I sotsial psixologiyaning hozirgi kundagi mavqei


II.5. Sotsial psixologik testlar



Yüklə 119,21 Kb.
səhifə9/15
tarix23.12.2023
ölçüsü119,21 Kb.
#155014
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
SOTSIAL PSIXOLOGIYNING ASOSIY METODLARI

II.5. Sotsial psixologik testlar

Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qisqa sinov usuli bo‘lib, ular yordamida u yoki bu sotsial psixologik hodisa qisqa muddat ichida bir texnik usul – testda tekshiriladi. Testlar 20-30-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, ular hayotga, amaliyotga shunchalik chuqur kirib keldiki, hattoki maxsus soha psixometrika paydo bo‘ldi. Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni bir test yordamida bir ob’yektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish, bu testni faqat qanday turdagi ob’yektda sinalgan bo‘lsa, shunga o‘xshash ob’yektlardagina qo‘llash mumkin. Qolaversa, bunda olingan ma’lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, testlar ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot sistemasidagi o‘rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo‘qligini sinovchi, shaxs aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo‘llanilmoqda.


Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob’yektlarda sinovdan o‘tkazish, hattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir. Masalan, ingliz olimi Kettel shaxs sifatlarini sinovchi testini ishlab chiqish uchun odamdagi 4,5 mingga yaqin sifatlarni o‘rganishdan boshlagan edi. Ana shulardan ekspertlar yordamida 171 juft dixotomik sifatlarni ajratdi (masalan, kamtar-maqtanchoq, bosiq-tez va shunga o‘xshash). Nihoyat, ular ichidan eng ishonchlilari tanlab olindiki, oxir-oqibat 21 xil shaxs xususiyatlaridan iborat sifatlar kompleksi tanlandi va shular asosida mashhur Kettel testi paydo bo‘ldi. Uning yordamida asosan shaxsdagi introversiya, ekstroversiya, faollik, reallik, ziyraklik darajasi va boshqalar sinaladigan bo‘ldi.
Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o‘z «kaliti» bo‘ladi va bu kalitning egasiga maxsus litsenziyalar, ya’ni kelishuviga ko‘ra ishonchli shaxslargagina sotish, berish huquqi bo‘ladi. «Kalitsiz» esa maxsus testlarni hech kimga ishlata olmaydi. Endi maxsus sharoitlarga moslashtirilishi kerak bo‘lgan testlarga kelsak, masalan, o‘sha Kettel testi yoki Ayzenkning testlarini bizning O‘zbekiston sharoitida ishlatish kerak bo‘lib qolsa, demak, uni tarjima qilgan va uni amaliyotda qo‘llagan kishida professional huquq va moslashtirish uchun kamida 2-3 ming kishilik ob’yekt, ya’ni odamlar kerak. Shundagina bu metod moslashtirilgan va to‘plangan ma’lumotlar ishonchli hisoblanadi.



Yüklə 119,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə