Ibbiy etika asoslari


Miokard infarkti bilan og'rigan bemorga beriladigan savol va



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

10. Miokard infarkti bilan og'rigan bemorga beriladigan savol va
maslahatlar: 
1. Ko'kragingizning to'sh suyagi orqasida paydo bo'ladigan stenokardiya huruji 
oxirgi paytda tez tez qaytalayaptimi? - Ha, - Yo'q. 
2. Chap qo'lga, chap kurak ostiga uzatiladigan og'riqlar keyingi vaqtda 


ko'paydimi? -Ha, - Yo'q. 
3. Biroz jismoniy harakat qilganingizda yoki kechalari to'sh suyagi atrofida 
og'irlik, og'riq yoki kuyish holatini sezadigan bo'lib qoldingizmi? - Ha, - Yo'q. 
4. Yengil jismoniy harakat qilgan paytingizda yoki tinch holatda nafas 
olishingiz tezlashib ketadimi? - Ha, - Yo'q. 
5. Sigaret chekasizmi? - Ha, - Yo'q. 
6. Agar chekuvchi bo'lsangiz, kuniga 10 ta yoki undan ko'proq sigaret 
chekasizmi? - Ha, - Yo'q. 
7. Kayfiyatingiz (asabingiz) doimo buzuq (stress) holatda yurasizmi? - Ha, - 
Yo'q. 
8. Qon bosimingiz odatda baland bo'ladimi? - Ha, - Yo'q. 
9. Biroz harakatdan so'ng yuragingiz urushi tezlashadimi yoki noteks ura 
boshlaydimi? - Ha, - Yo q. 
10. Tez uyquga keta olmay qiynalasizmi, yomon uxlaysizmi? -Ha,-Yo'q. 
11. 
Oyoq-qo'llaringiz har zamonda sovib yoki namlanib qoladimi? - Ha, 
Yo'q. 
Ushbu savollarga olingan tasdiq yoki inkor javobga qarab shifokor, hamshira 
bemorning yurak kasalligi haqida o'z tashxisini qo'ya oladi va foydali maslahatini 
beradi. Masalan, ko'proq «yo'q» degan javobni bergan bemorga yuragingizga 
jiddiy tahdid qiluvchi omillar yo'q, deydi. Faqat ko'proq harakat qilish, ovqatlanish 
tartibini saqlash, semirib ketmaslik, stress va chekishdan uzoqroq bo'lishini tavsiya 
qiladi. 
Agar «ha» degan javob ko'p uchrasa, bunday bemorga shifokorning tashxisi va 
maslahati quyidagicha bo'ladi: 
- Sizda miokard infarkti kasalligiga moyillik bor. Shuning uchun kardiolog 
bilan maslahat qilishingizni tavsiya qilardim. Har qalay, yuragingizni 
elektrokardiogrammasini oldiring. Ovqatingizdagi achchiq, yog'li va go'shtni 
cheklang, chekishni tashlang. Qon bosimingizni tez-tez o'lchatib turganingiz 
ma'qul. Shu maslahatlarimizni bajarsangiz, og'ir yurak kasalligini oldini olishingiz 
mumkin. 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə