I bob syujetli mantiqiy masalalar (TO’plamlar orasidagi munosabatlarga keltiriladigan masalalar)


b) Xuddi shu masalani shaxmat donasi ferzilardan iborat  bo’lgan hol uchun ham yeching.  10.17. (15)



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/56
tarix11.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#147107
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Gorbachev(O\'zbekcha) (1)

b)
Xuddi shu masalani shaxmat donasi ferzilardan iborat 
bo’lgan hol uchun ham yeching. 
10.17. (15)
10x10 jadval berilgan. Har qadamda jadvalning istalgan ikki 
qo’shni katakchasini 1x2 o’lchamli domino bilan qoplashga ruxsat berilgan.
Yurish qila olmagan o’yinchi yutqazadi. Agar ikkala o’yinchi ham aqlli 
bo’lsa,o’yinda kim yutadi?
10.18. (15)
11x11 doskadaning har bir katakchasida bittadan shashka turibdi.
Har qadamda jadvaldan ikkita qo’shni katakchalarda turgan shashkalarni olib 
tashlashga ruxsat berilgan. Yurish qila olmagan o’yinchi yutqazadi. Agar ikkala 
o’yinchi ham aqlli bo’lsa,o’yinda kim yutadi?
10.19. (15)
Ferzi
𝒂𝟏
katakchada turibdi. Har qadamda uni istalgan sonda 
o’ngga va istalgan sonda tepaga surishga ruxsat berilgan. Ferzini h8 katakchaga 
yura olgan o’yinchi yutadi, agar ikkala o’yinchi ham aqlli bo’lsa, o’yinda kim 
yutadi.
10.20. (15)
Har birida 11 tadan toshlar bo’lgan 2 ta to’da bor. 
O’yinchilarga istagan bitta to’dadan istaganicha tosh olishga ruxsat berilgan. 
Oxirida kim tosh ololmasa o’sha o’yinchi yutqazadi.
10.21(10)
toshlari soni teng bo’lgan 3 ta to’da bor. O’yinchilarga istagan 
bitta to’dadan istaganicha tosh olishga ruxsat berilgan. Oxirgi toshni kim olsa 
o’sha o’yinchi yutqazadi.


10.22(10)
Birinchi to’dada 30 ta, ikkinchi to’dada esa 20 ta tosh bor. 
O’yinchilarga istagan bitta to’dadan istaganicha tosh olishga ruxsat berilgan.
Oxirgi toshni kim olsa o’sha o’yinchi yutqazadi. 
10.23 (15) 
(MO 68) Aylanaga 20 ta nuqta qo’yilgan. Har qadamda 
aylanadagi nuqtalarning istalgan ikkitasini tutashtirishga ruxsat berilgan, bunda 
tutashtiruvchi kesma avvalgi o’tkazilgan kesmalar bilan kesishmasligi kerak. 
Yurish qila olmagan o’yinchi yutqazadi. Agar ikkala o’yinchi ham aqlli bo’lsa,
o’yinda kim yutadi? 
10.24.
(15) Ikki o’yinchi navbatma-navbat moychechak gullarini uzishyapti. 
Ular har qadamda yoki bitta yoki ikkita gulni uzishlari mumkin. Yurish qila 
olmagan o’yinchi yutqazadi. Ikkala o’yinchi ham aqqli bo’lsin. Agar bog’da 
a) 12 ta 
b) 11 ta 
gul borligi ma’lum bo’lsa o’yinda kim yutadi? 
10.25.
(15) Bizga 10 ta fishka berilgan: 2 ta oq, 2 ta qora, 2 ta qizil, 2 ta 
ko’k, 2 ta yashil. Ali va Vali navbatma-navbat bu fishkalarni muntazam 
o’nburchakning uchlariga joylashtirishadi. Ali beshta turli rangdagi ketma-ket 
kelgan nuqtalar hosil bo’lishini xohlaydi, Vali esa unga xalaqit berishni istaydi. 
O’yinni Vali boshlasa, u Aliga xalaqit bera oladimi? 
10.26.
(15) Bizga 2tadan qizil, ko’k, oq va qora rangdagi jami 8 ta shar 
berilgan. Ikki o’yinchi Ali va Vali navbatma-navbat ulardan bittasini kubning 
uchlariga joylashtirishadi. Ali shunday uch topilishini istaydiki uning uchta qo’shni 
uchi turli ranglarda bo’lib, uning rangidan ham farqli bo’lsin. Vali esa unga xalaqit 
berishni istaydi. Ali o’z niyatiga yeta oladimi? Masalani har ikala holda ham 
yeching.
10.27.
(15) Doskaga
𝑛
ta
“ − “ 
yozilgan. Ikki o’yinchi navbatma-navbat 
bir yoki ikkita ketma-kel kelgan 
“ − “
larni 
“ + ” 
ga almashtiradi. Yurish qila 
olmagan o’yinchi yutqazadi. O’yinda kim yutadi? Quyidagi hollarni qarang: 
𝑎) 𝑛 = 9 
𝑏) 𝑛 = 10

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə