Ibbiy etika asoslari


Meditsina xodimining bemorni turli emotsional xolatlaridagi taktikasi



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

7.Meditsina xodimining bemorni turli emotsional xolatlaridagi taktikasi.
Bemorlarning depressiv xolatidan xamisha xavotirlanish kerak. Chunki bunda 
bemorlar, ko‘pincha, atrofdagilar va xodimlar uchun butunlay kutilmagan xolda 
suitsidal yoki boshqa xavfli xatti xarakatlar qiladilar.
Aniq ifodalangan depressiya xolati mavjud bo‘lsa xam bemor sira o‘zining 
yashashini istamasligini aytmaydi, chunki bu xol uni psixiatriya kasalxonasiga olib 
kelishini biladi. Ma'yus kayfiyat, yolg‘izlikka intilish xarakatning tormozlanishi 
meditsina xodimini tashvishlantirishi lozim. Bunday be'mor uning e'tiboridan 
chetda qolmasligi lozim.
Emotsional o‘zgaruvchan be'morlar extiyotlik bilan g‘amxo‘rlik bilan 
munosabatda bo‘lishni talab qiladilar, chunki xodimlarning keskin oxangda 
gapirishi va qovog‘i soliq xolda yurishi tashvishli kechinmalarni vujudga keltiradi.
Yaxshi shirin so‘z va tabassum ba'zan ular uchun doridan xam muximroqdir. 
Ma’lumki disforiya qisqa muddatli bo‘ladi. Agar bemor disforik jazava xolatida 
bo‘lsa iloji boricha uni tinchlantirish kerak. Emotsiyalar va xis tuyg‘ularni 
tekshirish. Bemorni ko‘zdan kechirayotganda uning mimikasiga, xolatiga 
atrofdagi bemorlar va xodimlar bilan muomala qilish usuliga e'tibor qilish kerak. 
Depressiyaning obektiv belgilari midriaz, spastik qabziyat, menstruatsiyaning 
yo‘qligi, lab va til shilliq pardalarining quruq bo‘lishi. Be'mor va uning 
qarindoshlari bilan suxbatlashish ko‘p qo‘shimcha ma'lumotlar beradi. 
Pasient bilan verbal va noverbal muloqot va uning elementlari. 
1. Pasient bilan muloqotning verbal va noverbal turlari va uning 
elementlari. 
Bemor bilan munosabalda so 'z orqali (verbal) va so 'z yordamisiz-(noverbal) 
muloqot ko'nikmalari mavjud. Suhbatdosh bilan muloqot quyidagi o‘lchamlarda 


yuz beradi. Bir tarafdan muloqotda verbal nutq rejasi: suhbatdoshlar bir-biriga 
aytmoqchi bo‘lgan (ammo ular bunday fikrlamasliklari ham mumkin) so‘zlar, 
iboralar; 2-tarafdan esa, inson beixtiyor o‘zining harakatlari bilan suhbatdoshiga 
bo‘lgan chin munosabati, kayfiyati, niyatlari, emotsional holatini bildirishi 
mumkin. Imo-ishoralar, mimika, intonatsiyalar – muloqotning eng asosiy 
qismidirlar. Ba'zida, aynan shu vositalar (ular noverbal vositalar deb ataladi) 
yordamida so‘zlardan ham ko‘p narsani ifodalash mumkin. Avstraliyalik 
mutaxassis A. Pizning ta'kidlashicha, so‘zlar orqali 7 % ma'lumotni, tovushlar 
vositalari orqali 38%, mimika, imo-ishoralar, poza (tana holati) orqali - 55% 
ma'lumotni berish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nima gapirayotganimiz 
emas, qanday gapirayotganimiz muhim. Suhbatdoshimiz tomonidan ifoda 
etilayotgan noverbal ma'lumotlar – ovozining intonatsiyasi, qarashlari, mimika, 
imo-ishoralari, turli tana harakatlari va tana vibratsiyalari – biz uchun juda 
muhimdir. Qolaversa, deontologiya faqat bemorga shirin so‘z gapirib, kulib qarab
turish degani emas. Deontologiyaning ustuvor yo‘nalishIaridan biri, ishonchdir.
Ba’zan hadeb vahima qilaveradigan bemorni qattiqroq «koyib» qo‘yishga ham 
to‘g‘ri keladi. Ana shundagina u vrachga ishonadi. «Agar kasalim haqiqatan ham 
tuzalmas bolganida, doktor meni urishib bermasdi», deb o'ylaydi. Ba’zan davo
usuli bemorni qoniqtirmaydi. Ko‘p dori-darmon yozilsa, unda «Shuncha dori 
shartmikan yoki kasalim ogirm i, yoki vrach tajribasizmi?» degan fikrlar
paydo bo‘ladi. «Falonchi doktor falonchi bemorni ikkita dori berib tuzatib 
yuboribdi», degan so'zlarni ba’zan eshitib turish mumkin. Xo‘sh, bunday 
paytlarda qanday y o l tutish kerak? Ayniqsa, ba’zi kasalliklarni birmuncha uzoq 
davolashga to‘g‘ri keladi. Muolajalar darrov natija beravermaydi. Bunday
paytda kasallikning mohiyatini bemor tushunadigan tilda bayon qilish kerak. 
Kerak boisa, bemorni tinchlantirish uchun tashxisni yanada aniqroq qo‘yish 
maqsadida, vrach o ‘zidan tajribaliroq hamkasblaridan maslahat so'rashi zarur. U
bemorning oldida aslo o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. Shuni unutmaslik 
kerakki vrach bemorni tekshiradi, bemor esa vrachni kuzatadi.

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə