I sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei



Yüklə 119,21 Kb.
səhifə1/15
tarix23.12.2023
ölçüsü119,21 Kb.
#155014
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
SOTSIAL PSIXOLOGIYNING ASOSIY METODLARI



SOTSIAL PSIXOLOGIYANING ASOSIY YO'NALISHLARI
MUNDARIJA:
Reja……………………………………………………………………………..2
Kirish…………………………………………………………………………...3
I.BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYA HAQIDA.………………………………5
I.1. Sotsial psixologiya tarixi…………………………….…….…..…………..5
I.2. Sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei…………………………7
I.3.Antik davr mutafakkirlari ishlarida sotsial psixologik ta’limotlarning rivojlanishi………………………………………………………………….......9
II.BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYA METODOLOGIYASI VA METODLARI…………………………………………………………………..12
II.1. Sotsial psixologik tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi.............……12
II.2. Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari. Kuzatish metodi………….…15
II.3. Hujjatlarni o‘rganish metodi……………………………………………..17
II.4. Anketa metodi……………………………………………………………...19
II.5. Sotsial psixologik testlar…………………………………………………..24
II.6. Sotsial psixologik eksperiment…………………………………………....25
II.7. Proyektiv metodlar………………………………………………………...26
III.BOB. SOTSIAL PSIXOLOGIYANING ASOSIY YO‘NALISHLARI….28
III.1. Sotsial psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi…….…28
III.2. Sotsial psixologiyada bixeviorizm…………………………………….…29
III.3. Sotsial psixologiyada psixoanaliz………………………………………..30
Xulosa……………………………………………………………………….…...32
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..33

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zining nutqida “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz1”, deb ta’kidlagan edi.
Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratgan edi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o‘zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o‘zimizni o‘zgalarsiz, o‘z manfaatlarimizni o‘zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham sotsial psixologiyani bilishga majburmiz. Zero, mustaqil davlatimizning siyosati inson manfaatini himoya qilish, uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun bo‘lg‘usi mutaxassis, pedagog-o‘qituvchi, ziyoli ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalanib, turmush normalariga bo‘ysungan holda jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallab, fuqarolik burchini ado etishga tayyor bo‘lishi darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, ta “Sotsial psixologiya” shaxs va jamiyat munosabatlari qonuniyatlarini tavsiflashga bag‘ishlangandir.

Yüklə 119,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə