I bob. Jahon adabiyotida ilmiy fantastika



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix21.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#118396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI

Kurs ishing maqsadi:
Ingliz tili— ilm-fan, adabiyot va zamonaviy 
texnologiyaning turli tarmoqlariga keng yo`l ochib beruvchi 
xalqaro 
tillardan biridir. Ingliz tilini puxta egallash bizga dunyo taraqqiyoti 
bilan bir qatorda bo`lishga, yutuqlarimizni global miqyosda namoyish 
qilishga imkoniyatlar yaratib beradi. 
Kurs ishining vazifalari:
Xorijiy tillarni o`rganish nafaqat shu tilda 
so`zlashish imkoniyatini balki, mazkur 
mamlakatlarning
madaniyatidan, 
tarixidan, 
urf-odatlaridan, 
adabiyotidan haqida bilim egallash imkonini ham beradi. Jumladan, 
―Adabiyot— millat ko‘zgusi‖ bo`lib, shu millatning turmush tarzini, ularning 
kechinmalarini, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni yoritib beruvchi ko`zgudir. 
Ingliz adabiyoti xazinasi mashhur yozuvchilar va ularning jahonga mashhur 
shoh asarlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek o`zbek adabiyoti ham uzoq tarixga, 
boy ma‘naviy merosga ega bo`lib, dunyoga mashxur shoirlar va adiblarni 
yetishtirgn. Quyida biz adabiyotga mustaqil janr sifatida yangi kirib kelgan – 
ilmiy fantastika janrining ingliz va o`zbek adabiyotiga qanday kirib kelgani va 
uning mashxur namoyondalari haqida so`z yuritamiz. Ilmiy fantastika janrini 
ingliz va o`zbek adabiyotidagi o`rnini tahlil qilish uchun ingliz yozuvchisi 
Ayzek Azimov va o`zbek adibi Hojiakbar Shayxov hayoti va ijodiy faoliyatini 
o`rganish zarurligini angladik.

Karimov I.A ―Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ gi PQ-1875-
sonli qarori. –T., 2012. ―Ma‘rifat‖ gazetasi № 99. –B.1-2. 
3


I BOB. JAHON ADABIYOTIDA ILMIY FANTASTIKA JANRINING 
PAYDO BO`LISHI VA RIVOJLANISHI 
1.1.
Ilmiy fantastika janrining jahon adabiyotidagi o`rni 
Fantastika janri xayoliy g‘oyalarga asoslanadi, lekin bunday g‘oyalar ilm 
fan doirasida aniq fanlar, tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlarga asoslansa, o‘z 
izohini topa bilsa buni bemalol ilmiy fantastika deb atay olamiz. Ko‘plab 
adabiyotshunoslar, ilmiy tanqidchilar o‘rtasida bu janrni ilmiy fantastika 
deb atash kerakmi yoki bu yo‘nalishni fantastika tarkibiga kiritish to‘g‘risida 
turli bahslar necha yillar mobaynida davom etib kelmoqda. Lekin o‘zbek 
adabiyotshunoslari bu janrni ―ilmiy taxayyulot‖ deb atashgan. Shunga 
qaramay, ko‘plab adabiy tanqidchilarning fikricha, ilmiy fantastika – ilm fan 
sohasidagi izlanishlarga asosanib, yirik kashfiyotlarning paydo bo‘lishi, 
tabiatning yangi qonuniyatlarini ochish va hattoki jamiyatning yangi modellarini 
yaratish kabi yangiliklarni qamrab olishi mumkin. 
Tor ma‘noda olib qaraydigan bo‘lsak, ilmiy fantastika ilm fan sohasidagi 
yangiliklar, yangi texnologiyalarning kashf etilishi, ularning g‘aroyib 
imkoniyatlari, insoniyatga ijobiy va salbiy tomonlama ta‘siri, sodir bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan paradokslarni o‘rganadi. Shuningdek, bu janr ilmiy 
tasavvurlarimini uyg‘otib, kelajak haqida, ilm fanning naqadar kuchli 
imkoniyatlari haqida o‘rganishga majbur etadi. 
Bu masalaga yanada kengroq qaraydigan bo‘lsak, bu yo‘nalish ilmiylikka 
asoslanadi, ertakona, afsonaviy g‘oyalardan yiroq turgan holda, undagi voqea 
hodisalar ilohiy yoki qandaydir mo‘jizaviy tushuntirishlarni emas, balki ilmiy 
isbotlangan asoslarni talab etadi.Hozirgi kungacha imiy fantastikaning 
tematik kenligi, yondashuvlar ko‘lami quyidagi mavzular bilan chegaralanib 
qolganKosmosga sayohat – ushbu yo‘nalishda yozuvchilar Quyosh 
tizimiga yaqin bo‘lgan sayyoralar va ularga amalga oshirilgan parvozlar 
haqida yoki sayyoramizga yaqin bo‘lgan yulduzlar haqida yozishadi. 
Shuningdek bu mavzu doirasidagi asarlarda yerliklarning turli sayyoralarni 
egallab olishlari va shunga doir sarguzashtlari yoritib beriladi. 
6


Parallel olamlar haqida – bunday uslubda yaratilgan asarlarda bizga 
parallel bo`lgan olamlar, sayyoralar haqida yoziladi. Mazkur olamlarning turli 
tumanligi va kelib chiqish tarixini yozish fanastikada yana bir yo`nalishi – arixiy 
fantastikani yaratilishiga asos bo`ldi. 
Evolyutsiya yoki insoniyatning mutatsiyaga uchrashi – bu mavzudagi 
asarlarda kelajakda insoniyatning ilohiy, mo`jizaviy qudratga ega bo`lishi, yangi 
imkoniyatlarning paydobo`lishi shuningdek, psixologik-telepatiya va prokinez 
hodisalari tasvirlanadi. 
Keyingi yo`nalishda jamiyatni yangicha modellashtirish g`oyasi asosiy 
o`rin tutadi.Bu mavzuda yaratilgan asarlarning eng mashxuri Tomas Morning 
―Utopiya‖ romani hisoblanadi. Mazkur asarda turli ijtimoiy muammolarning 
yechimini ko`rsatish uchun idealogik jamiyat tasvirlangan. Bunday asarlar 
srasiga turli jamiyat shakllari haqidagi hikoyalar, hozirgi kunda, zamonaviy 
jamiyatimizda, mavjud lekin Yerning izolyatsiya qilingan qismlarida: Tibetdagi 
vodiylarda, Tinch okeanining chekka orollarida sodir bo`ladi. Bunday adabiy 
asarlarni kreptio-tarixiy asarlar deb nomlanadi, bunda zamonaviy qandaydir sirli 
kuchlar ta`sirida rivojlanadi. 
Ilmiy kashfiyotlarning keyingi taqdiri qanday kechadi? Insoniyat buni 
qanday kutib oladi? Bunday asarlar yozish ilmiy fantastikaning bir 
yo`nalishidir.G`aroyib ilmiy fantastik kashfiyotlar insoniyatning intellektual 
salohiyati mahsuli hisoblanadi.Robotlar, androidlar, mustaqil fikrlovchi 
kompyuterlar haqidagi g`oyalar zamonaviy ilmiy fantastik yo`nalishning asosiy 
mavzulari sanaladi. 
Sayyoralar o`rtasidagi urushlar bunday g`oyalardagi asarlarda yerning 
asosiy yirik kuchlari to`qnashuvi, sayyoralararo urushlar, global yadroviy 
mojarolar va konfliktlar tasvirlanadi

Ilmiy fantastika janrining bosh obrazi doim taraqqiy etuvchi, 
rivojlanuvchi inson timsolidir. Bu qahramon evolyutsion rivojlanuvchi, taraqqiy 
etuvchi odamning xuxsusiyatlarini o‘zida namoyon etadi. 
1
. Чернышева. Т. Научная фантастика и современное мифотворчество И.: ―Наука‖. 1989. – Cтр. 25-27. 
7


G‘arbiy Yevropada Charlz Darvinning g‘oyalari, naturalistik qarashlari 
kirib kelishi bilan insoniyatning olam haqidagi tasavvurlarida o‘zgarishlar, 
ularning ma‘naviy ruhiy olamidagi inqilobga sabab bo‘di va bu ilmiy 
fantastikani yanada mukammalashib taraqqiy etishiga bog‘liqdir. O‘sha davrda 
ilmiy fantastik kitoblarda yozuvchilar o‘zga sayyoraliklar haqida, ularning 
buyuk kuch qudrati haqida yozganlar. O‘sha davr mualliflarining taxminlaricha, 
yerdan boshqa sayyoralarda yashovchi mavjudotlar yoki o‘zga sayyoraliklar 
hozirda insoniyat bosib o‘tayotgan rivojlanish bosqichida bo‘lganlar, faqat ular 
bu taraqqiyot davrini tezroq bosib o‘tishgan. Ularda bu evolyutsion rivojlanish 
davri tez amalga oshgan. 
Ko‘pchilik adabiyotshunoslar tahlillariga binoan ilmiy fantastika janri ilk 
marotaba amerikalik yozuvchi Edgar Allan Po asarlarida ko‘zga 
tashlangan.Uning ba‘zi hikoyalari konseptual asosga ega, ya‘ni inson faqat o‘zi 
egallagan bilimlari yordamida tabiatning tushunarsiz, noaniq qonuniyatlarini 
ocha oladi.Uning bu qarashlari ―Gans Haolyaning sarguzashtlari‖ nomli asarida 
o‘z aksini topgan. Lekin Po hech qachon oddiygina ilmiy fantast yozuvchi 
bo‘lishga harakat qilmagan, u fantastikaning boshqa yo‘nalishida, ―horror 
literature‖ yo‘nalishida ijod qilgan. 
Jahon adabiyotida birinchi professional fantast yozuvchi Jyul Vern 
hisoblanadi.Uning mashhur asarlari ―Havo sharida besh hafta‖, ―Yer markaziga 
sayohat‖ kabilarning adabiyot ommasiga havola etilishi bilan ilmiy fantastika 
janri ham adabiyot olamida bir vaqtda paydo bo‘lgan deb aytiladi. 
Yevropa davlatlarida Jyul Vernning asarlari juda kata shuxrat qozondi. 
Uning adabiy qarashlari, adabiy elementlari reallikka ―jyul verncha‖ yondashish 
yoki ilm fanni hamma narsaga qodir deb qarash kabi g‘oyalarini yevropalik 
yozuvchilar o‘z asarlarida qo‘llashgan.bunday yozuvchilar sirasiga L. 
Bessennar, Jakolio va boshqalar. 
XIX asrning 20 yillarida iste‘dodli ingliz yozuvchisi Gerbert Vells ilmiy 
fantastika sohasida katta burilish yasadi.U jyul verncha qaashlarga, ijobiy 
optimistik yondashuvlarga psemistik ruh olib kirdi. Uning ijodining birinchi 
pallasida chop etilgan ―Vaqt mashinasi‖, ―Doktor Maro oroli‖, ―Ko‘rinmas 
8


odam‖ va ―Olamlar jangi‖ kabi asarlari ilmiy fantastika janrining mavzuiy rang 
barangligini yanada boyitdi.

Hozirda bu yo‘nalishning ijodkorlari asarlarida nafaqat Vellsning yoki 
Vernning g‘oyalarini balki o‘zlarining boy, turli tuman g‘oya va qarashlarini 
zamon ruhiga moslashtirib, olib kirdilar. XX asrning boshlarida ijod qilgan 
yozuvchilarning asarlarida bizga parallel bo‘lgan olamlar haqida yoki mutantlar 
haqida yozish keng tarqaldi.

Hozirgi kungacha imiy fantastikaning tematik kenligi, yondashuvlar 
ko‘lami quyidagi mavzular bilan chegaralanib qolgan: 
Kosmosga sayohat – ushbu yo‘nalishda yozuvchilar Quyosh tizimiga 
yaqin bo‘lgan sayyoralar va ularga amalga oshirilgan parvozlar haqida yoki 
sayyoramizga yaqin bo‘lgan yulduzlar haqida yozishadi. Shuningdek bu mavzu 
doirasidagi asarlarda yerliklarning turli sayyoralarni egallab olishlari va shunga 
doir sarguzashtlari yoritib beriladi. 
Vaqt mashinasi bilan sayohat mavzusi ilmiy fantastikaning eng 
ommalashgan mavzulardan hisoblanib, bunda vaqt mashinasi ixtiro qilinadi va 
kelajakka yoki insoniyat tarixiga nazar solinadi. 
Parallel olamlar haqida – bunday uslubda yaratilgan asarlarda bizga 
parallel bo`lgan olamlar, sayyoralar haqida yoziladi. Mazkur olamlarning turli 
tumanligi va kelib chiqish tarixini yozish fanastikada yana bir yo`nalishi – 
tarixiy fantastikani yaratilishiga asos bo`ldi. 
Evolyutsiya yoki insoniyatning mutatsiyaga uchrashi – bu mavzudagi 
asarlarda kelajakda insoniyatning ilohiy, mo`jizaviy qudratga ega bo`lishi, yangi 
imkoniyatlarning paydobo`lishi shuningdek, psixologik-telepatiya va prokinez 
hodisalari tasvirlanadi. 
Keyingi yo`nalishda jamiyatni yangicha modellashtirish g`oyasi asosiy 
o`rin tutadi. Bu mavzuda yaratilgan asarlarning eng mashxuri Tomas Morning 
―Utopiya‖ romani hisoblanadi. Mazkur asarda turli ijtimoiy muammolarning 
yechimini ko`rsatish uchun idealogik jamiyat tasvirlangan. Bunday asarlar 
srasiga turli jamiyat shakllari haqidagi hikoyalar, hozirgi kunda, zamonaviy 
1
Sterling, Bruce. Science fiction in Encyclopedia Britannica 2008 

Осипов А. Н. Фантастика от «А» до «Я» М.:1999 – Cтр.198

9


jamiyatimizda, mavjud lekin Yerning izolyatsiya qilingan qismlarida: Tibetdagi 
vodiylarda, Tinch okeanining chekka orollarida sodir bo`ladi. Bunday adabiy 
asarlarni kreptio-tarixiy asarlar deb nomlanadi, bunda zamonaviy qandaydir sirli 
kuchlar ta`sirida rivojlanadi. 
Ilmiy kashfiyotlarning keying taqdiri qanday kechadi? Insoniyat buni 
qanday kutib oladi? Bunday asarlar yozish ilmiy fantastikaning bir yo`nalishidir. 
G`aroyib ilmiy fantastik kashfiyotlar insoniyatning intellektual salohiyati 
mahsuli hisoblanadi. Robotlar, androidlar, mustaqil fikrlovchi kompyuterlar 
haqidagi g`oyalar zamonaviy ilmiy fantastik yo`nalishning asosiy mavzulari 
sanaladi. 
Sayyoralar o`rtasidagi urushlar – bunday g`oyalardagi asarlarda yerning 
asosiy yirik kuchlari to`qnashuvi, sayyoralararo urushlar, global yadroviy 
mojarolar va konfliktlar tasvirlanadi.

Yuqorida sanab o`tilganlar hozirgi kundagi zamonaviy ilmiy 
fantastikaning yo`nalishlari hisoblanadi. Mazkur janrda yaratilgan istalgan 
kitobni o`qiganimizda yuqoridagi yo`nalishlarning birortasini sof holda 
uchratmaymiz. Ko`pchilik yozuvchilar mavzularni uyg`unlashtirgan holda 
asarlar yaratishadi, qay darajada mohiyatan bog`liqlikni tasvirlay olish adibning 
mahoratiga bo`liq. Misol uchun jahon adabiyotida mashhur asarlari ro`yxatiga 
kiruvchi Gerbert Vellsning ―Oydagi birinchi odamlar‖ romanini oladigan 
bo`lsak, unda ilmiy kashfiyotlarni real hayotimizda qay tariqa qo`llash 
masalalari yoritiladi. Yoki ―Kosmosga sayohat‖ asari antigravitatsion kemada 
Oyga uyushtirilgan sayohatlar haqida, shuningdek, uning jamiyatni 
modellashtirish yo`nalishidagi asarlarda aqlli odamlar davlati haqida yozilgan. 
Mavzular xilma xilligi va asarlardagi g`oyalarning origilligiga 
qaramasdan, ilmiy fantastikada ijod qiluvchi yozuchilar 1910-yillarda asosiy 
mavzulardan chetlashib, ko`ngilochar mavzularda yozishni boshladilar. Jyul 
Vernning ma‘rifatparvarlik g`oyalaridan, Vellsning ijtimoiylikka urg`u berilgan 
qarashlaridan chekindilar. 

Невский, Б. А что, если бы? Альтернативная история как наука. — Журнал «Мир фантастики» № 10; 
июнь 2004 
10


1914-yilda Vellsning ―Ozod Olam‖ nomli asari chop etildi. Bu asarda 
atom urushlarini va dunyoning urushlardan so`ng bunyod bo`lgan achinarli 
manzarasini zamonaviy sivilizatsiyalar ichida tasvirlaydi. Biroq, fantast 
yozuvchilar tomonidan o`ylab topilgan emas, balki real urushlarni boshidan 
o`tkazgan kitobxonlar ijtimoiy muammolarni, qiyinchiliklarni, insoniyat ro`para 
kelayotgan azoblarni o`ylashni ham, ular haqidagi asarlarni o`qishni ham 
istashmadi. Shuning uchun 1920-yillarda Merit va Berrouzlar tomonidan 
yaratilgan ko`ngilochar asarlar kata muvaffaqiyat qozondi. Merit va 
Berrouzlarning asarlarini bemalol fantastika janriga xos deb atay olamiz, biroq 
ular asarlariga fantastik anturajlar yoki ilmiy tushuntirishlar berganlar. 
1926-yilda ―Amazing stories‖ jurnalining chiqishi ilmiy fantastika 
yo`nalishida tubdan burilish yasadi. Bu jurnalning muharriri Xyugo Gernsberg 
bo`lgan. Uzoq vaqt mobaynida aynan shu jurnal jahon fantastikasida haqiqiy 
bayroq bo`lib kelgan. A.Azimov, D.Villiyamson va Smitlarning hikoyalari 
mazkur jurnalda birinchi bo`lib chop etilgan. 
Umuman olib qaraydigan, bu davrda horror fantastika janrining debochasi 
bo`ldi. Bu davrda Amerika qit‘asida bu yo`nalishlar gullab yashnadi. Bu gullab 
yashnash davri ikkita asosiy odamlar R.Gavard va X.F.Lavkraftlarning faoliyati 
bilan bog`liq. Birinchisi keyingi fantastlar uchun poydevorni yaratgan. Bir 
vaqtning o`zida voqealarning an‘anaviy tuzilishi va yangi personaj Konana 
Varvarlarni yaratdi. Uning ko`plab asarlarida haqiqiy ilmiy fantastik 
xususiyatlarni ko`ra olamiz, uning ko`plab qahramonlari o`zga sayyoraliklar 
bilan to`qnashadi. Lavkraftlar zamonaviy adabiy yo`nalish ―qo`rqinchli 
adabiyotning‖ asoschisi desak to`g`ri bo`ladi, u birinchi jahon urushlaridan 
so`ng yuzaga kelgan epoxaning jalb etilishlariga, ma`naviy va diniy jamiyatning 
asoslariga e‘tibor bermagan holda, bu unvonga rostanam arziydi.

―Buyuk yunonlar‖ asarlarida insoniyatga tahdid solayotgan xavflar haqida 
yozadi. Uning qahramonlari 
buyuk qudratga ega kelgindilar, boshqa 
zamonlardan va olamlardan kelganlar yoki o`zga sayyoraliklar hisoblanadi. 
Ularning insoniyatga solayotgan xavfi haqida tasvirlanadi. 
1
Vanspankeren, Kathryn. Outline of American Literature – P.: Washington, 2006. – P.60-62. 
11


1920-yillarga kelib, fantastik adabiyotda uchta asosiy yo`nalish ustunlik 
qildi: fantastika, ilmiy fantastika va ―qo`rqinchli‖ adabiyot. Bu janrlar uchun 
maxsus jurnallar chop etila boshlandi. ―Amazing stories‖ jurnali faqat 
ko`ngilochar ilmiy fantastik asarlarni chop eta bo`lsa, AQShda yana bir mashhur 
jurnal ―Wizard tales‖ paydo bo`ldi. 
1930-yillarni ilmiy fantastikaning ―oltin davri‖ deb atashadi. Bunday 
nomga loyiq bo`lgan asarlar ―Astounding science fiction‖ jurnalida chop etila 
boshlandi. Bu jurnalning muharriri Kampbellning xizmatlari tufayli bu yo`nalish 
ilmiylikka asoslandi va adabiyotning g`oyaviyligiga, ilmiy bilimlarning 
ommaviyligiga asoslandi. 
Yevropada bu janr tug`ilgan bo`lsada, biroq bu davrda biroz oqsadi. Bir 
nechta fantastik asarlar paydo bo`lgan bo`lsada, bular kitobxonlar orasida katta 
shuhrat qozonmagan. Bu davrning jahonga mashhur mualliflari J.Roni – 
Fransiyada, G. Evers va E.Kisha – Germaniyada, K. Chapeka – 
Chexoslavakiyada ijod qilishgan. 
Rus adabiyotida ilmiy fantastika alohida o`rin egallagan. Sovet 
adabiyotida yozuvchilar amerikalik ilg`or yozuvchilarning uslublarini 
o`zlashtirishgan. Biroq, bu davrda rus fantastikasi matnlari AQShning 
ko`ngilochar mavzudagi asrlaridan farq qilib, keskin satirik yo`nalishda 
kommunistik idealogiyani ifodalagan. Rus adabiyotida ilmiy fantastikani farqi 
shundaki, ko`plab klassik yozuvchilar realistik yo`nalishda ijod qilishgan. Ular 
orasida A.Tolstoy, M.Shaginyan, I.Erenburg, V.Katayevlar bo`lgan. Bu 
yozuvchilar orasida Belyayev eng sermahsul ijod qilganlardan hisoblanadi.

Idealogik muhitning ustunligiga qaramasdan, rus adabiyotida ilmiy 
fantastika rivojlangan, biroq yozuvchilarning asosiy qismi tanqidga uchragan, 
ularning g`oyalari ta‘qib qilingan. 
Ilmiy fantastik asarlarni chop etuvchi jurnallarning muharrirlari 
sahifalarida paydo bo`layotgan istalgan bir asarning original fan g`oyalariga 
asoslangan 
bo`lishini 
nazorat 
qilishgan. 
Lekin 
bunga 
dogmatik 
yondashmaganlar. Amerikalik fantast va muharrirlar ―ilmiylik‖ degan so`zga 
1
Бритников А.Ф. Отечественная научно-фантастическая литература –M.: 1917-1971г.-Cтр.120. 
12


judayam keng ma`noda qarashgan. Shuning uchun ular chop etgan ba‘zi 
hikoyalarni hozirda ilmiy fantastika bilan bog`ligini ko`rmaymiz. Muharrirlar 
uchun asosiysi, tahririyatga keltirilayogan asarlar ilmiy fantastikaning asosiy 
qonun-qoidasiga to`g`ri kelishi ya‘ni fantastikaning boshqa yo`nalishlaridan farq 
qilib, mavjud olamga materialistik tushuntirilishlar berilsa, yetarli edi. 
Kampbellning fikricha, qandaydir ilohiy kuchlarning borligi haqidagi fikrlar 
avtomatik ravishda asarni ilmiy fantastikaning chegarasidan chiqarib tashlab, 
muallif uchun chop etilish imkoniyati eshiklarini yopgan. 
Bunday qarashlarning chegaralanganligiga qaramasdan, muharrirlar 
fantastik adabiyotning gullab yashnashiga xizmat qilishdi. Shu davrni ingliz 
adabiyotida ―oltin davr‖ deb atasak bo`ladi. ―Astounding science fiction‖ 
jurnalining muharrirlari P.Xaylayn, T.Starjon, A.E.Van Vogt, L.Del-Rey kabi 
mualliflarni ijod sahnasiga chiqishiga katta yordam bergan.Ko`plab mashhur 
yozuvchilar faoliyatlarini boshqa jurnallarda boshlashgan bo`lsada, Kampbell 
tomonidan nashriyotga jalb etilgan va nashrning ―yulduz‖lariga aylanishgan. 
Bular qatoriga A.Azimovva K.Saymanlarni misol qilsak bo`ladi. 
Amerika adabiyotida ilmiy fantastikaning ―oltin davri‖ davom etayotgan 
paytda Yevropada bu yo`nalish Ikkinchi Jahon urushi oqibatlari tufayli 
harakatsizlik holatiga tushgan edi.AQSh adabiyotining ta‘sirida Buyuk 
Britaniyada ham yozuvchilar o`z asarlarni yaratdilar.Bu yerda urushdan keying 
yillarda D.Uindem, A.Klark, D.Brannera, D.Kristofer singari yozuvchilar 
qiziqarli asarlar yaratdilar. 
Shuningdek, 1950-yillarda Fransiyada ham bir nechta ajoyib fantast 
yozuvchilar ijod qilishni boshlashdi. R.Barjavel, F.Karsak, J.Kleyn, P.Bul kabi 
yozuvchilar ijod qilishgan, lekin ularning faoliyatini amerikalik yozuvchilarning 
keng ko`lamdagi ijodi bilan solishtirib bo`lmaydi.

Shu o`rinda Polshalik fantast ijodkor Staninslav Lamaning ijodini aytib 
o`tish joizdir.U original ravishda judayam unumli ijod qilgan.Uning asarlarining 
ko`lami shu darajada kengki, uni aynan bir janrda ijod qilgan deb aytish qiyin. 
1
Sadoul J. Histoire de la science-fiction modern - P.:,1976. – P. 23-25. 
13


1960-yillarga kelib, rus adabiyotida aka uka Boris va Arkadiy 
Strugatskiylar milliy fantastikaning yetakchi ijodkorlariga aylanishdi. Garchand 
uning birinchi asarlari 50-yillarning oxirida chop etilgan bo`lsada, lekin ular 
orasida eng muhimlari keying o`n yillikda yaratilgan va nashr etilgan. Aka uka 
ijodkorlar tomonidan yaratilgan ―Asr yirtqichligi‖, ―Xudo bo`lish qiyin‖ kabi 
asarlarida murakkab axloqiy estetik va ijtimoiy masalalarni ko`tarib, real 
hayotdagi odamlarni fantastik holatlarda tasvirlashga harakat qilganlar. Aynan 
Strugatskiylarning asarlarida fantastikani ―ilmiy g`oyalarni targ`ib etuvchi 
vosita‖ deb qarashdan fantastikani adabiyotning bir muhim yo`nalishi degan 
fikrga kelishdi. Ular fantast yozuvchilar orasida birinchilardan bo`lib fantastik 
g`oyani aniq bir maqsad deb emas,his tuyg`ularni, xarakterlarni va 
qahramonlarni fikrlarni ifodalovchi usul deb qarashgan.

Buyuk Britaniyada ham bunday jarayonlar davom etgan.Adabiyotda bu 
harakat ―Yangi to`lqin‖ deb atalgan.Bu harakatning ilk mualliflari D.Ballrad, 
D.Banner Angliyada, S.Dilini, T.Disha, X.Ellison, N.Spinrad kabilar AQShda 
ijod qilishgan.―Yangi to`lqin‖ning yanada yorqin tarafdorlari ilmiy fantastika 
taraqqiyotida judayam radikal o`zgarishlarni kiritishdi.Hattoki ilar imiy 
fantastikani yangicha nomlashni taklif qilishdi. ―Yangi to`lqin‖ idealogiyasi faol 
ravishda adabiyotning turli yo`nalishlarida zamonaviy yutuqlarini va uning eng 
oxirgi va avangard yo`nalishlarni o`zlashtirishdi. Bu harakatning tarafdorlari 
yangi tajribalar o`tkazishga, ularni asarlarida ifodalashga juda moyil edilar. 
Garchand, bu oqimning ijodkorlarining uslubi judayam keskin ko`rinsada, 
―Yangi to`lqin‖ inqilobiy hodisa bo`lib qolaverdi. Mazkur oqim ko`plab katta 
avlod yozuvchilarini mobillashishga, raqiblarining usullarini o`zlashtirishga, 
g`oyalar xilma-xiligini boyitishga majbur qildi. 
―Yangi to`lqin‖dan so`ng ingliz adabiyotida qalam tebratuvchi har bir 
ijodkor o`z asarida ilmiy fantastik g`oyalarni ifodalar ekan, ijod namunasining 
uslubiga va adabiy tuzilishiga alohida e‘tibor berdi. Garchi ―Yangi to`lqin‖ 
shovqinli va inqilobiy harakat bo`lsada, 1970-yillarning boshida bu harakat 
o`zidan sezilarli darajada katta o`zgarishlarni qoldirdi. Shundan so`ng 
1
БритниковА.Ф. Русский советский научно-фантастический роман - Л.:1970. – Cтр. 210. 
14


adabiyotshunoslarning bu janrga nisbatan munosabatlari ham o`zgardi.Endilikda 
jahon adabiyotida yozuvchilar ilmiylik g`oyasini xuddi maqsad deb emas, balki 
adabiy usul sifatida ishlatishga harakat qilishdi.

1970-yillarda jahon adabiyotining barcha fantast yozuvchilari asalarida 
matnlarining adabiyligiga e‘tibor qaratishdi. ―Yangi to`lqin‖ning bunday yangi 
yondashuvlari endilikda bu oqimga mansub bo`lmagan yozuvchilari ham o`z 
asarlarida ishlata boshlashdi. Fantastlar eng zo`r narsalarni sintez qilishga 
intilishdi.―Oltin davr‖da erishilgan yutuqlarni o`zlashtirishga kirishishdi. Misol 
uchun, F.Pola Vrataning romani 1978-yilda bir vaqtning o`zida fanatastika 
sohasida uchta yirik adabiy mukofotni qo`lga kiritgan bo`lib, uning asarlari 
original ilmiy g`oyalarga asoslangan hisoblanadi. Bu romanda kosmik kemalar 
haqida, o`zga sayyoralardan keladigan xabarlar haqida tasvirlanadi.Asosiy 
qahramon obrazi ―Oltin davr‖da yaratilgan asarlardagi ijobiy personajlardan 
tubdan farq qiladi. Bu davrga kelib ilmiy fantastikada feministik yondashuvlar 
paydo bo`ldi.

1980-yillarning boshlariga kelib, ilmiy fantastikada gumanitar g`oyalar 
shakllana boshlandi.Va bu ―Yangi to`lqin‖ harakatiga nisbatan yanada keng 
tarmoqli, xilma-xil yo`nalishga aylandi.Endilikda yozuvchilar o`z ishlarida 
insoniyatning ruhiy olamiga e'tibor bera boshlashdi, uning ichki olamidagi 
o`zgarishlarni tasvirlashga intilishdi. Bu yozuvchilar bir fikrda qat‘iy turdilar: 
―Atrof muhitdagi istalgan transformatsiyalarga qaramasdan, insondagi yaxshi 
sifatlar o`zgarmaydi‖. Judayam optimist ruhdagi gumanitar ilmiy fantastika 
yo`nalishi mustahkam harakatga aylanmadi, unga bo`lgan qiziqish tezda so`ndi. 
So`nggi yillarda jahon adabiyotida yangi oqimlar va yo`nalishlar kirib 
kelmoqda. Xususan ilmiy fantastikada ―Kiber Pank‖ oqimi kirib keldi. Bu 
harakat katta ta‘sirga ega bo`lib, informatsion inqilobga aylandi. Bu 
yo`nalishdagi 
yozuvchilar 
kont 
madaniyatga, andegroundga 
e‘tibor 
berishdi.Individualistik 
g`oyalar va 
adabiy tajribalar o`tkazish 
ommalashdi.―Yangi to`lqin‖ning bunday elementlarini ―Kiber pank‖ oqimi 
tarafdorlari hamdavom ettirishdi. Aholining katta qismi virtual olam bilan 
1
Ляпунов Б.В. В мире фантастики:обзор научно-фантастической литературы.- М.:, 1975. - Стр. 67. 
2
Гаков Вл. Виток спирали:Зарубежная научная фантастика 60-70-х годов И.: Москва 1980. - Стр. 45-47. 
15


mashg`ul bo`lganligi uchun ular asarlarida kompyuterlashgan jamiyatni 
tasvirlashadi. ―Kiber pank‖ning mashhur namoyondalari V.Gibson, B.Sterling, 
R.Ryukerlar hisoblanadi.

G`arb adabiyotida 90-yillarning oxirida va XXI asrning boshlarida 
yaratilgan ilmiy fantastik asarlarda eski uslublar, shakllar va erishilgan 
yutuqlardan foydalanilayotganini ko`rishimiz mumkin. Zamonaviy jahon 
adabiyotida ancha vaqt oldin qilingan adabiy ―kashfiyotlar‖ modernizatsiya 
qilinmoqda, 20-yillarda ommalashgan uslublar qo`llanilmoqda.Misol uchun 
adabiyotga yangi kirib kelgan ―kosmik opera‖ oqimi ilmiy fantastikada 
renessans davriga aylandi. Bu mavzu XX asr boshlarida paydo bo`lgan bo`lib, 
―Kosmosga sayohat‖ va ―Planetalar urushi‖ kabi adabiy g`oyalarni qamrab 
olgan. ―Kosmik opera‖ning yangicha varianti hattoki muhim va biroz hazilomuz 
nomlandi – ―barokko uslubidagi kosmoopera‖. ―Kosmik opera‖ni yangilash 
uchun personajlar ustida qayta ishlandi. Mualliflarning asosiy e‘tibori 
tushuntirish va detallarga, asardagi chalkash jumboqlar va tez te uchraydigan 
bema‘ni kosmik g`oyalarga qaratildi. Biroq shunisi ma‘lum bo`ldiki, keyinchalik 
―kosmik opera‖ taraqqiy etmadi, bu yo`nalish hamjahon adabiyoti ilmiy 
fantastikasida katta burilish yasay olmadi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə