I bob. Jahon adabiyotida ilmiy fantastika


 O`zbek adabiyotida ilmiy fantastika janri va uning namoyondalari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix21.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#118396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI

1.3. O`zbek adabiyotida ilmiy fantastika janri va uning namoyondalari. 
Adabiyot– bu keng ummon. Ummon tubidagi gavharlar turfa bo`lib, 
o‘zidan turlicha jilo taratadi. Ummon tubidagi gavharu marvaridlar qanchalik 
xilma xil bo`lsa, adabiyot ummonidagi janrlar ham durlar singari turfa. Quyida 
biz o`zbek adabiyoti uchun yangilik bo`lgan janr – fantastika haqida so`z 
yuritmoqchimiz. Fantastika atamasi yunoncha ―pxatastika‖ so`zidan olingan 
bo`lib, taxayyul san‘ati degan ma`noni anglatadi. Haqiqatda, real hayotda 
mavjud bo`lmagan faqat xayolot kuchi bilan yaratilgan narsa hodisalar tasviri 
fantastika deya nomlanadi. Garchand bu janr xayolot olaminig mahsuli bo`lsada, 
bunda real voqelikning izlari sezilib turadi.Chunki xayolot olami ham shu 
voqelikdan quvvat olib, parvoz qiladi. 
O`zbekiston Qahramoni Ozod Sharafidinov Hojiakbar Shayxovni o`zbek 
adabiyotida 
ilmiy 
fantastika 
janrining 
qaldirg‘ochlaridan 
deb 
ataydi.Shubhasizki, bu satrga duch kelgan o`quvchida savol uyg‘onishi 
tabiiy.O`zbek adabiyotda H. Shayxovdan oldin fantastika bo`lmaganmi? Yo`q, 
bo`lgan. Fantastikani Xayolot deb ataydigan bo`lsak, xayolot inson 
tafakkurining bir umrlik hamrohidir. Xayolot ijod bilan tug‘iladi, ya‘ni 
fantastika bilan birga taraqqiy etadi. Ming yillar oldin yashagan 
ajdodlarimizning g`or devorlarida chizgan tasvirlari ham xayolot mahsuli, yoki 
xalq og;zaki ijodi namunalaridan o`rin olgan dostonlarimiz ham xayolot 
mahsulidir. Demak, fantastika ijod bilan uzviy bog‘liq bo`lib, u bilan birga 
qadam tashlaydi. Jahon adabiyotining durdonalari sanalgan hind eposlari 
―Mahabxarata‖, ―Ramayana‖, ―Kalila va Dimna‖ ni, yoki arab ertaklari ―Ming 
1
Сиротин А. Фантазии о прогрессе. – И.: Москва, 2013 г. – Cтр.62. 
26


bir kecha‖ va ko`plab afsona va rivoyatlarni misol qilib keltirish mumkin. 
Yoxud yozma adabiyotda Firdavsiyning ―Shohnoma‖sida fantastika kuchidan 
foydalanilgan bo`lsa, Navoiy dostonlarida ham buy o`nalishdan keng 
foydalanilgan. Xulosa qiladigan bo`lsak, adabiyot xayolotsiz mavjud bo`la 
olmaydi. Fantastik asarlar esa aynan shu boy xayolot olamining 
mevasidir.Shunday ekan nega XX asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan bir 
yozuvchini o`zbek ilmiy fantastikasining qaldirg‘ochi deb ataymiz?Buning 
asosiy sababi shundaki, avvalari fantastika adabiyotning bir unsuri, tarkibiy 
qismi sifatida mavjud bo`lgan. Hozirda esa, bu yo`nalish adabiyotning har 
tomonlama mukammal, mustaqil bir qismi hisoblanadi, u o`z mavzular doirasi, 
tasvir vositalariga, usullariga ega bo`lgan alohida janr sifatida shakllandi. 
Chunki shu davrga kelib ilm fan taraqqiy etdi va uning jamiyat hayotidagi o`rni 
ortdi. Ilmiy Kashfiyotlar insoniyat hayotini tubdan o`zgartirib yubordi. Cheksiz 
qulayliklar, ilm fan yangiliklari yaratildi.Bu ixtirolar yengilliklar bilan birga 
jamiyat hayotiga xavf xatarlar ham olib keldi.Odamlar faqat bugungi kunga 
emas, kelajakka nazar tashlashni, kelgusida ro`y berajak voqelarni bilishga
o`rganishga qiziqdilar. Bunday kuchli qiziqish fantastik adabiyotning gullab 
yashnashiga xizmat qildi. XX asrning o`rtalarida jahon adabiyotida bu janr 
rivojangan bo`lsa, o`zbek adabiyotida biroz kech bo`lsada 60-yillarning oxirida 
kirib keldi. Endilikda fantastika adabiyotimizda o`z xususiyatlariga ega bo`lgan, 
mustaqil janr sifatida shakllandi. Agar biz bu boshlang`ich davrni fantastikaning 
bahori deb ataydigan bo`lsak, Hojiakbar Shayxov bu yo`nalishning qaldirg`ochi 
sanaladi.

O`zbek adabiyotida ilmiy fantastika yo`nalishi XX asrda rivojlangan. 
Yangi o`zbek adabiyotida fantastika unsurlaridan keng foydalanish ilk bor 
Abdurauf 
Fitratning ―Qiyomat‖, ―Abulfayzxon‖, Abdulla Qahhorning 
―Qabrdan tovush‖, X.Do`stmuhammadning ―Jajman‖ kabi asarlarida kuzatiladi. 
Shuningdek o`zbek adabiyotida sarguzasht fantastik adabiyotni rivojlantirishda 
Xudoyberdi To`xtaboyev, Tohir Malik kabi adiblarning xizmatlari katta bo`ldi. 
1
Shayxov H. ―Tutash olamlar‖ So`z boshi: O. Sharafiddinov, - T.: ―Sharq‖, 2001. – B.3. 
27


Hojiakbar Shayxov o`zbek ilmiy badiiy fantastikasining asoschilaridan 
hisoblansada, lekin bu yo`nalishda yana bir nechta yozuvchilar ijod qilishgan.

Hozirda zamonaviy o`zbek adabiyotida ijod qilayotgan ilmiy fantast 
yozuvchilarning yaratgan asarlariga bo`lgan talab avvalgi yillarga qaraganda 
ancha yuqori. Shu yillarda yozuvchilarimizning asarlari nafaqat O`zbekistonda, 
balki xorijiy davlatlarda ham katta nusxalarda chop etilmoqda. Hozirda jahon 
adabiyotiga nazar tashlaydigan bo`lsak, ilmiy fantastika yo`nalishi juda taraqqiy 
etgan va kundan kunga gullab yashnayotgan janrlardan biri hisoblanadi. O`zbek 
adiblarimizning ham mazkur yo`nalishdagi asarlari kitobxonlar tomonidan katta 
qiziqish bilan o`qilmoqda va mukammal tarzda rustiliga tarjima qilinmoqda. 
Ilmiy fantastika janrida ijod qolayotgan yozuvchilarimizdan Abduqayum 
Yo`ldoshev, Mavlyuda Ibragimova kabilarining asarlari Rossiyaning ―Sharq 
Yulduzi‖ (Zvezda Vostoka) jurnallarida chop etilmoqda. 
Xususan, Abduqayum Yo`ldoshev tomonidan yaratilgan ―Puankare‖ 
nomli asarini ilmiy fantastik asarlar qatoriga bemalol kiritish mumkin. Uning 
hayoti va ijodi haqida to`xtaladigan bo`lsak, Abduqayum Yo`ldoshev 1962-yilda 
Samarqand viloyatining Qo`shrabot tumanida tug`ilgan. O`rtamaktabni Sirdaryo 
viloyatining Oqoltin tumanida bitirgan. Toshkent Politexnika institutida o`qigan. 
―Sirli olam‖, ―Yoshlik‖ jurnallari, ―Hurriyat‖, ―Mohiyat‖, ―XXI asr‖ 
gazetalarida ishlagan. Ayni paytda ―Adolat‖ gazetasida xizmat qiladi.1993-
yildan O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi. 
Abduqayum Yo`ldoshev ―Timsohning ko`z yoshlari‖, ―Parvoz‖, ―Bir tun 
va bir umr‖, ―Alvido go`zallik‖, ―Bankir‖, ―Katta o`yin‖ singari nasriy 
kitoblarni chop etgan. ―Kichkina odamlar‖, ―Uqubat‖, ―Qadamlar‖ badiiy 
filmlarining, ―Hayot jilg`alari‖, ―Sinov‖, ―Odamlar orasida‖ seriallarining 
ssenariy muallifi hisoblanadi. Uning mashxur ―Puankare‖ hikoyasi asosida 
O`zbek Davlat Drama teatrida ―Hayot formulasi‖ nomli spektakl 
sahnalashtirilgan.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə