I bob Arifmetika va algebraning boshlanishi. Natural va kasr sonlar



Yüklə 7,15 Mb.
səhifə51/74
tarix01.04.2022
ölçüsü7,15 Mb.
#84939
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
Gleyzer

4-BOB

.Geometriya.

§6.Geometrik qurilish.

31. Ba’zi atam va tushunchalarning kelib chiqishi.

Maktabdagi geometric atamalar (nomlar) Qadimgi Gretsiyada paydo bo’lgan.Olimlar tomonidan keng ko’lamda qo’llanilgan yunoncha termenlar qisman qadimda bo’lgan edi, keyinchalik o’rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilindi.Shuning uchun ham ko’pgina matematik atamalar yunon yoki lotin tilidan kelib chiqadi.

Mana bir nechta misollar:

1. “Planimetriya” atamasi – o’rta asrlarda paydo bo’lgan va lotinchaplanum – tekislik va yunoncha “metreo” – o’lchov so’zlardan olingan.

2. “Shakl” – ko’rinish, qiyofa, chizma ma’nosini bildiruvchi lotincha so’z. Bu atama XII asr boshlarida qo’llanila boshladi. Bunga qadar xuddi shu ma’nodagi boshqa so’zdan – “forma” dan foydalanishgan, uning ma’nosi tashqi ko’rinish, sirtqi chiziq bo’lgan.

3. “Chiziq” – lotinchadan linea (chizma) so’zidan olingan. Bu so’z linum – tola, chilvir ma’nosidagi so’zning shaklidan olingan.

4. “Perpendikular” – lotinchadan perpendicularis – “tik tushgan”. Atama o’rta asrlarda yaratilgan.

5. “Bissektrisa” – lotinchadan bis (ikkilangan) va sectrix (sekant).

6. “Vertikal” (burchaklar) – lotinchadan verticakis – tashqi.

7. “Sirkul” – lotinchadan circulus – aylana.

8. “Markaz” – lotinchadan centrum - qadimgi yunoncha "kentron" so'zining transkripsiyasi, qadimda hayvonlarni chuqurga haydashda ishlatilgan uchli aslaha, shuningdek sirkulning uchli qismi ma’nolarini beruvchi so’z.

9. “Radius” – lotinchadan radius – yoy, g’ildirak kegayi (simi)

10. “Diametr” – yunonchadan “deametros” – ko’ndalang o’lcham, ichidan o’lchanuvchi (“dia” – o’zaro, orqali).

11. “Chord” – lotinchadan “korde” – tor.

To’g’ri burchak – qadimgi geometric tushunchalardan biri, bu odamning vertikal joylashuvi va uni o’rab turuvchi ko’plab narsalar bilan bog’liq so’zdir. Yig’indisi ikkita to’g’ri burchakka 2d (d – fransuzcha droit – to’g’ri so’zining birinchi harfi) teng bo’lgan qo’shni burchaklarni qadimgi bobilliklar va misrliklar amaliyotda ko’p marta tekshirishgan.

Dunyoda birinchi matematika tarixi haqida yozganYevdeme Rodossk (mil.avv. IV asr) ning fikriga ko’ra vertikal burchaklarning tengligi dastlab qadimgi yunon faylasufi va matematigi Miletskiy Fales (mill.avv. VII-VI) tomonidan isbotlangan.

Chiziqning to’g’ri chiziqqa, siniq chiziq va egri chiziqqa va burchakning – to’g’ri, o’tkir va o’tmas burchaklarga sinflanishi qadimda boshlangan. “To’liq”, “yuqori o’tmas” atamalari XIX asrda kiritilgan.


Yüklə 7,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə