I rahmonov, A. Valiyev, B. Valiyeva, S. Sayidaliyev, F. Rasulova, S. Mardov chizmachilikni o



Yüklə 20,77 Mb.
səhifə26/28
tarix16.05.2023
ölçüsü20,77 Mb.
#110560
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
15260 1-кисм. Чиз-кда пед.тех-я.Мет.кул-ма.Валиев ва бошкалар

Izlanish metodlari. Chizmachilik o‘qitish metodikasida umumiy, ilmiy va maxsus izlanish metodlari qo‘llanilishi mumkin. Ular nazariy, kuzatish, suhbat, tajriba va boshqalar.
Nazariy metod. Adabiyotlarni o‘qitish, o‘rgatish, tahlil qilish va pedagogik boy tajribalarni umulashtirish. Ish o‘rganishga mo‘ljallangan adabiyot (bibliografiya, jurnallar, maqolalar, referatlar, ma’lumotnomalar kabi) larning ro‘yxatini tuzish va o‘rganish.
Kuzatish metodi. Pedagogik jarayonga aralashmasdan uzoq vaqtga mo‘ljallangan bo‘ladi. Avval o‘qituvchi so‘ngra o‘quvchilar faoliyati kuzatiladi. Bu vaqt ichida o‘rganilayotgan muammo yechimi qay darajada amalga oshirilayotgani kuzatib boriladi. Oldingi darslar har bir o‘tilayotgan dars bilan taqqoslab turiladi va kerakli ma’lumot to‘plab boriladi.
Suhbat metodi. Kuzatish davrida erisha olmagan muammoni suhbat yo‘li bilan olish mumkin. Suhbat o‘qituvchi va o‘quvchi bilan alohida yoki birgalikda o‘tkazilishi mumkin. Bunda o‘quvchining muammo bo‘yicha fikrlashi aniqlansa, o‘qituvchining muammoni qanday bartaraf qilish usuli o‘rganiladi.
Anketa bo‘yicha so‘rov.
Eksperiment, tajriba sinov. Tabiiy va laboratoriyali bo‘ladi.
Natijalarni solishtirish.
Tabiiy tajriba sinov (eksperiment) darsda barcha o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Joriy dasturni o‘rganish uchun uzoq vaqtli eksperiment o‘tkaziladi. Dasturning bir qismini yoki biror mavzuni o‘rganish uchun dars jarayonida o‘tkaziladi. Bu yerda dars o‘tishda qo‘llaniladigan metod, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish va boshqalar o‘rganiladi.
Laboratoriyali eksperiment odatda, individual yoki kamroq o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Bu yerda o‘quvchi yoki o‘quvchilarning ish jarayoni kuzatiladi. Masalan, berilgan ikkita proyeksiya bo‘yicha uchinchisini topich va hokazo.
Eksperiment natijalarini aniqlashda solishtirish metodidan foydalaniladi. Eksperiment o‘tkazilayotgan sinf bilan eksperiment o‘tkazilmayotgan sinflar o‘zlashtirish darajasi o‘zaro taqqoslanadi, o‘qitish usullari ham o‘zaro solishtiriladi va hokazo.
Umumiy o‘qitish metodidan tashqari maxsus o‘qitish metodi tadbiq qilinishi mumkin. Bu yerda o‘quvchining grafik tushunchasini o‘rganish va boshqa tomonlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Maxsus metodlarga siklografiya – o‘quvchining kinematik harakatlarini ro‘yxatga olish, okulografiya – ko‘z harakatini ro‘yxatga olish, xronometraj – vaqtni o‘lchash, multiplikatsiyalash – grafik tasvirlshlarni ketma-ketli bajarilishini ro‘yxatga olish va boshqalar.
Bu yerda bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlashda kim qanday o‘zlashtirayotgan jarayonlar o‘rganiladi.
Bu izlanishlarning barchasi ilgari surilgan gipotezani aniqlashga yordam beradi.
O‘qitishning reproduktiv va muammoli-izlanish usullari o‘quvchilarning yangi tushuncha va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolligi hisoblanadi.
Reproduktiv usul birinchi navbatda o‘quvchilarning o‘quv materialini mustahkamroq eslab qolishini ta’minlash, bilish, amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi. Reproduktiv mashqlar amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi. Reproduktiv mashqlar amaliy ko‘nikma va malakalarni namuna bo‘yicha bir necha bor takrorlash orqali mustahkamlashga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Reprodukt – qayta takrorlash degan ma’noga to‘g‘ri keladi.
Induktiv (induksiya – ayrim fikrlardan umumiy xulosa chiqarishdagi muhokama usuli) yoki deduktiv (deduksiya – mantiqiy xulosa chiqarish) usullarni qo‘llash, o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqini xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlash tushuniladi. O‘quv materialini tezroq o‘tish, tafakkurni faolroq rivojlantirishga yordam beradi.
Barcha tadqiqot ishlarda yuqorida bayon etilgan zamonaviy pedagogik va boshqa texnologiyalar ta’siri hisobga olinadi hamda ularning roli yaratiladi.

Yüklə 20,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə