüsü1,01 Mb.
#36587
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38

 

 

27



27

                             

 

5- rasm. Endogen va ekzogen    jarayonlarning umumiy turlari 

 

 



2-Mavzu. Endogen geologik jarayonlar

 

Endogen geologik jarayonlarga magmatizm, er pustining xarakati va seysmik xodisalar kiradi. 



Kupgina  olimlar  endogen  geologik  jarayonlarni  vujudga  keltiruvchi  asosiy  energiya  manbai  deb 

radiogen issiklikni, ya`ni er paydo bulishi jarayonida, tuplangan, ogir, turgun bulmagan elementlarning 

parchalanishi  natijasida  xosil  bulgan  issiklikni  asosiy  energiya  manbai  deb  xisoblaydilar.  er  ka`rida 

xosil  bulgan  bu  issiklik  energiyasi  jinslarning  issiklik  utkazuvchanligi  juda  kichik  bulganligi  sababli 

juda uzok vakt (milliard yillar) saklanib koladi. 

Litosfera  bilan  mantiyaning  chegara  kismida  termodinamik  muvozanat  buzilsa  (xarorat  ortsa 

yoki bosim kamaysa), uta zichlangan moddalar suyuk xolatda utadi. Suyulish natijasida moddalarning 

zichligi  keskin  pasayadi,  xajmi  katta  mikdorga  ortadi.  Natijada  bu  kizigan  suyuk  moddalarning 

litosferaga singib kirishi uchun sharoit yaratiladi va suyuk moddalarning differentsiatsiyasi boshlanadi. 

er  ka`rining  bunday  kismlaridan  yukorida  joylashgan  chukindi  katlamlar  chuka  boshlaydi,  natijada 

toshkobik jinslari sinib yirik yoriklarni xosil kiladi va suyuk kizigan moddalar bu yoriklardan er yuziga 

okib chika boshlaydi. erning bunday kismlarida botik yuzalar xosil buladi. Bu xodisalardan tashkari er 

pustining  pasayishi  xam  V.e.Xainning  fikriga  kura,  er  ka`ridagi  moddalarning  zichlanishi  xam  sabab 

bulishi mumkin. 

Shunday kilib, er ka`ridagi moddalarning radiogen issiklik ta`sirida uzluksiz uzgarish jarayoni, 

er  yuzasida  vulkon  xodisalari  va  er  pustining  xarakati  (tebranish)  kurinishida  uzini  nomoyon  kiladi. 

Kupchilik  endogen  jarayonlarni  uzok  vakt  utgandan  sung  paykab  olish  mumkin.  Vulkan  otilishi  va 

zilzilalarni esa ularning namoyon bulish vaktida kuzatish mumkin. 



 

3-Mavzu. Magmatizm

 

erning  ichki  kuchlari  ta`siri  ostida  paydo  buladigan  er  ka`rida  suyulgan  moddalarning 



litosferaga  singib  kirishi  yoki  er  yuziga  okib  chikishi  bilan  boglik  bulgan  jarayonlar  magmatizm 

deyiladi.  Avval  kursatib  utilganidek  magma  jinslari  sial  kobigiga  singib  litosferaning  turli 

chukurliklarida  kotadi  yoki  er  yuziga  okib  chikadi.  Bu  jarayonlarning  kechishi  ikki  xil  omil  bilan 

boglik,  ya`ni  litosferaga  ta`sir  kiladigan  magmaning  bosim  kuchi  va  unga  karshilik  kursatadigan 

litosfera  massasining  karshilik  kursatish  kuchlari  orasidagi  uzaro  nisbati  bilan,  litosfera  katlamlarida 

yorik va darzlarning mavjudligi va boshka buzilgan mintakalarning mavjudligi bilan boglik. 

Shunga  muvofik  magmatizmning  effuziv  magmatizm  yoki  vulkanizm,  intruziv  magmatizm  yoki 



plutonizm turlari ajratiladi. 

Intruziv magmatizm. Magma massasining er pustiga singib kirishi ikki yul bilan sodir buladi. 

Birinchidan magmatik massa uning xarakatiga tuskinlik kiladigan litosfera katlamlarini kisman chetga 

suradi,  uzlashtiradi  yoki  eritadi  va  xarakati  uchun  uziga  yul  ochadi.  Bu  jarayonda  er  pustiga 

magmaning  katta  massasi  singib  kiradi  va  katta  chukurliklarda  kotadi. Singib  kotgan  bu  massalar 

odatda  tekis  kiyalangan  deyarli  tik  devorlar  va  gumbazsimon  shiplar  bilan  chegaralangan.  Bu 

intruziyalarning ostki kismi butun tarkalish maydoni buylab tub magma uchogi bilan boglik buladi. 




 

 

28



28

                                            



6-rasm. Intruziyalarning yotish shakllari  

1-batolit; 2-etmolit; 3-garpolit; 4-shtok; 5-lakkolit; 6-fakolit; 7-tomir; 8-gumbaz; 9 - 12 - lava 

okimlari; 10-nekk; 11-lava xaykali; 13-lava uchogi; 14-silla; 15-dayka; 16-lakkolit  

   


Intruziyalarning  bunday  shakllari  batolitlar  va  shtoklar  deyiladi  (6-rasm).  Ikkinchi  magma 

litosferadagi  yorik  va  darzlar  buylab  kutariladi.  Ichki  bosim  tashki  bosimga  nisbatan  katta  erlarda, 

magma  litosfera  katlamlarini  chekka  tomonlarga  suradi  va  turli  kattalikdagi  massivlarni  xosil  kiladi. 

Bu jins massivlari shakliga kura lakkolitlar va fakolitlar deyiladi. 



Effuziv magmatizm. er yuzasining uzluksiz yoki uktin-uktin, yukori xaroratli, kattik, suyuk va 

gazsimon  maxsulotlar  otilib  chikib  turadigan  kismini  vulkan  deyiladi.  Lavalar,  kattik  jism  bulaklari 

gazlar va buglar er yuziga darz va yoriklar orkali otilib chikadi. 

Vulkonning  sodir  bulish  jarayoni  turli  tumandir.  Aksariyat  vulkan  otilishidan  avval  er  osti 

gumburlaydi va turli kuchdagi zilzilalar kuzatiladi, ayrim vaktlarda esa jarayon tinch sokin utadi. 

Gazsimon  maxsulotlar.  Gazlar  vulkonlardan  bir  me`yorda,  sokin  yoki  katta  kuchli  portlash 

jarayonida  ajralib  chikadi.  Gazlar  turli  solishtirma  ogirliklarga  ega  bulganliklari  uchun  bulutlar 

kurinishida  pastlik  tomon  xarakatlanadi  yoki  atmosferaga  kutarilib  asta-sekin  karagayga  uxshash 

shaklni xosil kiladi. 

Gaz  maxsulotlarining  60-90%ini  suv  buglari  tashkil  kiladi.  Vulkonlardan  ajralib  chikkan  suv 

buglarining xajmi bir-necha ming va million kubometrlarga etishi mumkin. 

Suv  buglaridan  tashkari  vulkonlardan  xlor,  azot,  xlorli  va  ftorli  vodorod,  oltingugurt  gazi, 

ammiak, xlorli va uglerodli ammoniy, kislorod, CO2 gazi, metan, brom, ftor, va kator xloridli metallar 

ajralib chikadi. 

Kattik maxsulotlar. Vulkan otilishi jarayonida er yuziga turli kattalikdagi jins parchalari otiladi. 

Jins bulaklari bilan bir katorda atmosferaga lavaning mayda kukunlari otiladi, ular atmosferada sovib 

kotadi  va  er  yuziga  tukiladi.  Otilgan  jinslarning  kattaligi  ayrim  xollarda  20-30  santimetrga  etadi, 

asosan  ularning  kattaligi  5-10  santimetr  buladi.  Agar  otilgan  jins  bulaklarining  kattaligi  5-10 

santimetrdan katta bulsa, vulkon bombalari, 1-5 santimetr bulsa vulkon lapillilari, yana xam kichiklari 

esa vulkon kumlari va vulkan kuli deyiladi.  

Kattik  otkindi  maxsulotlarning  kattaligi  kanchalik  kichik  bulsa  shunchalik  ular  balandlikka 

otiladi va uzok masofaga xavo okimi bilan olib ketiladi va etkiziladi. 



Suyuk  maxsulotlar.  Vulkondan  otilib  chikadigan  kizdirilgan  erigan  suyuk  maxsulotlar  lava 

deyiladi. Lavaning tarkibida deyarli suv buglari va gazlar bulmaydi. Kimyoviy tarkibida esa O, Si, Al, 

Mg,  Fe,  Na,  Ca,  K,  H  va  boshka  elementlar  kup  uchraydi.  Lavaning  xarorati  800-1300

0

S  orasida 



uzgarib turadi. 

er yuziga okib chikkan suyuk lava gumbaz, okim va koplama shakllarini xosil kilib joylashadi 

(7-rasm).  

                                       



7-rasm.  Vulkon  uchogining  tuzilishi  (M.M.Jukov,  V.I.Slavin,  N.  N.Dunaevalar  buyicha):  1- 

lava uchogi; 2- lava okimi; 3-somma; 4-konusi; 5-bugzi; 6-krateri; 7-kalderi 

 

Vulkonlarning  otilishi  tanaffuslar  bilan  bir  necha  yillardan  yoki  bir  necha  un  yillardan  sung 



kayta  takrorlanishi  mumkin.  Ayrim  vulkonlar  faol  xarakatlardan  sung  umuman  kayta  otilmasliklari 


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə