I bob. Jahon adabiyotida ilmiy fantastika



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix21.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#118396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI

o`xshash 
jihatlarni tahlil qilsak: 
52



A.Azimov va H.Shayxov ilmiy fantastika yo`nalishida aynan XX asrda 
ijod qilishgan; 

Ikkala yozuvchining asarlarida ilmiy fantastikaning kosmosga sayohat, 
kelajakka sayohat, ideal jamiyat kabi yo`nalishlarini ko`rishimiz mumkin; 

Yozish uslubidagi oddiylik, sodda va tushunarli jumlalardan foydalanish 
ikkala ijodkorning uslubiga xosdir; 

Hikoyalarida yoritilayotgan mavzular tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lib, 
insonlarni ezgulikka, faqat yaxshilikka chorlaydi; (A.Azimovning 
―Nightfall‖ va ―The fun they had‖ hikoyalari, H.Shayxovning ―Olovdan 
chiqqan odam‖, ―Birinchi sinov‖ hikoyalari) 

Ikkala ijodkor ham jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni ilmiy fantastika 
orqali ko`rsatmoqchi bo`lishgan va ushbu muammolarga konkret ilmiy 
yechimlar berishga harakat qilishgan; 

Ingliz adabiyotida A.Azimov, o`zbek adabiyotida H.Shayxov ilmiy 
fantastikani 
mustaqil janr sifatida taraqqiy etishiga katta 
hissaqo`shishgan.Ular yaratgan asarlar yaxshilik bilan yakun topadi, 
qahramonlar asar so`ngida o`z yo`llarini topib, baxtga erishishadi. 
Ijodkorlar yaratgan asarlari bilan insonlarni ezgulikka, yaxshilik qilishga 
chorlaydi. Yaratilgan kashfiyotlar, izlanishlarning barchasi insoniyat 
uchun foyda keltirishi, ilm fan insonlar hayotini yaxshilashga xizmat 
qilishi kerakligi ta‘kidlanadi. 
Yuqorida Shayxov va Azimov ijodiga xos bo`lgan mushtarak jihatlarni ko`rib 
o`tdik. O`xshash jihatlari bilan birga ular ijodida 
farqli tomonlar 
ham bor: 

Azimov asli kasbi biokimyogar bo`lgani uchun asarlarida asosan 
kimyoviy moddalarning o`zaro ta‘sirlari, ulardan qanday foydalanish 
haqida yozadi.Biroq Shayxov ko`pincha texnologiyaning qanday 
yaratilgani, insoniyat uchun qanday naf keltirishini yozadi, ikkala 
ijodkorning asarlarida o`z kaspidan kelib chiqib, yondashganini ko`rish 
mumkin. 

Hojiakbar Shayxovning hikoyalarida, u yaratgan obrazlarda o`zbekona 
xususiyatlarni ko`rishimiz mumkin. Uning Azimov ijodiy uslubidan 
53


asosiy farqlaridan biri shuki, Shayxov asarlarida dinimiz, millatimizga 
xos bo`lgan jihatlarni uchratamiz. ―Tutash olamlar‖ va ―Ikki jahon 
ovvorasi‖ kabi romanlari bunga yaqqol misol bo`lishi mumkin. 

Ikkala ijodkorning asarlarida zamon va makon masalalari bir biridan farq 
qiladi. Shayxov hikoyalarida voqealar asosan kosmosda kelajakda yuz 
beradi. Azimov hikoyalarida esa, yer yuzida insoniyat kelajakda ro`para 
bo`ladigan kashfiyotlar haqida bayon etiladi. Shayxovning astronomiya 
sohasiga murojaat etishi orqali uning kelajakda yurtimizda bu sohaning 
qay darajada rivojlanishini ko`rsatmoqchi. Shu o`rinda Azimov asarlari 
orqali o`zining ilmiy bashoratlarini bayon etgan bo`lib, ular haqiqatdanam 
amalga oshmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida robot texnologiyasini 
keltirishimiz mumkin. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə