Ibbiy etika asoslari


Narkoman - bemor bilan muloqot



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

3.Narkoman - bemor bilan muloqot . 
Narkoman bemor tushkunlik kabi og'ir holatga o'zining o'ta irodasizligi 
tufayligina tushib qoladi. Bemordagi qusur va kamchiliklarni ochiq-oydin 
ko'rsatish davo jarayoniga zarar keltirishi mumkin. Muloqot chog'ida bemorning 
kundan-kunga ahvoli yaxshilanib borayotganini, mushohadasi tiniqlashayotganini, 
so'zlashganda talaffuzi aniqlashayotganini, nigohlari esa oydinlashayotganini, gap 
orasida (urg'u bermasdan) aytib o'tish durust boladi. Ruhiy muolaja, albatta, 
mehnat terapiyasi bilan uyg'uniikda olib borilsa, samaraliroq boiadi. 
Shuningdek alkogolizm, narkomaniya muammosini hal qilishda o'zaro ishonch 
asosida muloqot o'rnatish muhimdir. Ko'pincha, bunday kasallar o'zlarini, «mutloq 
sog'» deb hisoblaydilar va o'z «qobiqlariga» kirib qoladilar. Bunday bemorlarga 
uning kimlargadir kerakligini, uni faqat o'zi uchun emas «kimdir» uchun ham 
tuzalishi va yashashi lozimligiga ishontirish, ruhiy dalda berish, kasallikni yengish 
uchun ishonch paydo qilish kerak. Bu o'rinda bemor yaqinlarining yordami 
benihoya katta. 
4. O 'limi tez orada muqarrar bo'lgan bemorlar bilan muloqot.
27-rasm. Og’ir va yotoq vaziyatdagi bemorlar bilan muolajalarni samarali 
bolishiga umid bag’ishlash zarur. 


Bu muloqot chog'ida shifokor va hamshirada kuchli ruhiy zo'riqish ro'y beradi. 
Barcha chora-tadbirlar ko'rilgan, lekin bemor hayoti letal tugashi (o'limi) muqarrar. 
Har bir bemor xox u hayotga qaytsin, xox buning aksi bo'lsin, shifokor va 
hamshira fojiali holatlarda o'zini o'zi «eydi». Shifokor o'zini mana shunday nozik 
hayotiy holatlarga tayyorlashi muhim. 
Jigar sirrozi kasaliigida bemor ma'lum vaqtdan so'ng (ehtimol, yaqin vaqtda) 
vafot etadi. Bemor endi taqdirga tan bergan. Uning vafoti juda yaqin emas, lekin 
uzoq yillar ham yashamaydi. Bu holatda shifokor ma'lum me'yorda bemor bilan 
ochiqroq suhbatlashishi mumkin. «Sizning ahvolingiz nisbatan durust. Negaki, 
songgi olingan bioximik natijalar ancha yaxshi», - deb yupatish mumkin (27-
rasm). Bu yerda ham ma'lum holatda bemorning shaxsiy xususiyatlariga e'tibor 
berish kerak bo'ladi. Masalan, irodasi mustahkam,hayot zarbalarini matonat bilan 
kutib oladigan ba'zi bemorlarga (agar o'zi talab qilsa) haqiqatni balki aytgan ma'qul 
(xususan, vasiyatnoma, meros taqsimoti kabi yuridik hujjatiarni rasmiylashtirishi 
uchun). Yana bir muammo. Kasalga rak tashxisini aytish kerakmi? Ayni paytda bir 
hayotiy voqeani keltiramiz. Bemor (taniqli jurnalist) kundan-kun ozib, holsizlanib, 
to'sh suyagi ostida noxushlik seza boshlaydi. O'tkazilgan davo ijobiy natija 
bermaydi. Shunda Respublikadagi taniqli jarrohni maslahat uchun chaqiradilar. 
Bemor bu mutaxassisni bir necha kun intizorlik bilan kutadi. Ko'rik kuni ham yetib 
keladi. O'sha «mashhur» jarroh kasalni tezda ko'radi-yu, achchiq haqiqatni qo'rslik 
bilan (bemor huzurida) aytadi: «Bu kasalda oshqozon raki. O'tkazib yuborilgan
davodan foyda yo'q»,- deb xonadan chiqib ketadi. 
Bechora kasal ahvolini bir tasavvur qiling-a, qancha-qancha umid bilan necha 
kunlab kutilgan «ko'rik»ning natijasi... Bunday haqiqat metastazdan ham 
dahshatliroq emasmi? Axir bemorning sanoqli kunlari qora tunga aylanmaydimi? 
Shuni ham aytish kerakki, agar bemor operatsiyadan bosh tortsa, unga 
kasalining jiddiyligini yengil shaklda bildirish joizdir. Ayniqsa, bemor qohiga rak 
tashxisini ko'rsatuvchi rentgen qog'ozlarini bermaslik, hujjatlarda «oshqozon 
organik o'zgarishi» yoki «oshqozon yarasi» deb ko'rsatishi maqsadga muvofiqdir. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, bemor atrofidagi tibbiyot xodimlari o'z 


kasblariga nisbatan jiddiy bo'lib, fahm-farosat bilan munosabatda bo'lsalargina o'z 
vijdonlariga xilof ish tutmagan bo'ladilar. 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə