I bob. Jahon adabiyotida ilmiy fantastika


 H.Shayxov va A.Azimov asarlaridagi o`xshash va farqli jihatlari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix21.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#118396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI

3.3. H.Shayxov va A.Azimov asarlaridagi o`xshash va farqli jihatlari 
Hojiakbar Shayxov va Ayzek Azimov ilmiy fantastika yo`nalishining 
yorqin namoyondalaridan hisoblanishadi. Ayzek Asimov ingliz adabiyotining 
imiy fantastikasini yuqori pog`onalarga ko`targan bo`lsa, Hojiakbar Shayxov esa 
o`zbek adabiyotiga bu janrni olib kirganlardan hisoblanadi. Ikkala yozuvchining 
ham o`z yozish uslubi, texnikasi bor. Quyida ikkala adibning kichik hikoyalari 
orqali ularning asarlaridagi o`xshash va farqli xususiyatlar tahlil qilanadi. 
Ayzek Azimovning ―The fun they had‖ hikoyasi zamonaviy ilmiy 
fantastika sohasida yaratilgan bo`lib, asosiy voqealar 2157 yilda, kelajak 
hayotda sodir bo`ladi. Hikoyaning bosh g`oyasi ta‘lim 
jarayoniga 
texnologiyaning ta‘siridir. Bu hikoya utopik ruhda yaratilgan bo`lib, biroq 
asosiy qahramonlar tomomidan tahlil qilsak, distopik kayfiyatda yozilganini 
sezish qiyin emas. Chunki hikoya mobaynida bosh qahramonlar o`tmishga, biz 
yashayotgan davrga, sayohat qilishadi, maktabda, sinfxonalarida o`tirib 
birgalikda tahsil oladigan o`quvchilarga havas qilishadi. Lekin butun hikoya 
texnologiya va uning o`quvchilar ta‘lim olishiga qanday ta‘sir ko`rsatishi, uning 
ijobiy va salbiy oqibatlari atrofida aylanadi.

Matnning asaiy nuqtasi shundaki, asar muallif tomonidan hikoya qilinadi, 
matn ko`chirm gaplardan va qisqa dialoglardan tashkil topadi. Hikoyadagi 
asosiy kayfiyatni aniqlash uchun asosiy qahramon – mexanik o`qituvchiga 
berilgan ta‘rifni o`qish kifoya: 
―He was a round little man with a red face and a whole box of tools with 
dials and wires. He smiled at Margie and gave her an apple, then took the 
teacher apart. Margie had hoped he wouldn't know how to put it together again, 
but he knew how all right, and, after an hour or so, there it was again, large and 
black and ugly, with a big screen on which all the lessons were shown and the 
questions were asked. That wasn't so bad.‖ 
1
The Best of Isaac Asimov ―The fun they had‖. P.:1973 –P. 25-27. 
43


Muallif so`zlashuv nutqidan va jargon so`zlardan foydalanishi – hikoyani 
real hayotga, odatiy turmush tarzi holatlariga yaqin qilib tasvirlaydi: 
― Gee, I guess, betcha‖ 
Matn uchta mantiqiy qismlardan iborat.Hikoyaning birinchi qismi qog`oz 
kitob topib olgan ikki bolaning tasviri bilan boshlanadi.Bu ular uchun kichik 
kashfiyot singari tuyuladi. Margie hattoki, kitob topin olgani haqida o`zining 
kundaligiga qayd etib boradi: 
―Margie even wrote about it that night in her diary. On the page headed 
May 17, 2157, she wrote, "Today, Tommy found a real book!"

It was a very old book. Margie's grandfather once said that when he was a 
little boy his grandfather told him that there was a time when all stories were 
printed on paper.― 
Shuni ta‘kidlab o`tish joizki, hikoyadan o`rin olgan voqealar kelajakda 
2155-yilda yuz beradi, shuning uchun tarixga aylangan noyob kitobni topib 
olish, tadqiq etish uchun judayam qiziqarli obyektga aylanadi. Asar 
qahramonlari Tommi va Margie bir necha asr ilgari odamlar o`quvchilar 
mutolaa qilgan kitobni o`qishga kirishadi. 
Muallif hikoyada ba‘zi so`zlarni aynan ajratib ko`rsatish orqali ularning 
ma‘nosini kuchaytirishga harakat qiladi. U bu usul bilan kitobxon e‘tiborini har 
bir jumlaga yanada ko`proq qaratishni istaydi. 
Margiening bobosi aytib berishicha, u yosh bo`lgan paytlari uning bobosi 
o`zi o`qigan paytlarni aytib beradi va o`shanda itoblar qog`ozda chop etilganini 
hikoya qiladi. Hikoyaning aynan shu qismidagi holatlardan kelib chiqadigan 
bo`lsak, hikoya ancha yillar oldin yuz berganini bilish mumkin. Bosh 
qahramonlarning bir biriga nisbatan do`stona munosabatini ularning o`zaro 
muloqotlaridan bilsak bo`ladi. 
Muallif tomonidan hikoyaga yangi atama ―telebook‖ kiritiladi va birinchi 
marta adabiyotda ishlatilgan. 
1
The Best of Isaac Asimov ―The fun they had‖. P.: 1973 –P .25-27. 
44


Hikoyaning ikkinchi qismi 2157-yildagi o`qitish jarayoniga bag`ishlanadi. 
Shu qismning ilk satrlaridanoq Margiening o`qishga, maktabga bo`lgan 
munosabatini bilish mumkin: 
"Gee," said Tommy, "what a waste. When you're through with the book, 
you just throw it away, I guess. Our television screen must have had a million 
books on it and it's good for plenty more. I wouldn't throw it away." 
"Same with mine," said Margie. She was eleven and hadn't seen as many 
telebooks as Tommy had. He was thirteen. She said, "Where did you find it?" 
"In my house." He pointed without looking, because he was busy reading. "In 
the attic." "What's it about?" 
"School."Margie was scornful. "School? What's there to write about school? I 
hate school."

Margie mexanik o`qituvchini yomon ko`radi, elektron muallimga bo`lgan 
munosabati o`quvchini ilhomlantiradi. Hikoyani o`qish barobarida muallif 
tomonidan o`rtaga tashlanayotgan muammoga duch kelamiz. Bu bolalarning 
o`zlashtirish darajasining pastMargie always hated school, but now she hated it 
more than ever. The mechanical teacher had been giving her test after test in 
geography and she had been doing worse and worse until her mother had shaken 
her head sorrowfully and sent for the County Inspector.ligi va ularning o`qishga 
bo`lgan ishtiyoqining yo`qligidir. 
―Margie always hated school, but now she hated it more than ever. The 
mechanical teacher had been giving her test after test in geography and she had 
been doing worse and worse until her mother had shaken her head sorrowfully 
and sent for the County Inspector.‖ 
―The part Margie hated most was the slot where she had to put homework 
and test papers. She always had to write them out in a punch code they made her 
learn when she was six years old, and the mechanical teacher calculated the 
mark in no time‖ 
Buning isbotini Graflik Inspektori Margiening mexanik o`qituvchisining bilim 
darajasini 10 yoshlik bola bilan tenglashtirib qo`yganida yaqqol ko`rishimiz 
1
The Best of Isaac Asimov ―The fun they had‖. P.: 1973 –P .25-27. 
45


mumkin. Qizaloq 11 yoshda bo`lsada, uning o`zlashtirish ko`rsatkichi ancha 
past, tengdoshlaridan orqada qolgan: 
―The Inspector had smiled after he was finished and patted Margie's head. He 
said to her mother, "It's not the little girl's fault, Mrs. Jones. I think the 
geography sector was geared a little too quick. Those things happen sometimes. 
I've slowed it up to an average ten-year level. Actually, the over-all pattern of 
her progress is quite satisfactory." And he patted Margie's head again.‖ 
Hikoyaning shu qismi bilan yozuvchi kelajakda yaratilajak ta‘lim 
texnologiyalarining qanday natijalar berishini oldindan bashorat qilayotgandek 
go`yo. Bosh qahramon Margiening o`qituvchiga nisbatan salbiy munosabatini 
sezish qiyin emas. U maktabni ham, katta qora xunuk o`qituvchiniyam yomon 
ko`radi. To`g`ri, balki bu munosabat hozirda tabiiy hol bo`lib ko`rinishi 
mumkin, biroq bu kelajak avlodlarning ta`lim olishga bo`lgan munosabati 
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Uchinchi qism ―Centuries ago‖ deb nomlanadi, o`quvchilar ta‘lim tizimiga 
bo`lgan munosabatlarini bildirishadi. Ular uzoq bahs yuritish mobaynida 
mexanik o`qituvchi yaxshimi yoki odam o`qituvchimi, mexanik o`qituvchi 
aqlliroqmi yoki odam o`qituvchimi deya ko`p mulohaza yuritishadi. 
―Margie was hurt. "Well, I don't know what kind of school they had all that 
time ago." She read the book over his shoulder for a while, then said, "Anyway, 
they had a teacher." 
"Sure they had a teacher, but it wasn't a regular teacher. It was a man." "A 
man? How could a man be a teacher?" "Well, he just told the boys and girls 
things and gave them homework and asked them questions." "A man isn't smart 
enough." "Sure he is. My father knows as much as my teacher." "He can't. A 
man can't know as much as a teacher." "He knows almost as much, I betcha." 
Margie wasn't prepared to dispute that. She said, "1 wouldn't want a strange 
man in my house to teach me." 
Tommy screamed with laughter. "You don't know much, Margie. The 
teachers didn't live in the house. They had a special building and all the kids 
46


went there." "And all the kids learned the same thing?" "Sure, if they were the 
same age." 
Hikoyani o`qir ekanmiz, yosh bolalarning bemalol tanqidiy mulohaza 
yuritayotganiga duch kelamiz.Qizaloq o`qituvchi mashina simgari yaxshi ta‘lim 
bera olishiga ishonmaydi.Bu qismda qahramonlarning hissiyotlari ancha erkin 
bildirilgan, ularning o`zaro suhbatlarida ham o`qish mumkin. 
Ayzek Asimov bu hikoyani o`qigan barcha kitobxonlarni kelajakda insoniyat 
ro`para bo`lishi kutilayotgan muammoga qaratadi. Yaxshilab o`ylab qarasak, 
XX asr o`rtalarida yozilgan bu hikoyaga juda dolzarb mavzu tanlangan.Agar 
texnologiyalar, kashfiyotlar shunday davom etaversa bu insonlar o`rtasidagi 
munosabatlarga chek qo`yadi. O`quvchilar doim uyda mexanik o`qituvchidan 
ta‘lim olishadi, o`zaro do`stlik, mehr oqibat tuyg`ulari, bilim olishga ishtiyoq 
yo`qoladi. Shu g`oyalar orqali kelajakda xavf haqida baarchamizni A.Azimov 
yarim asrdan oldinroq ogohantirgan. 
Hojiakbar Shayxov ham ilmiy fantastikada barakali ijod qilgan. Uning ko`plab 
hikoyalari kosmik kemalar ishtirokida, o`zga galaktikalardagi hayotni 
tasvirlaydi. Uning ―Sirli nur‖, ―Pushtirang falokat‖, ―Birinchi sinov‖ kabi 
hikoyalari ilmiy fantastika janridagi eng yaxshi hikoyalar sifatida tan 
olingan.Shayxov hikoyalari ilmiy fantastikaning ―kosmosga sayohat‖ 
yo`nalishida yozilgan bo`lib, undagi voqealar samokezar kemalarning kosmosga 
uyushtirgan sayohati, o`zga sayyoraliklar, ularning hayot tarzi yoxud ularning 
insoniyatga, yer kurrasiga qanday ta`sir ko`rsatishi kabilar yoritiladi. Adibning 
oi`ziga xos yozish uslubi mavjud bo`lib, o`zbek adabiyotidagi birorta ijodkorga 
taqlid qilmaydi. Hikoyalarida ilm fanning kelgusida erisha olishi mumkin 
bo`lgan kashfiyotlari bayon etiladi.

Shayxovning ―Sirli nur‖ hikoyasi yilda chop etilgan. Bu hikoya ―Ulug`bek‖ 
yulduzkezar kemasining kosmosga, yerdan 1500 metr balandlikda uyushtirilgan 
sayohati haqida. Hikoyaning bosh qahramonlari fazogir Davron Sharipov va 
1
O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi. ―Sh‖ harfi –T.: Toshkent. 1997. –B.14-15. 
47


―Ulug`bek‖ samoviy kemasining bosh komandiri, ―Ziyo‖ yulduzidagi shaharda 
yashovchi ziyoliklar. 

Hikoya razvedkachi yosh fazogirning Pluton sayyorasi yaqinidagi sirli nurga 
guvoh bo`lishi va uning izidan borishi bilan boshlanadi.Fazogir uzoqdan 
taralayotgan nur orqasidan tushadi.U yerda g`aroyib shaharga duch keladi. 
Kema komandiriga o`zi ko`rayotganlari haqida xabar beradi: 
―O`zga sayyora shahri! Nihoyatda yuksak qilib qurilgan to`g`ri formadagi 
tsilindrlarni ko`ryapman. Asosining diametri taxminan yuz metrga teng bu 
inshootlar turar joy binolari bo`lsa kerak. Har bir tsilindr tepasida gorizontal 
yo`nalishda va turli balandlikka ega spiralsimon «butoqlar» bor. Ularning 
havoda muallaq turgan eng chekka qismy qalin mis likopchani eslatadi. Binolar 
yigirma-o`ttiztadan alohida-alohida joylashgan. Har bir guruh markazida 
boshqacha shakldagi — sharsimon, prizmasimon, to`g`ri burchakli qurilmalarni 
ham ko`ryapman. Chor-atrof o`t-o`lan, dov-daraxtlar bilan o`ralgan. Albatta, 
agar qizil va jigarrang bargli bahaybat o`simliklarni daraxt deb atash mumkin 
bo`lsa. O`simliklar binolarning devor va pastki «butoqlari»gacha chirmashib 
ketgan.‖

Fazogir bu g`aroyib shaharga yaqinlashganidan juda hayratlanadi. Ziyo 
yulduzidan o`ziga xos signal olishdi. Bu g`royib nur fazogirga yo`l 
boshlaydi.Samo kemasi Pluton yaqinidagi kosmik zonaga qo`nadi.Bu yerda 
o`zga sayyoraliklarning sivilizatsiya o`chog`iga duch keladi. Fazogir uzoqdan 
kelayotgan qo`ng`izlar to`dasiga ro`para bo`lishadi. 
―U kutilmaganda o`ziga kelib, keskin o`rnidan turdi-da, polga sakrab 
tushdi.O`sha zahoti tepadan yoqimli, uncha yorug` bo`lmagan nur taraldi.Arava 
yengil sirpanib, koridor bo`ylab nari ketdi. Past, xotirjam, ayni paytda yoqimli 
ovoz eshitildi: 
— Xavotirlanmang. Siz har qanday xavfdan xolisiz. 
— Men qaerdaman? 
— Siz Kibernetik Markazning bosh pultidasiz. 
— O`zingiz kimsiz? 
1
www.ziyouz.com 
2
www.ziyouz.com
/taxayyulot turkumi ―Sirli nur‖/ 
48


— Kibernetik Markazning tovushga taqlid qiluvchi modulyatori. 
— Siz bizning tilimizni qaerdan bilasiz? 
— Markaz uchun sizning tilingizni o`zlashtirish qiyin bo`lmadi. Ajablanarlisi 
shundaki, sizlar haligacha telepatiyani o`zlashtirib olmay, har biri ma‘lum 
ma‘noga ega bo`lgan «so`zlar» deb ataluvchi tovushlar yig`indisi yordamida 
o`zaro muloqat qilar ekansizlar.Tilingizni to`la o`rganish uchun Kibernetik 
Markazga sizning yulduzkezar kemadagilar bilan gaplashgan so`zlaringiz yozib 
olingan plyonkani bir necha daqiqa analiz qilib chiqish kifoya qildi. 
‖Ziyolik Davronni o`z shahriga taklif qiladi. Shahar avvalgidek tashlandiq 
holatda emas, biroq gullab yashnayotgan, nur va gullarga to`la holatda edi. Unda 
ishga, o`qishga odamlar shoshilib harakat qilishardi, hayot qaynayotgan, jonli 
sivilizatsiya davom etardi.Zinalar orqali fazogirni Meditsina Akademiya olimlari 
oldiga olib borishadi. Biroq u ziyoliklarning tashqi ko`rnishini ko`rib ajablanadi. 
Ular to`rt metrlik qomatga ega bo`lib, ilm fan bilan mashg`ul edilar. 
― -Bu Meditsina Akademiyasining bir guruh olimlari, - tovushga taqlid 
qiluvchi modulyatorning mayin ovozini eshigdi Davron.— Ular hozir xursand 
bo`lishyapti, chunki insonning umrini ming yilgacha uzaytirish mumkin bo`lgan 
preparat—aksilgenni sof holda ajratib olishga muvaffaq bo`lishdi. Afsuski, bu 
kashfiyot odamlarni baxtli qilmadi...―

Hikoyaning bu qismida fazogir ziyoliklarning yaratgan buyuk kashfiyotlariga 
guvoh bo`ladi. Ular bir necha yillik ilmiy izlanishlar tufayli inson umrini 
uzaytiruvchi preparatni ixtiro qilishadi.Barcha ziyoliklarni shu vaksina bilan 
emlashdi. 
―Ziyoning hamma meditsina muassasalari odamlarni aksilgen bilan emlashga 
kirishgan. Mana, birinchi baxti kulganlar! Ming yil yashovchi birinchi 
ziyoliklar!Aksilgen ishlab chiqarish bo`yicha alohida sanoat tarmog`i bunyod 
etildi. Aksilgenlar hammaga yetishi kerak! Hozir yashayotganlar va kelgusi 
avlodlar uchun! 
Aksilgen bilan emlash go`yo odamzodning kayfiyati va tashabbusiga qamchi 
urganday bo`ldi. Odamlar o`zlarini xuddi boshqatdan dunyoga kelganday yosh 
1
www.ziyouz.com 
/taxayyulot turkumi ―Sirli nur‖/ 
49


va baquvvat his qilishdi. Kelajak uchun endi eng dadil rejalarni tuzish mumkin 
edi. Sayyora bo`ylab sarmast qiluvchi quvonch va zavq to`lqinlari taraldi. 
Biroq...‖ 
Biroq bu ziyoliklarga o`zlari kutgandek baxt olib kelmadi. Agar aholi o`sishi 
shu sur`atda davom etsa, oziq ovqat va turar joy ehtiyojlarini qondirish uchun 
planetadagi barcha resurslar tugaydi. Ular katta muammolarga duch kelishdi, 
xoru zorlikda yashashlari mumkinligini hisoblab chiqishdi.Endigina ilm fanni 
rivojantirgan, boshqa yulduzlarga sayohat uyushtirishni rejalashtirayotgan 
ziyolik xalqiga bu vaksina baxt keltirmadi.Barcha aholini emlashgandan so`ng, 
ziyoliklar aholisi boshiga yangi bir dahshatli tashvish keldi. Endilikda ular 
aksilgen bilan sterilizatorning o`zaro chatishmasi – organizmning yangi 
xususiyati – naslsizlikni yuzaga keltirgandi. 
Endi olimlar bu muammoga yechim izlashar, biroq allaqachon kech bo`lgandi. 
Xullas, ziyoliklar tushkun kayfiyatda bo`lishadi. Uar kasallik, ma‘lum bir ofatlar 
tufayli qirilib ketishayotgandi.Ular Buyuk Kengashda barcha olimlarni 
to`plashadi va o`zaro qaror qabul qilishadi.Odamlar batamom o`lganlaridan 
keyin o`zga sivilizatsiya vakillarini taklif qilib, ular bunyod etgan sayyoralarida 
hayotni davom ettirishlarini istashdi. Shuning uchun ular avto robotlarni yaratib, 
sivilizatsiya a‘zolarini ko`chirib keltirishga ahd qilishdi. 
―Yer deb ataluvchi sayyoraning vakili! Miyangizning bioelektr maydonini 
hamda kemadagi materiallarni obdon o`rganib chiqib, yulduzkezar kema bilan 
aloqa paytidagi gaplaringizni, shuningdek bizning odamlarimiz halokati bilan 
tanishayotgan mahalingizdagi hatti-harakat va hissiyotlaringizni tahlil qilib
Markaz Yer.Sivilizatsiyasi olijanob va bizga nisbatan do`stona kayfiyatda, 
degan xulosaga keldi! 
Ziyo sayyorasi endi shu daqiqalardan boshlab sizlarga tortiq etiladi!..‖

Hikoyaning aynan shu qismida yozuvchi fazogirni holatini tasvirlar ekan, 
uning buyuk bir kashfiyot guvohi bo`lganini, insoniyat yaratgan ilm fanning 
qudrati shunday yuksak darajada ekanligini ko`rsatmoqchi bo`lgan. Insoniyat 
uchun boshqa sayyoralarda hayot kechirayotgan o`zga sayyoraliklarni o`rganish 
1
www.ziyouz.com 
/taxayyulot turkumi ―Sirli nur‖/ 
50


hamisha jumboq bo`lgan. Biroq bu hikoya orqali biz Ziyo yulduzi orbitasiga 
g`oyibona bo`lsada sayohat qildik. Lekin hikoyaning eng kulminatsion nuqtasi , 
bu o`zga sayyoraliklar o`zlari bunyod etgan sivilizatsiya o`chog‘ini yerlik aqli 
raso insonlarga taqdim etishadi. Ular sirli yozuvlar orqali yerlik birodarlariga 
quyidagi vasiyatnomani qolidirishgan: 
―Muhtaram qardoshlarimiz! 
Biz, qachonlardir mag`rur va baxtiyor, hozir esa baxti qaro xalq Sizlarga 
hayotimizning eng so`nggi soatlarida murojaat qilyapmiz. 
Bizning tsivilizatsiya hali yosh edi.Biz ko`p ishlar qildik.Yana ko`p ishlarni 
amalga oshirishimiz lozim edi. Bizda kuch, quvvat va iroda bor edi. 
Biroq bizning kamchiliklarimiz ham yo`q emas edi. 
Bizni xudbinlik barbod qildi. 
Inson abadiy emas, lekin insoniyat abadiy! 
Biz ana shu oddiy haqiqatni unutib qo`ydik.Oqibatda shum taqdir ustimizdan 
achchiq hazil qildi. 
Bizni endi hech narsa qutqara olmaydi.Biz abadiy yo`qlik qa‘riga ketyapmiz. 
Biroq bizning hayot qaynagan go`zal sayyoramiz qolyapti. Buyuk inqirozimiz 
bo`sag`asida Sizlardan o`tinib so`raymiz: muqaddas sayyoramizni qarovsiz 
qoldirmang! Unda yashash uchun avlodlaringizni olib keling! Yurtimizda inson 
zoti, albatta, ulug`lanmog`i kerak! Zotan, faqat insongina uni kimsasiz, bo`m-
bo`sh va o`lik sayyoraga aylanishdan saqlab qola olishga qodir! 
Kibernetik Markaz Sizlarga bizning bilisharimiz va barcha energiya 
zapaslarimiz haqida ma‘lumot beradi. Bu zapaslar sayyorani qayta oyoqqa 
turg`azish va uzoq asrlar davomida Sizlarni ta‘minlash uchun yetib ortadi. 
Kibernetik Markazning o`zi bo`lsa, shu daqiqalardan boshlab to`la Sizning 
hukmingiz ostiga o`tadi.Planetamizda baxtiyor hayot kechiring! 
Gohi-gohida Sizgacha yashaganlarni ham eslab qo`ying va hech qachon 
ularning xudbinlarcha qilgan xatosini takrorlamang! 
Muhtaram do`stlar, Ona sayyoramizni seving! So`nggi soatlarimiz yetdi! 
Alvido!‖ 
51


Bu hikoyani yozgan Hojiakbar Shayxov faqatgina o`zga sayyoralarda 
yashagan ziyoliklarni ilm fanni rivojlantirganlarini emas, balki bu obrazlar 
orqali insoniyatga murojaat qilmoqchi. Butun insoniyatga o`ziga xos murojaat 
yo`llamoqchi! Hozirda yer yuzida ilm fan taraqqiy etmoqda, biroq kashfiyotlar, 
izlanishlar insoniyatga ko`plab qulayliklar, yengilliklar keltirayotgani sir emas. 
Bular faqat ijobiy tomonlari, xolos. Tanganing ikkinchi tomoni bo`lganidek 
kashfiyotlar yaratilishi ham o`z salbiy tomonlariga ega. Aksilgen deb ataluvchi 
bu vaksinani yaratishdi, biroq bu insoniyatga baxt olib kelmadi, naslsizlik 
balosiga duchor qildi.Agar shunday bo`lmaganida ham, yerdagi resurslar, 
zaxiralar tugashi tayin edi. Uy joy muammosi, turli kasalliklarni olib kelishi 
mumkin edi-ku! Shayxov bu hikoya orqali ilm fan insoniyatga faqat foyda 
keltirishi kerakligini, insonning tabiat qonunlaridan ustun bo`lolmasligini yoritib 
bermoqchi. Butun insoniyatni ogohlikka da‘vat etmoqchi. 
Bu hikoya o`ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oxirgi qismida yozuvchi 
ziyoliklarning vasiyatnomasini keltirar ekan, unda sayyoramizni avaylang, deya 
bong urishayotganini ko`ramiz. Bu bilan yozuvchi butun insoniyatni 
hushyorlikka chorlab, yer kurramizni asrashga undayapti.Bizga berilgan buyuk 
ne‘mat – hayotni qadriga yetishimiz kerak.Yer kurramizni, ona tabiatmizni 
asrashimiz kerak. 
Shunday ibratomuz fikrlar Shayxovni barcha hikoyalarida bor. Lekin ular 
ochiq oydin yozib qo`yilmagan.Bunday tarbiyaviy g`oyani anglab yetish uchun 
adibning hikoyalarini o`qish bilan birga uqiy olish ham kerak. 
Shayxovning boshqa hikoyalari ―Pushtirang falokat‖, ―Muttamax‖, ―Birinchi 
sinov‖ da ham texnologiyaning rivojlanishi, insoniyat uchun qanday ta‘sir etishi 
mavzulari yoritiladi. Shuningdek adib ilmiy fantastikaning kosmosga sayohat 
yo`nalishida ham ijod qilgan bo`lib, yuqorida fikr yuritilgan ―Sirli nur‖ hikoyasi 
ham aynan shu yo`nalishda yaratilgan. 
Yuqorida ikkala yozuvchilar A. Azimov va H.Shayxovning ijodlariga 
mansub bo`lgan hikoyalar bilan tanishdik. Ikala yozuvchi ijodiga xos bo`lgan 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə