Ibbiy etika asoslari


Yuqumli kasalliklar bilan og 'rigan bemor bilan muloqot



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

 5.Yuqumli kasalliklar bilan og 'rigan bemor bilan muloqot.
Bemor o'zining yuqumli kasal bilan og'riganidan xabar topgan zahoti ruhan 
tushkunlikka uchraydi. Chunki bulardan ba'zilari uzoq muddat davolanadi 
(masalan, sil, zahm kabilar). Boz ustiga ba'zan qat'iy, davomli parhezning talab 
etilishi bemorni tushkunlikka tushirib qo'yadi (jumladan, virusli gepatit kabilar). 
Sil kasalligi bilan og'rigan bemorlar ruhiyati intoksikalsiya va uzoq 
davomli tuberkulostatik dorilarni ichishi ta'sirida o'zgarib boradi. Ular o'ta asabiy, 
xudbin (egosentrik) bo'lib qoladilar. Atrofdagilarning bunday kasallardan 
«qochish»lari ularni ruhiy tushkunlikka solib qo'yadi. Sil bilan og'rigan bemorlar 
oylab stasionarda, yaqinlaridan uzoqda yashaydilar. Shuning uchun tibbiyot 
xodimlari e'tibor bilan doimiy psixoterapevtik muolajalarni o'tkazib turishlari, 
ulardan oshkora qochmasliklari kerak. 
Teri-tanosil kasalliklarida bemor o'zidagi teri o'zgarishlarini yashirishga 
harakat qilib, jismidagi doimiy noqulaylikni his etib yashaydi. Zahm tashxisini 
eshitgan bemor depressiyaga uchraydi va joniga qasd qilish (ya'ni- suitsid) fikri 
tug'iladi. Bunday damlarda shifokor bosiqlik bilan kasallikni davolash 
mumkinligini tnshuntirishi kerak.Amaliyotda zahm, so'zak (gonoreya) yoki 
trixomonoz bilan og'rigan kasallar davolanishdan bosh tortgan hollar uchrab turadi. 
Albatta, bunday paytda ushbu kasallik bilan og'rigan bemorlar zudlik bilan 
majburiy davolanishga jo'natiladi. Bu vazifa huquqni muhofaza qilish organlari 
yordamida amalga oshiriladi. 
Demak, shifokor yuqorida qayd qilingan kasalliklarga mubtalo bo'lgan 
bemorlarni davolash jarayonida ularning ruhiyatidagi o'zgarishlarni va bu 
kasalliklarning xususiyatlarini e'tiborga olgan holda har bir bemor bilan alohida 
muloqot o'rnatishi durust bo'ladi. 
Dizenteriya, virusli gepatit, meningit kasalliklarida shifokor o'ziga xos 
deontologik yondoshmog'i kerak. Bemorga, bunday paytda zudlik bilan 


kasalxonada davolanishi kerakligi, aks holda turli asoratlar muqarrarligini, 
izolyatsiya qilinmasa, oilaning boshqa a'zolariga yuqish xavfi borligi tushuntirilishi 
kerak. Ko'pincha aholi o'rtasida “o'zim tuzalib ketaman”, degan noto'g'ri fikr 
yuradi. 
Xulosa qilib aytish kerak, yuqumli kasalliklar deontologiyasi bemorlarning 
nozik ruhiyatlari xususiyati bilan bog'liq. 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə