Gistologiya, stitologiya va



Yüklə 12,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/296
tarix23.09.2023
ölçüsü12,68 Mb.
#123101
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   296
Gistologiya Sitologiya embriologiya

dinein
va 
kinezin
oqsillari muhim rol 
o ‘ ynaydi. Ular bir tomondan mikronaycha tubulini bilan, ikkinchi 
tomondan esa transport qilinuvchi tuzilmalar (makromolekulalar, 
organellalar, xromosomalar va hokazo) tutashgan. ATF parcha- 
lanishidan ajralib chiqqan energiya hisobiga oqsillar mikronay­
chalar b o ‘ ylab harakat qiiadi va makromolekulalar, organellalar 
transportini amalga oshiradi. Sentriolalarda esa ular xromoso­
malaming siljishini ta’ minlaydi. Shunday qilib, tubulin-dinein va 
tubulin-kinezin tizimlari hujayra ichi transportida o ‘ ziga xos 
molekulyar xemomexanik motorlar rolini o ‘ taydi. Bunda kinezin 
navchaning (+)-oxiri, dinein esa aksincha, (-)-oxiri y o ‘ nalishida 
harakat qiiadi. 
Kiprikcha va 
spermatozoid xivchinlarining 
harakatchanligi ham shu oqsillarning faoliyati bilan b o g ‘ liq.
Hujayra markazi yoki sentrosoma
deb nomlanuvchi tuzilmani 
1875-yili Gertvig ochgan. Hujayra markazi deb u bo'linish 
dukining ustki qismidagi tuzilmani atagan. Hujayra markazi 
hamma hayvon hujayralarida topilgan b o ‘ lib, faqatgina tuxum 
hujayrasida 
etilish 
davrida 
yo'qoladi. 
Interfaza 
holatidagi 
hujayralarda sentrosoma ikki 
sentrioladan
(diplosoma) iborat 
bo'lib , bir biriga to‘ g ‘ ri burchak ostida joylashadi. Hujayra 
markazi mitoz jarayonida, shu jumladan, bo'linish dukchasini 
hosil qilishda muhim rol o'ynaydi. Mitozda qutblanish hujayra 
markazi, aniqrog'i sentriolalar tomonidan bajariladi. Bo'linish 
davrida 
sentrosomaning 
tuziiishi 
murakkablashib, 
atrofida 
nurafshon zona - astrosfera hosil bo'ladi.
75


Sentriola silindrsimon tanacha boMib, uzunligi 0,3-0,6 mkm, 
diametri 0,1-0,15 mkm. B a’ zida uzunligi bir necha mkm bo'lgan 
sentriolalar ham uchraydi. Tanachaning devori bir-biriga parallel 
yotgan mikronaychalardan tashkil topgan b o 'lib , tanachaning ichi 
bo'sh. Naychalar hamma hujayralarda bir xil b o'lib , bir-biridan 
gomogen, zich oraliq modda bilan ajralib turuvchi 9 ta guruh 
b o'lib joylashadi (rasm 2.11).

Yüklə 12,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə