I bob Arifmetika va algebraning boshlanishi. Natural va kasr sonlar


Qadimgi Xitoy kasrga oid masalalari



Yüklə 7,15 Mb.
səhifə29/74
tarix01.04.2022
ölçüsü7,15 Mb.
#84939
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
Gleyzer

8. Qadimgi Xitoy kasrga oid masalalari

Qadimgi Xitoyda hisobning o’nlik foydalanishgan. Sonlarni yozishda ierogliflar shaklidagi raqamlarni qo’llashgan, hatto yuqori bosqichli birliklar uchun alohida belgilar bo’lgan . Ammo, bu raqamlarni asosan sonlarning yozuvidagina ishlatishgan.

Hisoblashda ko’p hollarda ko’paytirish jadvalidan foydalanilgan , shuningdek o’sha davrda buni “o’nga o’n” deb atashgan.

Katta sonlar ustida arifmetik amallarni bajarishni yengillashtirish uchun , qo’shish va ayirishni hisob taxtasida amalga oshirishgan. Hisoblash hisob taxtasida bambuk hamda fil suyaklaridan yasalgan tayoqchalar yordamida bajarilgan.

“Matematika 9 kitobda” traktati taxminan II asrda tuzilgan. Bu kitob yerni o’lchovchilar , texniklar va hisobchilar uchun ko’zda tutilgan bo’lib , kasrlar ustida amallar bajarish , maydonni va yuzani hisoblash qoidalarini o’z ichiga olgan . Quyida ushbu asarning VI kitobidan bir masala keltirilgan :

4-masala . Yovvoyi o’rdak janubiy dengizdan shimoliy dengizga 7 kun uchadi . Yovvoyi g’oz shimoliy dengizdan janubiy dengizgacha 9 kun uchadi. Ular ikkalasi bir vaqtda ucha boshlasa , necha kundan so’ng uchrashadilar?



O’quvchilarga masala. Qadimiy astronomik traktatdan olingan , karsga oid “Quyosh soati” masalasini yeching.

5-masala .Ikki hil navli choy bor. 1-navdan 3 funt va 2-navdan 6 funt olib aralashtirilgan. Natijada aralashmaning bir funti 3 dyaoga teng bo’ldi . Agar 1 –navdan 12 funt va 2-navdan 4 funt olib aralashtirilsa , bu aralashmaning bir funti dyaoga teng bo’ladi. 1-navning va 2-navning bir funti necha dyaoga teng ?




Yüklə 7,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə