I bob. Jahon adabiyotida ilmiy fantastika


Hojiakbar Shayxovning o`zbek adabiyoti ilmiy fantastikasi rivojiga



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix21.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#118396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI

2.2. Hojiakbar Shayxovning o`zbek adabiyoti ilmiy fantastikasi rivojiga 
qo`shgan hissasi. 
XX asrning o`rtalarida jahon adabiyotida bu janr rivojangan bo`lsa, o`zbek 
adabiyotida biroz kech bo`lsada 60-yillarning oxirida kirib keldi. Endilikda 
fantastika adabiyotimizda o`z xususiyatlariga ega bo`lgan, mustaqil janr sifatida 
shakllandi. Agar biz bu boshlang`ich davrni fantastikaning bahori deb ataydigan 
bo`lsak, Hojiakbar Shayxov bu yo`nalishning qaldirg`ochi sanaladi.

Hojiakbar Shayxov 1945-yilning 25-martida tug‘ilgan. O`rta maktabni 
tugatgach, 1964-67 yillarda Toshkent Politexnika Oliygohida tahsil olgan. 
Birinchi bo`lib elektr tarmoq idoralarida, O`zbekiston Fanalar Akademiyasining 
elektronika institutida faoliyat yuritgan. Keyinchalik ―Yosh Gvardiya ‖ 
nashriyotida bo`lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Shu yerdagi faoliyati 
davomida uning ilk ―7-SER‖ deb nomlangan kitobi nashr etildi. Bu kitobning 
nomi nechukdir badiiy asar nomiga o`xshamas, mexanika yoxud fizikaga 
mansub kitobning nomiga o`xshab ketardi. Biroq uning o`ta ―ilmiy‖ nomidan 
cho`chimay, qo`lga olib varaqlaganlar kitobdan hikoyalar o`rin olganini ko`rib 
hayron bo`lishdi. Hikoyalarni o`qiganlar esa ularning o`zbek adabiyotida 
butunlay yangi hodisa ekaniga, ilm muammolari haqida badiiy shaklda 
mulohaza yurituvchi, ularni badiiy vositalar orqali gavdalantirishga urinuvchi 
asarlar ekaniga ishonch hosil qilishdi. Oradan ko`p o`tmay, adibning ―Ajib 
yulduzlar‖ degan yangi kitobi chop etildi. Bu kitob ham fantastik hikoyalar va 
ilmiy badiiy ocherklardan tarkib topgan bo`lib, yosh adibning ilmiy fantastikaga 
qiziqishi o`tkinchi havas emas, balki butun umrga ketadigan astoydil mayl 
ekanidan guvohlik beradi. Shuningdek, kitobga kirgan asarlar Hojiakbar 

Mirvaliyev S. O`zbek adiblari. –T.: ―Fan‖. 1993. –B. 144-145. 
38


Shayxovning qalami asardan asarga o`tkirlashib borayotganini, yozuvchi o`z 
ustida astoydil ishlab, jahon fantastikasining ijodiy tajribalarini o`zlashtirib 
borayotganini ko`rsatardi. Shundan keyin Hojiakbarning o`z kitobxonlari paydo 
bo`la boshladi. Ular adib asarlarini qidirib topib o`qish bilan birga, uning 
shaxsiyatiga, qanday hayot yo`lini bosib o`tganiga, e‘tiqodlariga, ijodiy 
niyatlariga ham qiziqa boshlashdi. Shunda ma‘lum bo`ldiki, Hojiakbar hali yosh 
bo`lsada, hayotda ancha muncha jiddiy sinovlarga ro`para kelgan, turli-tuman 
qiyinchiliklarni ko`rib pishgan, hayot qozonida ozmi ko`pmi qaynab, tajriba 
orttirgan inson ekan.

Yozuvchining ota bobolari asli toshkentlik, lekin taqdir ularni ona 
yurtidan olislarga ketishga majbur qildi. Ular bolsheviklarning ―quloqlarni sinf 
sifatida tugatish‖ siyosatidan qochib, Sharqiy Turkistonga ketishadi.Shu 
sababdan Hojiakbar Shayxov 1945-yilda Xitoy Xalq Respublikasiga qarashli 
Shinjon o`lkasida Chuguchak shahrida tug`iladi.Hojiakbar o`n yoshga 
kirganidagina zamonlar o`zgarib, ularning vatanga qaytishiga yo`l ochiladi. 
Hojiakbar Toshkentda maktabni tugatadi va Aby Rayxon Beruniy nomidagi 
Toshkent Politexnika institutining energetika fakultetiga o`qishga kiradi. 1971-
yilda uni muvaffaqiyat bilan bitirgach, har xil tashkilotlarda muhandis bo`lib 
ishlaydi, O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Elektronika institutida xizmat 
qiladi. Bu paytlarga kelib, Hojiakbar 5-6ta kitob chiqarib, iste‘dodli yozuvchi 
sifatida tanilib qolgan edi.Shuning uchun u muhandislikni qo`yib, ijodga yaqin 
sohalarda ishlay boshlaydi. Shuningdek, u bir necha yillar mobaynida ―Yosh 
Gvardiya‖ nashriyotida bo`lim mudiri bo`lib ishlaydi, keyin Yozuvchilar 
uyushmasi birinchi kotibining ijodiy ishlar bo`yicha muovini bo`ladi. Bu vaqt 
mobaynida Hojiakbar ikki marta Butunittifoq yosh yozuvchilar kengashida 
ishtirok etadi. Bu faktni ta‘kidlayotganinmizning boisi bor, albatta, - kengashga 
quruq qo`l bilan borilmaydi, har gal unga yangi asar olib boorish kerak. Bu 
asarlar juda talabchanlik bilan muhokama qilinadi va ko`pchilikka ma‘qul 
bo`lsa, yosh yozuvchi uchun katta istiqbol yo`li ochiladi. Hojiakbar uchun ham 
shunday bo`lgan – uning asarlari tez tez markaziy matbuotda ko`rina boshladi, 
1
www.ziyonet.uz 
39


har xil nufuzli to`plamlarda, almanaxlarda, majmualarda bosila boshladi. 
Shunday qilib, Hojiakbar fantast yozuvchilar armiyasining oldingi saflaridan 
o`rin ola boshladi. Uning ―Ajib yulduzlar‖, ―Yettinchi operatrsiya‖, ―Rene 
jumbog`i‖, ―G`aroyib ko`lanka‖, ―Ajdodlar xotirasi‖, ―Olmos jilosi‖, ―Telba 
dunyo‖ degan asarlari fantastik adabiyot sohasida sezilarli hodisa bo`ldi. Uning 
ayrim hikoyalari, qissalari Rossiya, Fransiya, Chexoslavakiya, Bulg`oriya, 
Germaniya, Ispaniya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda turli to`plamlarda 
nashr etilgan.Bu dalolatlar hamma o`zbek adabiyot ixlosmandlarini quvontirmay 
qolmaydi, albatta, chunki har bir yozuvchining asari vatanimiz sarhadlaridan 
tashqarida shuhrat topar ekan, bu o`zbek xalqining dong`ini olamga yoyishga 
xizmat qiladi, ayni chog`da u turli madaniyatlarning yaqinlashishiga, xalqlarning 
o`zaro hamkorligiga yo`l ochadi. 
Muallif keyinchalik O`zbekiston Yozuvchilar Uyushmasida birinchi 
kotibning o`rinbosari, ―Sirli olam‖ oynomasi va uning ilovasi bo`lmish ―Qalb 
ko`zi‖ ro`znomasida muharrir lavozimlarida ishlagan. Adibning o`ttizdan ziyod 
ilmiy fantastik hikoyalari, qissalari va romanlari bizga ulkan ijodiy meros bo`lib 
qoldi. Muallifning asarlari bir necha to`plam holida nashr etildi.Xususan, 
―Tutash olamlar‖ va ―Ikki jahon ovorasi‖ kabi romanlari chop etildi. Asarlar 
yaratgani sayin uning qalami o`tkirlashib borardi, jahon fantastikasi tajribalarini 
keng o`rgandi, o`z ustida astoydil ishlab, o`z kitobxonlariga ega bo`ldi.

H.Shayxovning ―Tutash olamlar‖ va ―Ikki jahon ovorasi‖ asarlari o`zbek 
adabiyotida yaratilgan ilk mistik romanlar hisoblanadi. Bu romanlarda ruh, ong, 
bizni qurshab turgan olam va ruhiyatimiz bilan chambarchas bog‘liq olamlar 
haqida falsafiy fikrlar, qarashlarni, hayot tajribalarini qiziqarli voqealar rivoji 
bilan birgalikda aks ettirgan.

Shayxovning mazkur romani o`zbek adabiyotidagi boshqa romanlardan 
farqi shundaki, unda real hayotimizda mavjud bo`lmagan g‘aroyib voqealar, ruh 
bilan bog‘liq hodisalar yoritiladi. Biz o`z ko`zimiz bilan ko`ra olmaydigan 
olamlarni qalb ko`zi bilan ko`ra olish mumkinligini aynan shu roman orqali 
anglaymiz. Biz bu olamlarga shubha ko`zi bilan qaraymiz, materialistik 
1
O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi, T.: Toshkent. 1997. ―Sh‖ harfi –B. 14-15. 
2
www.khurshid-davron.uz 
40


tomondan yondashib, bunday fikrlarni faqat tasavvur mahsuli deya ataymiz. 
Biroq bu asarda qiziqarli hikoyalar hayotiy dalillar orqali keltirilib, o`zaro 
uzviy bog‘liqlikni ta‘minlagan. Asarda ruhiyat olami tasvirlangan bo`lib, asosiy 
qahramonlar aziz avliyolar G‘avsul A‘zam, hazrat Shayxon Tohir, Shayx Xoja 
Ahror, avliyo anbiyolardan Tilla Shayx obrazlari bilan bir qatorda, yovuz niyatli 
Iblis va uning malaylari kalamush qiyofasidagi Nuj, qora mushuk qiyofasidagi 
Yaos, ilon obrazidagi Nut singari ins jinslar, maxluqotlar hisoblanadi. Ular bilan 
bir qatorda halol insonlar va iymonsiz o`g‘rilar, kazzob kimsalar obrazlari orqali 
olamning ikkita qarama qarshi kuchlari ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi azaliy 
kurash tasvirlanadi. Bu asarni o`qigan kitobxon avvaliga buni oddiygina 
fantastikada deb o`ylashi mumkin biroq, asar insonni mushohadaga chorlaydi. 
Biz butun umrimizni moddiy dunyoda yashab, bizga tutash bo`lgan olamlar – 
boqiy dunyoni, ruhiyat dunyosi borligini unutamiz. Aslida bu asar bizni bir zum 
mushohada qilishga chorlaydi, bizga berilgan hayot deb atalmish ne‘matning 
naqadar qadrli ekanligini anglay boshlaymiz,bu asar bizni vijdonli, iymonli, 
halol inson bo`lishga undaydi. Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham yuqori bo`lib, 
oiladagi mehr oqibat, ota onaga, kattalarga hurmat kabi milliy go`zal 
qadriyatlarimiz juda go`zal tasvirlangan.

Shayvovning shu turkumga kiruvchi ikkinchi romani – ―Ikki jahon ovorasi‖ 
birinchi romandagi voqealarni davom ettirgan holda, hozirgi kunimining dolzarb 
muammolari, umuminsoniy, ruhiy ma‘naviy masalalariga bag‘ishlangan. Bu 
romanda bosh qahramonlar Nazira va Nafisalarning tanasidan aziz avliyolar 
foydalana boshlaydilar. Romanda shuningdek, Vatan uchun, uning ozodligi 
uchun mardonavor kurashuvchi Saidmansur aka, sobiq jangchi Raxmatillo va 
olim Asadbek bilan bir qatorda soxta siyosiy partiya tuzib, g‘arazli niyatlarni, 
yovuz kirdikorlarini amalga oshirmoqchi bo`lgan jinoyatchilar obrazlari mavjud. 
Inson ko`plab gunohlarni qilib, razolat botqog‘iga botishi va o`z oyog‘iga o`zi 
bolta urayotganidan bexabar qolayotganligi tasvirlanadi. Adabiyotning mangu 
mavzusi sanalgan ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat o`rtasidagi kurashni 
badiiy vositalar yordamida mohirona tadqiq etar ekan, bu hayotda hech narsa – 
1
H.Shayxov ―Tutash olamlar‖. T.: ―Sharq‖. 2001. –B . 7-8. 
41


yaxshilik ham yomonlik ham izsiz qolmasligini, insonnig har qanday 
qilmishijazosiz qolmasligini ta‘kidlaydi. Jaholatning, ma`naviy qashshoqlikning 
jamikiko`rinishlari qoralanadi. Asarda voqelar juda xilma xil tasvirlangan 
bo`lib, real hayot va fantastikaning uyg‘unlashuvini ko`rishimiz mumkin. 
Muallif romanda mistika, detektiv janrlarining unsurlaridan, ba‘zi 
xususiyatlaridan foydalanganligi asarning hayotiyligini ta‘minlab, kitobxonni 
qiziqtiradi. 
Mashhur publitsist Ozod Sharafiddinov mazkur romanning so`z boshisida 
quyidagi fikrlarni keltirganlar: ―Foniy va boqiy duny, Koinot, Galaktika va 
inson hayoti shu darajada tutashib-chirmashib ketganki, bu bizda osmon qadar 
hayrat tuyg‘usini uyg‘otadi, xolos. Hayotimizda kechadigan har bir yaxshi 
yomon hodisa zamirida biz hali tagiga yetmagan qandaydir ilohiy qonuniyatlar 
mavjud.Bu qonuniyatlarni bilish uchun biz ana shu tutash olamlar, tutash 
taqdirlar bilan bog‘liq sir sinoatlarni anglab yetmog‘imiz kerak. Bunga esa 
o`ylashimcha, odamlar o`zaro mehr-oqibat, ezgulik, yuksak ma`naviyat va 
ma‘rifat orqaligina erishishlari mumkin. 
Hojiakbar Shayxovning ushbu kitobiga kirgan romanlarida ana shu 
murakkab ijtimoiy-falsafiy masalalar xususida teran pardalarda fikr mulohaza 
yuritiladiki, ular ohanraboday o`quvchi qalbini rom etadi, ana shular haqida 
o`ylashga majbur qiladi. Haqiqatdanam, bu dunyo – sirli dunyo! 
Hojiakbar o`zbek adabiyoti ummonida kech paydo bo`lganiga qaramay, u 
darg‘alik qilgan kema bu ummonda juda dadil suzdi. O`z muxlislariga ega 
bo`ldi. Uni bemalol fantastik janrning o`zbek adabiyotidagi yetakchisi deb atay 
olamiz.‖ 
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, adibimiz nafaqat ilmiy fantastikaning, 
balki o`zbek adabiyotining rivojiga ham munosib hissa qo`shdi. Uning ijodiy 
merosi har tomonlama o`rganishga va tadqiq etishga loyiqdir. Uning asarlarining 
tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo`lib, kitobxonni chuqur mulohazaga boshlaydi. 
Insonni o`zini o`zi anglashga, hayotda to`g`ri yo`ldan borishga, vijdonli, 
e‘tiqodli bo`lishga undaydi, insonlar mehr oqibat va bag‘rikenglikni 
42


shakllantiradi. Shuningdek, adibning ijodiy merosi yoshlarni dunyoqarashini 
o`stirish, ezgu adriyatlar ruhida tabiyalashga xizmat qiladi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə