I bob. Jahon adabiyotida ilmiy fantastika



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix21.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#118396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI

 
 
 
 


II BOB INGLIZ VA O`ZBEK ADABIYOTIDA ILMIY FANTASTIKA 
JANRINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. 
2.1. Ayzek Azimov – ingliz adabiyotida ilmiy fantastika janrining yirik 
vakili. 
Ilm-fanni ommalashtirish, ilmni olimlardan tashqarida, oddiy xalq orasida 
ham keng yoyishga intilish masalasi juda dolzarbdir. Chunki jamiyat hayotining 
ajralmas va eng ustivor qismi bo‗lgan ilm-fan sohasiga taaluqli ma‘lumotlar, 
ham qiziqarli hamda kundalik turmushda asqotadigan foydali ahamiyatga ega 
bo‗ladi. Ayniqsa ommobop-ma‘rifiy ilmiy asarlar vositasida, yosh avlodni ilmiy 
sohalarga qiziqtirish, iste‘dodli yoshlarni tegishli ilm yo‗nalishlariga jalb etish 
borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bunday muddaoga amalda 
erishmoq uchun esa, ilmiy masalalar mohiyatini ommaga tushunarli va qiziq 
1
www.slovo.nx.uz 
30


tilda bayon qiluvchi malakali yozuvchilar maydonga chiqishadi. Bunday 
yozuvchilarni jahon va yurtimiz adabiyotidan juda ko‗plab misollar orqali 
keltirishimiz mumkin. Ilmiy-ommabop va fantastik asarlar yozuvchilari orasida 
eng mashhuri va ta‘bir joiz bo‗lsa, janr Shekspiri – atoqli amerika yozuvchisi, 
biokimyogar mutaxassis, fan doktori – Ayzek Azimov sanaladi. 
XX asr ilmiy-ommabop va ilmiy-fantastik adabiyotining yorqin 
namoyondasi, amerika yozuvchisi Ayzek Azimov 1920 yil 2-yanvar sanasida 
Rossiyaning Mogilyov guberniyasi (hozirda Smolensk viloyati), Petrovichi 
shahrida, tegirmonchi oilasida tug‗ilgan. Unga ona tomondan bobosining 
xotirasi uchun, bobosining ismini qo‗yishgan ekan.

1923 yilda Azimovlar oilasi AQSHga muhojirlikka ketishadi.U o‗zi haqida 
xazil aralash «ota-onam meni chamadonda olib kelishgan» der edi. Ular 
Bruklinda joylashib, qandolatchilik do‗koni ochishadi. 
Ayzek Azimov 5 yoshida Bredford-Stayvesant maktabiga o‗qishga 
boradi.1935-yili 15-yoshli Azimov maktabni tamomlab, Set-Lou kollejiga 
o‗qishga kiradi.Lekin u o‗qishga kirganidan keyingi bir yil ichida mazkur kollej 
butunlay yopiladi va u o‗qishni boshqa ta‘lim muassasida - Kolumbiya 
universitetining Nyu-Yorkdagi kimyo fakultetida davom ettirishga qaror 
qiladi.1939 yilda u mazkur universitetning kimyo fakulteti bakalvr diplomini, 
1941 yilda esa magistr diplomini qo‗lga kiritgan. Kimyo bo‗yicha ilmiy ishlarni 
davom ettirish uchun aspiranturaga kirgan Ayzek Azimovni, 1942 yilda 
Filadelfiyadagi harbiy kemasozlik korxonasiga kimyogar mutaxassisligi 
bo‗yicha ishga jalb qilinadi. 1945 yilda esa uni AQSH armiyasiga harbiy 
xizmatga chaqirishdi. 1946 yilning iyuligacha armiya safida bo‗lgan Azimov, 
shu yili xizmatni o‗tab Nyu-Yorkka qaytadi va aspiranturani davom ettiradi. 
1948 yilda u aspiranturani muvaffaqiyat bilan yakunlab, biokimyo doktori (PhD) 
darajasiga erishgan. 1979 yilda Ayzek Azimov Kolumbiya universiteti 
professori maqomigacha ko‗tarilgan.


Goldman, Stephen H., "Isaac Asimov", in Dictionary of Literary Biography, Vol. 8, P.: Cowart and Wymer 
eds, 1981.-P. 15–29. 
2
www.orbita.uz/ayzekazimov/ 
31


Ayzek Azimov ijod olamiga juda erta kirib kelgan. Uning ilk asari kichik bir 
shaharchada yashovchi bolakayning sarguzashtlari haqida bo‗lib, bu vaqtda 
atiga 11 yoshda bo‗lgan bo‗lajak yozuvchi, kitobning 8-bobgacha yozib, so‗ngra 
tashlab yuboradi. Lekin undagi voqealarni o‗z o‗rtog‗iga gapirib berganida
o‗rtog‗i bunga qattiq qiziqib qolib, davomini yozib berishini talab qila 
boshlaydi. Ayzek Azimov, keyinchalik ham, o‗sha daqiqa uning uchun o‗zida 
yozuvchilik iste‘dodi borligini anglashga turtki berganligini ko‗p eslagan. 
Azimovning matbuotda qilgan ilk chiqishi «Amazing Stories» oynomasining 
1939 yil yanvar sonida nashr etilgan «Vestaning changalida» nomli hikoyasi 
bo‗lgan edi. Yozuvchiga haqiqiy shuhrat keltirgan ijod mahsuli esa, «Tun 
kirishi» nomi ostida 1941 yil e‘lon qilingan fantastik hikoya bo‗lib, unda oltita 
yulduzga ega sayyoralar tizimida aylanuvchi va faqat har 2049 yildagaina tun 
og‗ushiga kiradigan sayyora haqida yozilgan edi. Ushbu hikoya okean ortida 
juda katta shov-shuvga sabab bo‗lib, turli antalogiyalarda 20 marotaba qayta-
qayta chop etilgan va ikki bora ekranlashtirilgan. Azimov mazkur hikoyasini, 
o‗zining ijodga kirib kelishidagi «muqaddima bo‗limi» sifatida baholagan 
edi.Umuman olganda Azyek Azimovning deyarli barcha ilk ishlari ilmiy-
fantastika janriga taalluqli bo‗lgan. Xususan u, o‗zga sayyoralardagi hayot, yoki, 
fikrlay oladigan robotlar haqida ko‗plab fantastik hikoyalar yozgan edi. 
Aytilganidek, uning fantastikasi ishonarsiz oldi-qochdi syujetlardan holi ekanligi 
bilan va zamona ilm-fanining real holatiga tayanib bayon qilinishi ajralib turar 
edi. 1939 yilda u o‗zining robotlarga bag‗ishlangan ilk hikoyalarini yoza 
boshlaydi. Chunonchi, «Robbi» (1939), «Yolg‗onchi» (1941) asarlari bilan, 
amalda robot-texnikasi va robotshunoslik sohalariga asos solgan. Uning mazkur 
asarlardan boshlab shakllantirib borgan fikrlari, robot texnikasi uchun o‗ziga xos 
qonuniyatlar sifatida yoyila boshlagan. Xususan, «Yolg‗onchi» hikoyasi, odam 
fikrini o‗qiy oladigan robot haqida bo‗lib, u zamonaviy yolg‗on detektorlari va 
sun‘iy intellekt sohalari paydo bo‗lmasidan ancha avval, ushbu sohalar 
taraqqiyotidan insoniyat uchun kutilayotgan naf va zarar haqida ma‘lumotlar 
bergan edi. 
32


Ayzek Azimovni o‗z mamlakati chegaralaridan ham tashqarida, butun 
dunyoda katta shuhrat qozonishiga sabab bo‗lgan asari ham aynan robotlar 
haqida bo‗lgan. «Men-Robot» deb nomlangan ushbu asar, undan avvalgi, 
boshqa yozuvchilar qalamiga mansub bo‗lgan robotlar haqidagi asarlardan 
tubdan tafovut qilib, asosan odamzotga qarshi kurashuvchi mexanik maxluqlar 
haqida hikoya qiluvchi boshqa mualliflardan farqli o‗laroq, Azimov robotlarni 
odamzotning yaqin yordamchilari, og‗irini yengil qiluvchi ko‗makchilari sifatida 
tasvirlaydi va robot-texnikasi bilan shug‗ullanuvchilarga ko‗plab amaliy 
g‗oyalar ulashadi. Azimov asarlaridagi robotlar, aytish mumkinki, ba‘zi 
o‗rinlarda o‗z xo‗jayilaridan ko‗ra insonparvar va odamiyroq bo‗lishadi. 
Barchamiz sevib tomosha qilgan «Ikki yuz yoshli odam» filmi ham, 
Azimovning shu nomli asari asosida suratga olingan.

Ilmiy-fantastika janrida anchayin barakali ijod qilgan Ayzek Azimov, 1958 
yildan boshlab asosiy e‘tiborini ilmiy-ommabop yo‗nalishga qaratadi. U o‗z 
professional sohasi bo‗lmish kimyoga oid «Uglerod dunyosi», «Azot dunyosi», 
«Kimyoning qisqacha rivojlanish tarixi» kabi ilmiy-ommabop asarlarni, 
shuningdek, astronomiya, dinshunoslik, tarix, geografiya, atamashunoslik, 
genetika, biologiya va shunga o‗xshash, xullas ilm-fanning juda turli tuman 
yo‗nalishlariga oid bir necha kitoblarni yozib nashr ettiradi. 
Azyek Azimov jami bo‗lib 500 dan ziyod turli nomdagi asarlarning 
muallifidir. U ilmiy-fantastika va ilmiy-ommabop adabiyotlar vositasida, 
zamonaviy dunyodagi insonparvarlik va bag‗rikenglik masalalariga urg‗u berib, 
odamlar, millatlar, xalqlar va mamlakatlar orasida adovatni yo‗qotish, o‗zaro 
ishonch va do‗stona aloqalarni yo‗lga qo‗yishga chorlaydi. Yozuvchi jumladan 
shunday degan edi: 
«Insoniyat tarixi shunday nuqtaga yetib keldiki, bundan buyog‗iga odamlarning 
o‗zaro adovat qilishlariga mutlaqo haqqi yo‗q. Yer yuzidagi barcha insonlar 
o‗zaro do‗stona yashashlari lozim. Men doimo o‗z asarlarimda shunga urg‗u 
berishga intilaman... Albatta, men barcha odamlarni bir-birlarini yaxshi 
1
Fiedler, Jean; Mele, Jim. Isaac Asimov. – P.: New York. 2006.- P. 57-59

33


ko‗rishga majburlash mumkin deb o‗ylamayman, lekin men odamlar orasidagi 
hasad va adovatning butunlay yo‗qolishini istar edim. Va men o‗ta jiddiy asos 
bilan shunday hisoblaymanki, shubhasiz ilmiy-fantastika bu – odamlarning 
o‗zaro birlashishi yo‗lida yordam beradigan muhim vositalardan biridir. Biz 
ilmiy-fantastik asarlarda ko‗tarib chiqadigan muammolar, aslida butun 
insoniyatning muammolaridir. Shu tarzda, fantast-yozuvchi, fantastika 
mutolaachisi va fantastikaning o‗zi ham insoniyatga xizmat qiladi.»

Ayzek Azimov Amerika va jahon ilmiy-fantastik va ilmiy-ommabop 
adabiyotiga qo‗shgan xissasi uchun ko‗plab mukofotlar va sovrinlar bilan 
taqdirlangan. Xususan u 6 bora «Xyugo» mukofotiga, 2 bora «Nebyull» 
mukofotiga va 3 bora «Lokus» jurnali mukofotiga sazovor bo‗lgan edi. Uning 
ko‗plab asarlari asosida mashhur kinofilmlar ishlangan. Yozuvchining asarlari 
jahonning o‗nlab tillariga tarjima qilingan va millonlab adadda qayta-qayta 
nashr etilgan. Jumladan, jahonga mashhur ushbu fantast-yozuvchining asarlari 
orasida o‗zbek tiliga tarjima qilinganlari ham bor. Uning «Koinot oqimlari» 
romani hamda, qator hikoyalari o‗zbek fantast yozuvchisi Ozod Mo‗min 
tomonidan o‗zbek tiliga o‗girilgan. Bundan tashqari, o‗znet tarmog‗ida Azimov 
ijodidan yana ko‗plab havaskor tarjimalarni uchratish mumkin.

Ajoyib fantast va imliy ommabop asarlar yozuvchisi Azyek Azimov 1992 yil 6-
fevralda Nyu Yorkda vafot etgan. Uning sharafiga 1981 yilda kashf etilgan 
kichik sayyora (asteroid)ga (5020)Asimov nomi berilgan. 
Quyida Ayzek Azimovning ilmiy farazlari berilgan bolib, ularning ko`pchiligi 
hozirda ilmiy tasdig`ini va isbotini topgan. Kelajak texnologiyalari 
qandaybo`lishi haqida o`zining tasavvurlarini yozgan va ularning deyarli 
barchasi olimlar tomonidan yaratilgan, hozirda har bir xonadonda bu 
texnologiyalarni ko`rishimiz mumkin. Qiziqarli ilmiy farazlari hozirgi kungacha 
o`zining ilmiy ahamiyatini yo`qotgan emas. 
1
Isaac Asimov: The Foundations of Science Fiction. –P.: 1982. –P.201. 
2
White, Michael (2005). Isaac Asimov: A Life of the Grand Master of Science Fiction. –P.: Carroll & Graf 
Publishers. –P .78-79. 
34


«…BUTUN DUNYO, HATTO ANTARKTIDAGA HAM QO‘NG‘IROQ 
QILISH MUMKIN…» 
«Elektronika odamlarni zerikarli ishlardan xalos etadi. Oshxonadagi maxsus 
qulayliklar ovqatni avtomatik tarzda tayyorlay oladi: qahva, qoqnon, quymoq 
yoki qovurilgan go‘shtni ham. Nonushta kechqurun buyurtma qilinadi va ertalab 
aytilgan vaqtda tayyor turadi». 
Aytilganidek bo‘ldi.To‘g‘ri, sobiq sho‘ro mamlakatlari aholisi iste‘molida 
qahva tayyorlovchi mashina, quymoq pishirgich, mikroto‘lqinli pech va boshqa 
elektron ro‘zg‘or anjomlari shaklidagi tamaddunmahsullari G‘arbdan ko‘ra 
kechroq paydo bo‘ldi.Ammo endilikda har bir mamlakatdagi hatto o‘rtamiyona 
ro‘zg‘or ham ulardan foydalana oladi. 
«Masofaviy muloqot nafaqat tovushda amalga oshiriladi, balki siz 
suhbatdoshingizni 
xuddi 
qarshingizda 
o‘tirganday 
ko‘ra 
olishingiz 
mumkin.Buning uchun aloqa uskunalari gaplashishdan tashqariko‘rish imkonini 
ham beradigan maxsus ekran bilan to‘ldiriladi.Shu bilan birga, yo‘ldosh aloqa 
sharofati bilan butun dunyo bo‘ylab, hatto Antarktidaga ham telefonda 
bog‘lanish imkoni tug‘iladi» 
Bu ham to‘ppa-to‘g‘ri. Bugun har bir maktab o‘quvchisi skayp, 
videokonferentsiya nimaligini yaxshi biladi.Bolalar hatto bu borada ota-
onalariga saboq berishayapti.Bobo-buvilarni-ku, gapirmasa hambo‘ladi. 
Mobil telefonlar haqida ham Azimov to‘g‘ri aytgan. «Robotlar hali 
takomilning yetarlicha yuksak bosqichiga yetmagan bo‘lsa-da, faol qo‘llana 
boshlaydi». 
Ha, endi teleyangiliklarning har bir sonida albatta jahon robot 
texnologiyasiga oid xabarlar tilga olinayapti. Robotlar amalda fan va 
texnikaning barcha sohalariga kirib bordi. Ehtimol, kun kelib, ―Terminator. 
Mashinalar isyoni» fil`mi stsenariysi haqiqatga aylansa, ajab emas…‖ 
2014 yilda moslamalar o‘zaro simsiz bog‘lanadi.Bunga erishish uchun 
qurilmalar uzoq muddatli radioizotop asosida yaratilgan quvvatlagichlar 
yordamida ishlaydi‖.Mobil aloqa uskunalari, noutbuk, ratsiyalar — bu ro‘yxatni 
istagancha davom ettirish mumkin — bugun ko‘plab ishlab chiqarilayotgan, 
35


o‘zaro simsiz bog‘lana oladigan o‘sha moslamalardir. Hali yana bundan 
yaxshiroqlari ham kashf etilishi tayin. 
«ROBOT-MIYAGA EGA AVTOMOBILLAR PAYDO BO‘LADI…» 
«Avtomobil yo‘llari 2014 yilda dunyoning ko‘plab rivojlangan hududlarida 
o‘zining taraqqiyot nuqtasiga erishadi. Odam va yuk tashish asosan havoda 
amalga oshiriladi. Bu faqat samolyotlar emas, yerda yuradigan transport 
vositalari ham taxminan yerdan bir metrcha yuqorida harakatlana oladi». 
Rivojlangan mamlakatlarda yo‘l qurilishining rivojlanishi havas qilgulik. 
Megapolislardagi avtobanlar ba‘zan shu qadar yuqoriga ko‘tariladiki, piyodalar 
avtomobillar oqimini kuzatishni istashsa, do‘ppilari tushib ketadi. 
«Robot-miyali avtomobillar paydo bo‘ladi va odamsiz istalgan yo‘nalishda 
harakatlana oladi». 
Odamning mutlaq ishtirokisiz harakatlanadigan avtomobil haligacha 
yo‘q.Balki biror joyda tajriba namunasi yaratilgandir, biroq bunday mashinalar 
hozircha iste‘molga chiqarilmagan. Shunday bo‘lsa-da, avtonavigator haqida 
hamma eshitgan. 
―Uch o‘lchamli tasvirni haqqoniylikka maksimal darajada yaqinlashtirgan 
holda uzata oladigan shaffof kub shaklidagi ekranlar paydo bo‘ladi‖. 
Azimov shaklda biroz yanglishadi — bizning ayfon-planshetga xos 
asrimizning texnika rivojida ekranlar yassi va tekis — xuddi daftar varag‘i kabi. 
3D-tasvir haqida esa aniq bashorat qilingan. 
―Yer sharidagi odamlar soni 6,5 milliardga yetadi. AQShda 350 million aholi 
yashaydi. Insoniyat tug‘ilish ko‘rsatkichini nazoratga olish ustida jiddiy bosh 
qotirishiga to‘g‘ri keladi. Jahonda bu savolga alohida e‘tibor bera boshlaydilar». 
Yer aholisi nemis fondi (DSW) ning ma‘lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning 1 
yanvarida sayyoramizda 7,2 milliard odam yashayapti. Bu hatto Azimov 
bashorat qilganidan ham ko‘p.AQSH bo‘yicha u deyarli adashmagan — hozir 
Amerikada 320 milliondan ziyod odam istiqomat qiladi. Tug‘ilish ko‘rsatkichi 
bo‘yicha nazorat ham to‘g‘ri aytilgan, masalan, Xitoyda bu borada yuritiladigan 
siyosatni hamma biladi. Bu mamlakatda bolalar tug‘ilishi allaqachon qonunan 
36


rejalashtiriladi. Bugungi kunda Osmonosti yurti aholisining soni 1,34 milliard 
kishiga yetgan. 
Shu bilan birga, zamonaviy dunyoda G‘arbda odatiy holga aylanayotgan «jinsiy 
inqilob»chilarning ozodligi va huquqlari ustida ham bosh qotirishayapti. Bu oila 
institutini parchalashga qaratilgan harakatdan boshqa narsa emas. 
Ha, Isaak Yudovich (fantastning asl ismi-sharifi) haq, rostdan ham bu 
savolga butun dunyoda «alohida e‘tibor» qaratishayapti… 
«INSONIYAT ZERIKISHDAN QATTIQ AZOB CHEKYAPTI…» 
«Modomiki, 2014 yilda odamzot turli mashinalarga tobe bo‘lar ekan, ta‘lim 
ham shu yo‘nalishga qaratilishi kerak. Shunday ekan, o‘rta ta‘lim maktablarida 
albatta ikkilik sanoq tizimi o‘rgatiladi, oliy o‘quv yurti talabalari esa albatta 
zamonaviy Fortran tizimiga o‘xshash komp`yuterlar tilini o‘rganadilar». O, ha, 
Fortran izidan Si, Prolog, ML va boshqa tizimlar yuzaga keldi… 
Ayzek Azimov yoshi to‘rtdan endi oshganidayoq o‘qishni o‘rgangan. Maktabda 
o‘qituvchilarini layoqati va noyob xotirasi bilan hayratga solardi. A‘lo 
o‘zlashtirishi maqtalar, biroq unga faqat bir e‘tiroz ham bor edi — u darslarda 
ko‘p gapirardi. 
Bugun dasturlashning minglab tillari mavjud.Ayni paytda komp`yuter alifbosini 
bilmasdan turib, hech nima qilib bo‘lmaydi, dasturchilik esa bugunning eng 
nufuzli kasblaridan biriga aylandi. 
«Odamzot zerikish va turli depressiyalardan qattiq azob cheka boshlaydi. Bu 
jiddiy aqliy, hissiy va ijtimoiy zo‘riqish natijasida kelib chiqadi. Oqibatda 
psixiatriya tibbiyotning eng muhim qismiga aylanadi». 
Ko‘rinib turibdiki, o‘sha olis 1960-yillarda ham Ayzek Azimovga shunga 
o‘xshash qandaydir holatlar ma‘lum bo‘lgan, aks holda bu qadar aniq bashoratni 
qanday izohlab bo‘ladi? Zamonaviy dunyo haqiqatan ham aqldan ozayapti-ku, 
bugungi kunda «stress» tez-tez qo‘llanadigan so‘zga aylandi. Psixiatriya — 
tibbiyotning eng muhim qismi. Ha, shunday. Faqat bir farqi: ayrim davlatlarda 
odamlar arzimagan muammo bilan ham o‘z psixoanalitigi yoniga yugursa, yana 
ayrim joylarda odamlar faqat sud qaroriga ta‘sir o‘tkazish uchungina ularga 
37


murojaat qilishadi, chunki aqliy nosog‘lik haqidagi hukm muqarrar jazodan 
qutqarib qolishi mumkin… 
Azimovning ushbu fikrlarida aytilgan kashfiyotlar bugun juda sodda, yana 
ba‘zilari kulgili ham ko`rinadi. Biroq yozuvchining karomatgo`yligiga 
shubhayo`q. uning aytgan farazlari hayotda o`z aksini topmoqda. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə