Ibbiy etika asoslari



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

2.
 
Bemor bilan muloqotda verbal muloqot va uning 


elementlari. 
Nutq- fikrimiz, bilimimiz, munosabatlarimiz va dunyoqarashimizning so'zlar 
orqali ifodalanishidir. So'z - bu qurol, so 'z - bu tig', so 'z - bu malham. So 'z ko 
'rkimiz, mohiyatimiz, madaniyatimizdir. 
Qadimdan so'z buyuk shifobaxsh kuch-qudratga ega bo'lib kelgan. So'z 
odamzod zabonidagi eng aziz gavhardir. Mashhur yunon hakimi Buqrot «Inson 
ruhini davolamay, tanga shifo berib bo'lmaydi», deb ta'kidlaganida aynan «so'z»ni 
nazarda tutgan. Darhaqiqat, turli kasalliklar ruhiyatda u yoki bu o'zgarishlarni 
vujudga keltiradi, bu esa bemorlar bilan bolgan muloqotda o'z ifodasini topadi. 
Inson aqliy va fiziologik faoliyatining mevasi - nutq orqali bu muloqot namoyon 
bo'ladi. Zamonaviy tibbiyotda shifobaxsh omil sifatida so'zning ahamiyati yanada 
ortdi. Turli davrlarda nutq madaniyatiga doimo katta e'tibor bilan qaralgan. Nutq 
madaniyatiga, bemor bilan muloqot san'atiga bekamu ko'st, mohirona amal qilish 
oson emas. Bu tibbiyot xodimidan yuksak ruhiy manbani, yuqori madaniyatni, o'ta 
nozik darajadagi sezgirlikni, bilimni, matonatni va hatto ba'zida aktyorlik 
darajasidagi mahoratni talab qiladi. 
Qadimgi hind tabibi Sushruta: «So'z muloyim, yoqimli va umidvor qila 
oladigan, ruhga taskin berguvchi bo'lmog'i lozim», deb yozgan edi. Bu fikrlar 
hozirgi zamonda ham dolzarbdir. 
Abu Ali ibn Sinoning zamondoshi Muhammad Zakariyo ar-Roziy «Tibbiyot 
hikmatlari» asarida shunday yozadi: «O'zini tib olamiga bag'ishlagan inson eng 
avvalo, bilimli, kamtarin, insonparvar, haqparvar, mulohazali, fahm-farosatli, 
istalgan masalaning mohiyatini tushuna oladigan bo'lishi lozim». Bu ta'rifga 
sazovor bo'lish uchun tibbiyot xodimidan katta bilim sohibi bo'lish talab qilinadi. 
Buning uchun shifokor va hamshira tib ilmlarini egallabgina qolmay, balki 
adabiyot, san'atni bilishi, nutq go'zalligini takomillashtirishi lozim. Nutqning 
vazminligi, yorqinligi, go'zalligi va hikmatliligidan tashqari, shifokor va hamshira 
uchun nutqdagi xulq-atvor, uslub, ohang, dadillik, ma'lum darajada chiroyli 
talaffuz ham muhimdir. Shifokor va hamshiraning nutqi dalilga asoslangan va 
ishontiruvchan, bemorni o'ziga rom qilib oladigan, aytgan tavsiya va 


ko'rsatmalariga rioya qilishga undaydigan bo'lishi kerak. Shifokorning fikri 
maqsadli, izchil bo'lishi, bemor uning so'zlaridagi kuchni, asoslanganlikni hamda 
o'zi haqidagi g'amxo'rlikni sezishi kerak. Tajribali shifokor kitob, she'r mutolaa 
qilayotganida, teatrga borganida oqilona jumlalar, she'riy satrlarni yodda tutishga 
harakat qilib, ularni bemorlar bilan bo'ladigan suhbatlarida qo'llay oladigan 
bo'lmog'i darkor. Bemorlar bilan suhbatda shifokor xalq donishmandlarining 
hayotni sevish, kelajakka ishonch haqidagi qisqa, yorqin ifodalangan maqollardan 
va o'gitlardan ham foydalanishi kerak. Bir so'z bilan aytganda, keng ma'lumotga 
egalik, his-tuyg'ularni tarbiyalash, xususan, nutq madaniyati bemorlar bilan 
mohirona va ta'sirli so'z orqali aloqa o'rnatishning asosidir. Nutqning ohang 
ifodasi, talaffuzi ayniqsa muhimdir. Suhbatda keskin, qo'pol, baland ohangda 
gapirish bemor bilan iliq munosabatni o'rnatishga xalaqit beradi. Bu to'g'rida nemis 
faylasufi Gegel shunday degan edi: «Ovozning xush ohangligidan gapirayotgan 
odam qalbining go'zalligini, uning ovozidagi qo'pollikda esa unga xos bo'lgan 
qo'pol hissiyotni anglab olish mumkin» Shifokor va hamshira butun hayoti 
davomida nutqining aniqligi, o'tkirligi, go'zalligi ustida ishlashi kerak. Bu holat 
shifokor kasbi va bemorlar bilan bo'ladigan jonli muloqoti uchun zarurdir. Afsuski, 
ayrim tibbiyot xodimlari o'rtasida nutq madaniyatiga ega bo'lish mutaxassis - 
psixoterapevtning vazifasi, oddiy terapevt yoki jarrohning bundan boshqa 
tashvishlari ko'p va ular «so'z ustasi bo'lishlari shart emas», degan fikr bor. Yo'q, 
nutq madaniyatiga ega bo'lish har bir tibbiyot xodimi uchun juda zarurdir.

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə