I bob. Jahon adabiyotida ilmiy fantastika


 Ingliz adabiyotida ilmiy fantastika janriningb o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix21.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#118396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI

1.2. Ingliz adabiyotida ilmiy fantastika janriningb o`ziga xos xususiyatlari. 
Biz bilamizki ilmiy fantastika tasavvurdagi zamon yoki makonda sodir 
bo`ladi. 1920-yillarda ingliz adabiyotiga nazar tashlasak, 
o`sha paytda 
yaratilgan ilmiy fantastik hikoyalar arzon jurnallarda chop etilgan bo`lib, 
ko`ngilochar mutolaa turi sanalgan. Lekin hozirda medianing barcha turlarida 
tarqalgan bo`lib, bu janrni nafaqat adabiy hikoya yoki romanlarda, balki 
kinofilmlarda, sahnalashtirilayotgan pyesalarda, televizion dasturlarda, video 
o`yinlarda ham ko`rishimiz mumkin. 
Britaniyalik romannavis Kingsley Amisning yozishicha, ilmiy fantastika 
dunyoda sodir bo`lmaydigan voqealar bilan bo`lishadi, lekin ular yangi ilm fan 
va texnologiyaning rivojlanishiga asoslangan bo`ladi. Bunday asarlar odatda 
1
Erich Schneider. ―Cyberpunk as a Science Fiction Genre‖ P.: 2008. – P. 50-57. 
16


innovatsiyalarning ta‘siri bilan aloqadorbo`ladi yoki butun insoniyatni 
o`zgartirgan shaklda ifodalaydi. 
Ko`pchilik yozuvchi va kitobxonlar ilmiy fantastik asarlar ilm fanga 
ma‘lum bo`lgan qoidalarni buzmasligi kerak deb hisoblaydilar. Bu janr o`ziga 
xos yo`nalishlarni olib kirdi va ilm fanda va xususan adabiyotga yangicha 
oqimlar paydo boldi. Endilikda adabiyotda yozilgan adabiy qoidalar bo`yicha 
emas, balki har bir yozuvchi o`z tasavvur olamini bemalol yozaverdi. Bunday 
uslub tanqidga uchragan bo`lsada, yozuvchilar orasida juda ommalashdi. 
Jahon adabiyotiga nazar soladigan bo`lsak, ilmiy fantastika barcha xalqlar 
adabiyotida kundan kunga ommalashib, o`z kitobxonlarini topmoqda. Biroq 
AQShda va Britaniyada bu jarayon ancha erta boshlangan bo`lib, dunyoga 
mashxur fantastik yozuvchilar aynan ingliz adabiyotiga mansub bo`lishgan. 
Ingliz yozuvchilari orasida buy o`nalishda ijod qiluvchilari ko`p bo`lsada, 
ular orasida Herbert George Uells, Artur Klark va Brian Aldisslar juda samarali 
va unumli ijod qilishgan. 
Gerbert Jorj Uells ingliz yozuvchisi, siyosatchisi va faylasufi hisoblanadi. 
Uning romanlarida texnologiyaning dunyo ustidan qozongan g`alabasidagi 
ohanrabo tasvirlarni, shu bilan birga XX asrning daxshatli urushlarining yaqqol 
tasvirini ko`ramiz. 
Gerbert Jorj Uells 1866-yil 21-sentabr Kentdagi Bromloyd shaharchasida 
tug`ilgan va Londondagi ilmiy pedagogika kollejida imtiyoz asosida tahsil 
olgan. U 1895-yilgacha sotuvchiga shogird, kutubxonachi, o`qituvchi va 
journalist bo`lib ishladi. Shundan so`ng u o`zini butunlay yozuvchilikka 
bag`ishladi. Rebecca ismli ayol bilan turmush qurishdi va oilada Antoni Vest 
ismli farzandi dunyoga keldi. Biroq yozuvchinin oilaviy hayoti yaxshi bo`lmadi, 
o`n yillik turmushdan so`ng Rebecca bilan ajrashdi. Uning shaxsiy hayotidagi 
tushkun kayfiyatni romanlaridagi ba‘zi xususiyatlarda ko`rishimiz mumkin.

Keyingi 50 yil davomida 80dan ortiq romanlar yaratdi. Uning ‗‘Vaqt 
mashinasi‖ asari 1897-yilda yaratilgan bo`lib, unda ilmiy g`oyalar, vaqt 
mashinasi bilan uyushtirilgan sayohat orqali jamiyatning siyosiy hayoti 
1
Юрий Фролов. Предвидения Герберта Уэллса. — Журнал «Наука и жизнь» № 10, 2008 
17


mohirona tasvirlangan. Keyinroq ilmiy fantastika yo`nalishidagi asarlarini 
boyitib, ―Ko`rinmas odam‖, ‗Dunyo urushi‖, ―Buyumlar kelishining tasviri‖ 
kabi romanlarni yaratdi. Uning ko`plab asarlari asosida kinofilmlar yaratilgan 
bo`lib, ular jahon kinomotografiyasiga munosib hissa qo`shdi. Uellsning asarlari 
faqat bir tabaqa kishilari uchun mo`ljallab yozilgan.Asarlari orasida ―Kips‖ va 
―Janob Polly‖ kabilarida kambag`al insonlar hayoti, ularning turmush tarzi va 
orzu istaklari tasvirlanadi. Uning asarlarini tahlil qiladigan bo`lsak, har bir 
asarida hayotining ma‘lum bir davri tasvirlanadi. Uning asarlarini uch davrga 
bo`lishimiz mumkin, ya‘ni yoshlik davrida yaratilgan asarlarda o`zining 
hayotidagi lavhalardan, xarakteriga xos bo`lgan xususiyatlardan keng 
foydalangan., aynan shu davrda uning yoshlik olamini tasvirlovchi hikoyalar, 
jonkuyar o`qituvchiligi hikoyasi va keyingisi uning sotuvchiga shogirdlik 
qilgan davrlarini tasvirlagan. Uellsning qolgan ko`pgina romanlarini tezis 
romanlar turkumiga kiritish mumkin. Ular orasida ―Anna Veronika‖ ayollar 
huquqlarini himoya qilishga bag`ishlangan, ―Tono Bungay‖ nomli romani esa 
ma‘suliyatsiz kapitalistlarning kambag‘al aholiga uyushtirgan hujumiga 
bag`ishlangan. Uning ko`pgina romanlarida ilmiy fantastika orqali ijtimoiy 
muammolarni juda mohirona tasvirlaganini ko`rishimiz mumkin. Uellsning 
so`nggi romanlari asosan urush mavzusida bo`lib, aholining urushga 
munosabati, urush tufayli qanday aziyat chekkani haqida yozilgan. 
Birinchi jahon urshidan so`ng Uells o`zining mashxur tarixiy romanini 
yozdi. Bu asar ―Tarixdan tashqari‖ deb nomlangan bo`lib, ikki tomdan iborat. 
Bu asarni 1920-yilda yaratgan bo`lib, o`shanda u ―Fabian jamiyati‖ a‘zosi 
hisoblangan. 
12
Uellsning asarlarida utopiyaga asoslangan jamiyat obrazini ko`rishimiz 
mumkin. U butun ijodiy faoliyati davomida yaratgan asarlarida insonlarni aqlga 
tayanib ish ko`rishga chorlaydi, jamiyatda ayollar va erkaklar teng huquqga 
egaligini ta‘kidlaydi. Uells umrining so`nggi yillarida yaratgan asarlarida 
psemistik kayfiyat hukmronligini ko`ramiz. ―42 dan 44gacha‖ nomli asarida 
o`sha davrda dunyoda yetakchi bo`lgan hukmron shaxslarning faoliyati qattiq 
1
M.Bakoeva, E.Muratova, M.Ochilova. English Literature – T .: Tashkent, 2006. – B. 140-145. 
2
Юрий Фролов. Предвидения Герберта Уэллса. — Журнал «Наука и жизнь» № 10, 2008 
18


tanqid ostiga olinadi. ―Aqlning so`nggi nuqtasi‖ nomli asarida insoniyatning 
tirik imkoniyatiga o`z shubhalarini bildirgan.1934-yilda ―Tajriba‖ nomli 
avtobiografik roman yaratgan.Gerbert Uells 1946-yil 13-avgustda Londonda 
vafot etgan. 
Ingliz adabiyotida yana bir mashxur ilmiy fantastik yozuvchi Brian 
Uillson Aldiss hisoblanadi. U 1925-yilda tug`ilgan bo`lib, u nafaqat o`zining 
ilmiy fantastika janridagi asarlari bilan, balki mazku janrni jahon adabiyotiga 
tanitgani bilan ham mashxurdir. Brian Angliyaning sharqiy tomonida joylashgan 
Norfolk shaharchasida dunyoga keladi, keyinchalik ularning oilasi janubi 
sharqiy Devonga ko`chib o`tishadi, bu yozuvchi o`n ikki yoshli bola edi. U 
Britaniyadagi turli davlat maktablarida tahsil olgan.1943-1946-yillar mobaynida 
Sharqiy Osiyodagi Britaniya armiyasi tarkibida xizmat qiladi.Harbiy xizmatdan 
so`ng 1947-yildan 1956-yilgacha Oksfordda kitob sotuvchi sifatida faoliyat 
yuritadi. Aynan kitob sotuvchik qilayotgan davrida uning adabiyotga mehri 
oshadi va shu yillarda o`zining birinchi asari ―Omadli kalitlar kundaligi‖ni 
yaratadi. Uning birinchi ilmiy fantastik asari ―Non Stop‖ deb nomlanadi. 1960-
yillardagi ijodiy faoliyati yana bir ingliz adabiyotidagi ilmiy fantastika 
yozuvchisi Mishel Morkok bilan bog`liqdir, shuningdek Brian shu yillarda 
Mishelning ―New Worlds‖ nomli jurnalida jurnalist sifatida faoliyat yuritadi. 
Aldisning shu davrda yaratgan asarlari yangi innovatsion adabiy texnika va 
uslublardan keng foydalanganiva hissiy kechinmalar mavzusiga oshkora 
yodashgani bilan ajralib turadi. Aldiss 1962-yilda ―Jo`shqin uy‖ nomli romani 
uchun Jahon ilmiy fantastika jamiyati tomonidan ―Hyugo‖ mukofoti bilan 
taqdirlangan.

1970-yillarda yozuvchi Birmadagi yosh harbiylar safida xizmat qilib, 
harbiy sarguzashtlar va taassurotlari asosida ―Goratsio Sagasi‖ nomi ostida 
qissalar to`plamini yaratdi. Ingliz yozuvchisi Mary Wollstonecraft tomonidan 
yaratilgan ―Franeynshteyn‖ asarini tadqiq qilib, muallifning ilmiy fantastika 
yo`nalishiga qo`shgan hissasini bilib oldi. Aldiss o`zining ―Doktor Morening 
1
Brian, Aldiss and Wingrove, David. Trillion Year Spree: The History of Science Fiction, - Revised and updated 
edition, 1986. – P.:78-80. 
19


boshqa orollari‖ asarida Uellsning aynan shu nom va mazmundagi asariga 
murojaat qiladi. ―Gelikona‖ deb nomlangan asarlari to`plami trilogiya bo`lib, u 
sayyoralar sistemasi tarixiga bag`ishlanadi. 
Aldiss kichik antologiyalarga va ―Ilmiy Fantastika Gorizoni ‖ deb 
nomlanuvchi adabiy tanqidiy jurnalga muharrirlik qilgan. Uning kitoblariga 
yozgan adabiy taqrizlari ―Times Literary Supplement‖, ―Washington Post‖ 
jurnallarida chop etilgan. Uning ilmiy fanatstika tarixiga bag`ishlab yozilgan 
romani ―Milliard yillik Baxt‖ 1973-yilda nashr qilingan va keyinchalik bu 
asarning yangilangan nashri ―Trillion yillik Baxt‖ nomi bilan o`zgartirilib, 
chiqarildi. Stiven Spilberg tomonidan yozilgan va sahnalashtirilgan ―Sun‘iy 
Intellekt‖ filmi aslida Aldissning ―Ajoyib o`yinchoqlarning so`nggi yozi‖ nomli 
hikoyasi asosida yaratilgan hisoblanadi. 
Aldiss 1990-yillarning so`ngida ikkita avtobiografik roman yaratdi. U 
2000-yilda ―Kritning yuragi‖ nomli romani bilan yana romannavislikka qaytdi. 
Bu roman zamonaviy jamiyatdagi korrupsiya illatini qoralaydi.Uning umrining 
oxirida yozgan ―Super shtat‖ qissasi Yevropaning 50 yildan keyingi kelajakdagi 
hayotiga bag`ishlanadi. 
Ingliz adabiyotida sevimli adiblardan biri Artur Klark hamilmiy fantastika 
janrida ijo qilgan. Artur Klark 1917-yilda tug`ilgan bo`lib, Britaniyalik ilmiy 
fantast yozuvchi sanaladi. 1968-yilda yaratilgan ―Odissey sayyorasi‖ nomli 
kinofilm aynan Arturning asari asosida yaratilgan, va shu film orqali yozuvchini 
butun dunyoga tanitgan. Uning romanlari asosan sayyoralarga uyushtirilgan 
sayohatlar 
va

texnologiyaning kelajakni yarata olishi 
mavzulariga 
bag`ishlangan. Uning ishlari ilmiy jihatdan aniq va izchilligi bilan ajralib turadi. 
Artur Klark Somersetda, Angliyada dunyoga kelgan. Uning ilmga bo`lgan 
qiziqishi bolalikdan shakllangan. U bolaligidan aniq fanlarga, astronomiyaga, 
fizikaga qiziqishi baland edi, shu tufayli uyda yasalgan teleskop orqali oyni 
kuzatishni yaxshi ko`rgan. 1936-yilda Artur Britaniya Interplanetar Jamiyatiga 
ishchi xodim bo`lib ishga kiradi. 1941-1946-yillarda Qirollik Havo Kuchlarida 
radar instruktor bo`lib xizmat qilganidan keyin, Londonda Qirollik kollejida 
1
Del Rey, Lester (1980).The World of Science Fiction. – P.: Garland Publishing. 1926—1976. – P. 91-93. 
20


fizika va matematikadan tahsil oladi. Kollejni 1948-yilda birinchi klassli diplom 
bilan tugatadi.Artur 1945-yilda yozgan maqolasida sun‘iy yo`ldosh bilan 
bog‘lanish g‘oyasini tanishtiradi. 
Artur Klarkning birinchi ilmiy fantastik hikoyasi ―Qutqaruvchi bazm‖ 
1946-yilda ―Hayratlanarli fan‖ jurnalida ketma ket chop etilgan. Quyidagi 
romanlari ketma ket nash qilingan: ―Bolalikning nihoyasi‖, ―Shahar va 
Yulduzlar‖, ―Jannatning Favvoralari‖ va boshqalar. Bu kitoblarda 
texnologiyaning 
taraqqiyotiga 
optimistik yondashuvlarni ko`rishimiz 
mumkin.Klarkning kichik hikoyalar to`plami 
―Yerga uyushtirilgan 
ekspeditsiya‖film qilib ishlangan bo`lib, ―Odissey Sayyorasi‖ filmining 
rejissyori amerikalik Stanli Kubrik qayta ishlagan. Klarkning ssenariysi asosida 
yaratilgan filmlar eng zo`r kino mahsuloti nominatsiyasida ko`plab mukofotlarni 
qo`lga kiritgan. U ―Odissey 2‖, ―Odissey 3‖ va ―So`nggi Odissey‖ romanlari 
trilogiyasini yozgan. 
Klark shuningdek galaktikaga sayohat, dengiz ostida tadqiqot va kelajak 
mavzularida ishlar yaratdi. 1962-yilda yozgan ―Kelajak Ko`rinishlari‖ nomli 
asarida ilmiy qonuniyatlarni bag`oyat izchillik bilan hayotimizga tadbiq 
etilishini tasvirlaydi. Klarkning dengiz ostini tadqiq etishga bo`lgan qiziqishi 
tufayli 1950-yilda ShriLankaga ko`chib o`tdi. U yerda Britaniya Imperiyasining 
Bosh Komandiri bo`lib xizmat qiladi. Uning bu xizmatlari tufayli Klerkka 1989-
yilda Britaniya Ritsarlik unvoni bilan taqdirlanadi. 
Ingliz adabiyotidagi bu yozuvchilar ilmiy fantastika janrini gullab 
yashnashiga o`z hissalarini qo`shishdi.ularning asarlari kitobxonlar tomonidan 
haliyam sevib mutolaa qilinadi. Biroq ingliz adabiyotida mazkur janrdagi eng 
yirik yozuvchi sifatida Gerbert Uells tan olingan. U fan sohasida yozishni 1894-
yildan boshlagan bo`lib, ilk asarlarida uning biologiyaga va insoniyat 
evolyutsiyasiga ko`p qiziqqanini ko`rishimiz mumkin. Uells ilmiy fantastika 
janrini ilmiy romans deb atagan.U ―Vaqt Mashinasi‖ asarini chop etganidan 
so`ng katta shuhrat qozondi.Uning ‖Doktor More oroli‖, ―Ko`rinmas odam‖, 
―Dunyolar urushi‖, ―Oydagi birinchi odam‖ kabi hikoyalar to`plami bu 
21


muvaffaqiyatni davom ettirdi. Ijodiy faoliyatining qolgan yillarida yozuvchi 
adabiyotning boshqa yo‘nalishlarida ham unumli ijod qildi. 
Britaniyalik boshqa yozuvchilar ham XX asrning boshlarida ilmiy 
romanslar yaratgan bo`lishsada, lekin ular hozirda ilmiy fantastika 
asarlariqatoriga kirishadi. 
Ingliz adabiyotida ilmiy fantastik hikoyalar avval jurnallarda chop etilgan. 
Shunday jurnallar sirasiga ―Amazing stories‖ jurnalini kiritish mumkin. Bu 
jurnalning muharriri Gernsbek mushtariylarni ko`proq jalb etish uchun Edgar 
Allan Poe, Jyul Vern, Gerbert Uells, Servis, Richard Lok va Ellis Parker Butler 
kabi ijodkorlarning hikoyalarini chop etdi. Bunday yo`l bilan u adabiyotda yangi 
janr olib kirdi va dunyoda ommalashgan adabiy an‘analarni yaratilishiga sabab 
bo`ldi.

Ingliz adabiyotida ilmiy fantastika oqimi paydo bo`lishi bilan ilm fanga 
qiziquvchi yoshlarni o`ziga jalb eta boshladi. Bu yoshlar orasida dunyoni 
o`zgartirishga qodir bo`lgan olimlar yetishib chiqdi. Bunday mashxur olimlar 
sirasiga Verner Fon Braun, astronom Karl Sagan va astrofizik Friman Daysonlar 
bo`lishgan va ular o`z ilmiy faoliyatlarini ilmiy fantastik asarlar muxlisi sifatida 
boshlashgan. Muharrir Gernsbek yosh yozuvchilarni ruhlantirdi va bu jurnal 
mushtariylari uchun turli fan klublar tashkil etdi. Bu janrga yoshlarning qiziqishi 
juda ortdi, butun Amerika shtatlarida va keyinchalik Britaniyada ham ―Amazing 
stories‖ning muxlislari fan klublar tashkil etdilar. 1930-yillarda tarqalgan 
bunday klublar bir biri bilan bog`lanib turishardi va keyinchalik havaskor 
jurnallar ham paydo bo`la boshladi. Bunday havaskor jurnallar o`sha paytda 
―fanzine‖ deb atalgan bo`lib, fantastik adabiyotda komik xarakter ―Superman‖ 
aynan shunday jurnallarda paydo bo`ldi. Bu obrazni Filip Novlan yaratgan va 
keyinchalik film va multfilmlarnimashxur qildi. Bu yo`nalish adabiyotni ham, 
kinomotografiyani ham egalladi. Ommaviy oqimga aylangan ilmiy fantastika 
ko`pchilik kitobxonlarning qiziqishlarini ruhlantirdi va bunday muxlislardan 
injenerlar va olimlar yetishib chiqdi. 
1
Sterling, Bruce. «Science fiction» in Encyclopedia Britannica, 2008 
22


O`zining ommaviyligiga qaramay, bu janr 1960-yillargacha jurnallarga 
xos bo`lgan janr bo`lib qolaverdi. 1926-1962 yillar orasida chop etilgan asarlar 
zamonaviy ilmiy fantastika deb nomlangan. Bu asarlar fantastik jurnallarda 
serial tarzda chop etilgan bo`lib, ko`plab jurnallarning xaridorgir bo`lishiga olib 
kelgan. 1930-yillarga kelib Britaniyada va Amerikada 20tagacha ilmiy fantastik 
jurnallar faoliyat yuritgan. 
―Amazing stories‖ 1926-yilda paydo bo`lganidan keyin, 1937-yilda ilmiy 
fantastikani yangi evolyutsuyasi shakllandi. O`sha yili Jon Vud Kembell 
―Astounding stories‖ jurnalida bosh muharrir bo`ldi va uning muharrirligida 
ilmiy fantastik asarlar yangicha xususiyat kasp eta boshladi. Kembellning o`zi 
ham Don A. taxallusi ostida ijod qila boshladi va yozuvchi sifatida bu janrdagi 
yozish texnikasiga o`zgacha kayfiyat va uslubni qo`shdi. Muharrir sifatida 
Kembell boshqa yozuvchilarni adabiy afzallikka ega bo`lgan asarlar yaratishga 
undadi va uning qo`llab quvvatlashlari va mehnatlari tufayli 1939-1949-yillar 
ilmiy fantastikaning ―oltin davri‖ deb ataldi. Kembellning jurnali ko`plab 
mashxur yozuvchilarni yetishtirdi, bularga L. Sprag, Di Kemp, Lester de Ray, 
Teodor Sturgon, Artur Klark va Robert Haylaynlar misol bo`ladi. Haylayn va 
Klark bu janr tarixidagi eng mashxur va tan olingan yozuvchilarga aylanishgan. 
Oltin davrda ijod qilgan boshqa yozuvchilarga Isaak Azimov va Rey Bredberini 
misol qilsak bo`ladi. 
Ikkinchi Jahon urushi nafaqat Yevropada ilmiy fantastikani taraqqiyotini 
to`xtatdi, balki Britaniyada qog`oz tanqisligiga olib keldi va Amerikada ham 
ko`plab ilmiy fantastik nashriyotlarning yopilishiga olib keldi. Urushdan 
keyingidavrda Amerikadagibunday jurnallar yangicha kuch bilan ishga qaytdi, 
faqat yangi avlod muharrirlari bilan birgalikda ishlay boshladi. 1950-yillarda 
40dan ortiq ilmiy fantastik asarlar nashr qilindi, kichik nashriyotlar rivojlanib, 
katta hajmdagi nashrlarga aylandi. 
1949-yilda ―Fantasy and Science Fiction‖ deb nomlangan jurnal 
amerikalik muallif va muharrir Antoni Boucher tomonidan va 1950-yilda 
―Galaxy Science fiction‖ jurnali esa amerikalik Leonard Gold tomonidan tashkil 
qilindi. Bu yetakchi jurnallarda nashr etilgan hikoyalarda asosan adabiy, 
23


psixologik va ijyimoiy jihatlariga e‘tibor qaratilgan bo`lib, ilmiylikdan biroz 
chetlashganini ko`rishimiz mumkin. Bu davr – 1950-1962 –yillar hozirda ilmiy 
fantastikaning kumush davri deb izohlanadi. 
1950-yillarning boshlanishi bilan mazkur janrga yangicha qarashlarni olib 
keldi. Endilikda inson qadr qimmati yanada oshganini bu davrdagi asarlar 
misolida ko`rishimiz mumkin. Bunday yangi xususiyatni Teodor Sturgeon va 
Alfred Besterlarning asarlarida ham ko`rish mumkin. 
Buyuk Britaniyada ilmiy fantastikaning yangicha to`lqinda kirib kelishi 
Mishel Markok muharrirlik qilayotgan ―New Worlds‖ tufayli bo`ldi. Bu yangi 
to`lqindagi oqim modernizmga xos bo`lgan adabiy uslublarni ilmiy fantastikaga 
olib kirdi. Morkokning o`ziyam bundan oldin mavjud bo`lgan ilmiy fantastik 
an‘analarni 
eskirgan deb e‘tirof etdi va ulardan butunlay voz kechdi. 
Britaniyalik yozuvchilar Brian Aldiss va Jeyms Graham Ballard yangi usulda 
ijod qiluvchi ilmiy fantast ijodkorlar edilar. 
1970-yillarda ilmiy fantastik yo`nalishda bundan oldingi adabiy 
an‘analarni o`zlashtirib rivojlantirgan holda, yangi uslublarni olib kirishdi. Bu 
o`n yillik mobaynida feministik g`oyalar fantastika janriga olib kirildi va ilmiy 
fantastika yo`nalishi butun media mahsulotlari uchun asosiy yetaklovchi kuch 
bo`lib qoldi. Lekin bu o`n yillikning o`ziga xos xususiyatlari shunda ediki, 
aynan shu yillar mobaynida ilmiy fantastikaning eng bestseller asarlari nashr 
etildi va mazkur janr nashriyot sanoatida gullab yashnayotgan asosiy sohaga 
aylandi. Bu davrda dunyoning mashxur aynan shu yo`nalishda ijod qiluvchi ayol 
yozuvchilari yetishib chiqdi. Bunday tan olingan feminist yozuvchilar orasidagi 
eng taniqlisi, ham yozuvchi, ham adabiyotshunos Joanna Russ edi. Uning 
asarlari ilmiy fantastikada yangilik bo`lib kirdi. Adabiyot tarixiga nazar 
tashlasak doim erkak yozuvchilar yetakchilik qilib kelishgan, biroq bu davrda 
ko`plab ayol yozuvchilarning adabiyotga kirib kelishi ilmiy fantastika janrining 
madaniyatini o`zgartirib yubordi. Adabiy standartlar o`zgardi, endilikda 
asarlarda ayol va erkak qahramonlar obrazi birdek tan olina boshlandi. 
1980-yillarda ilmiy fantastika nufuzli janr darajasiga yetdi, va uzoq vaqt 
davom etgan jurnallar uchun yoziladigan asarlardan nashriyotlarda chop etishga 
24


arzirli katta qissa, romanlar yozish davriga butunlay o`tdi. Biroq bunday 
asarlarni chop etuvchi ko`plab jurnallar inqirozga uchradi. Hozirda faqat kitob 
nashr etuvchi katta bosmaxonalar katta daromad olayotgan tashkilotlarga 
aylanishdi. 
Bu o`n yillikda ilmiy fantastika janrida kiberpank yo`nalishi ko`pchilik 
kitobxonlarning e‘tiborini tortdi. Bu yo`nalish yaqin kelajakda butun dunyoga 
xavf solayotgan texnologiyalarning insoniyatga salbiy ta‘siri va ularning dunyo 
ustidan hukmronlik qilishi tasvirlanadi. Birinchi kiberpank yo`nalishidagi roman 
1984-yilda Uilliyam Gibson tomonidan yaratilgan bo`lib, keyinchalik 
muallifning boshqa ―Count Zero―, ―Mona Lisa Overdrive‖, ―Virtual Light‖ 
singari asarlariyam nashr etilgan. Bryus Sterling kiberpank yo`nalishining asosiy 
yozuvchisi bo`lgan. Mishel Svenvik yaratgan ―A User‘s Guide to Postmoderns ‖ 
nomli ijodiy bayoni dekadaning yakunlovchi asariga aylandi. 
1990-yillarda ilmiy fantastikaning subjanrlariga qiziqish juda ortdi. Bu 
davrda murakkab ilmiy fantastik yo`nalish kirib keldi, buning mohiyati 
shundaki, endilikda fantastik asarlarda muammolarni hal etish uchun ilm fan 
bilimidan yoki texnologiyaning kuchidan foydalaniladi, keyingi yo`nalish 
galaktika operasi deb nomlanadi, bunday asarlarda bizning sayyoramizdan 
tashqarida bo`lgan planetalar hayoti tasvirlanadi. Yana bir yo`nalish tarixiy 
ilmiy fantastika deb nomlanib, bunda o`tmishdagi sodir bo`lgan voqealar aslida 
qanday yuz bergani va qanday oqibatlarga olib kelishi tasvirlanadi. Fillip Dik va 
atoqli yozuvchi Rey Bredberri yo`nalishning eng birinchi va muhim adiblari deb 
tan olingan. Ularning chop etishga ulgurmagan asarlari ham o`limidan so`ng 
yirik nashrlarda chop etilgan. 
1990-yillarda televideniya va kinofilmlar uchun yaratilayotgan maxsus 
effektlar juda yorqin kuchga aylandi. Avvallari ilmiy fantastikaga oid kitoblar 
uchun rassomlar maxsus illyustratsiyalar yaratgan bo`lishsa, endilikda barcha 
ommaviy axborot vositalari keng qamrovli, turli rang barang effektlardan 
foydalanishdi, ilmiy fantastika yo`nalishi faqatgina adabiyotning bir tarmog`i 
bo`libgina qolmay, mediyaning barcha sohalarini egallab, global mashxurlikka 
ega bo`ldi. Video o`yinlar, multfimlar, filmlar, radio va televizyon dasturlarning 
25


barchasida ilmiy fantastika yo`nalishi yetakchilik qildi. Biroq adabiyot 
innovatsion va keng tarmoqli sohaga aylandi. Bu yangi eraning yozuvchilari 
Vernor Vinge, Dan Simmons, Orson Scott Kard, Connie Uvillslar bo`lishgan. 
XXI asrga kelib adabiyot yanada jonli, real hayotni borligicha ifodalaydigan 
bo`ldi.

Ilmiy fantastika garchand adabiy janr bo`lsada, uning mavzulari va 
qonuniyatlari radio, televizyon shou, kinofilmlarga ham moslashtirildi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə