Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari



Yüklə 264,27 Kb.
səhifə2/11
tarix11.12.2023
ölçüsü264,27 Kb.
#144249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Akramov Muxammadqodir Ibrohimjon o‘g‘li tahrir

Kurs ishining maqsadi: Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, mezonlari va ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish.
Kurs ishining vazifalari:
- Iqtisodiy o‘sishning mazmuni va mohiyatini tadqiq qilish;
- Iqtisodiy o‘sishning omillarini o‘rganish;
- Iqtisodiy o‘sish modellari, iqtisodiy ko‘rsatgichlar va milliy boylik bilan tanishish;
- Milliy boylik tushunchasi, uning tarkibiy tuzilishini o‘rganish.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi 57 ta sahifadan iborat bo‘lib, kirish, 4 ta fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.

1. “Iqtisodiy taraqqiyot” va “Iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari mazmuni.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga iqtisodiy o‘sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o‘z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‘zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ifodasini real YaIM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko‘payishida topadi.
Iqtisodiy o‘sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o‘sishini YaIM mutloq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar (real YaIM va aholi jon boshiga real YaIM ning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIM ning o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.
Shunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish sur’atlarining foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi:
,
bu erda:
O‘S – iqtisodiy o‘sish sur’ati, foizda;
YaIM bazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YaIM hajmi;
YaIM joriy davr – joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi.
Shuningdek, iqtisodiy o‘sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining o‘ng tomonga qarab siljishiga olib keladi. Aytaylik, 2004 yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi (Y2004) 2000 yildagi (Y2004)ga nisbatan o‘sdi. Bu o‘sish o‘z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining ham kengayishiga olib keladi (1-chizma).


Investitsiya
tovarlari






0 Y2000Y2004 Iste’mol
tovarlari
1-chizma. Iqtisodiy o‘sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi.
Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiy o‘sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligini oshishiga olib keladi. Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati to‘g‘risida gapirilganda uning darajasini ham e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli mamlakatlar real YaIM ning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YaIM hajmi nisbatan kichik bo‘lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YaIM hajmi juda katta bo‘lgan mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati esa ahamiyatli ko‘rsatkich hisoblanishi mumkin.
Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin.
Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha xuddi o‘shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo‘lgan yana bir korxona qurishga hojat yo‘q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. SHu sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida so‘z yuritiladi.
Iqtisodiy o‘sish murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. SHu sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko‘rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko‘rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar tizimida naflilik (moddiy-ashyoviy) va qiymat ifodasidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi.
Iqtisodiy o‘sishning naflilik (moddiy-ashyoviy) ko‘rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyasiya ta’siriga berilmaydi), biroq ularni universal holda qo‘llab bo‘lmaydi (iqtisodiy o‘sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‘rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi, ammo ularni har doim ham inflyasiya ta’siridan to‘liq «tozalash» mumkin bo‘lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o‘sish sur’atlari qiyosiy yoki o‘zgarmas narxlarda hisoblanadi. Chunki bunda ijtimoiy naflilikning umumiy ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘sish darajasini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
1) YaIM va milliy daromadning mutloq hajmi va uning o‘sish sur’ati;
2) YaIM va milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’ati;
3) YaIM va milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’ati.
Yuqorida ta’kidlanganidek, iqtisodiy o‘sishni aniqlashda har uchala ko‘rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha bo‘ladi. Masalan, agar diqqat markazida iqtisodiy salohiyat muammosi tursa, birinchi ko‘rsatkichdan foydalanish ko‘proq mos keladi. Alohida mamlakat va mintaqalardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko‘proq ikkinchi ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko‘rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqilgan YaIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi.
Bunda iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi nisbat ham o‘rganiladi.
Soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyotida davlatning roli va ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilish, shuningdek, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini tashkil qilish prinsip va usullari iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy talablariga, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi tuzilmaviy oʻzgartirishlarga javob bermaydi.
Xususan, iqtisodiyotning oʻzgarishi sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asoslangan maqsadli yoʻnalishlarini (indikatorlarini) shakllantirish, shuningdek, mavjud ichki va tashqi omillarni hamda islohotlarning strategik ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsishning yangi manbalarini aniqlash tizimi mavjud emas.
Iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyoti, shu jumladan, urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali mutanosiblikni taʼminlash uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish tizimi kerakli darajada yoʻlga qoʻyilmagan.
Bozor tamoyillarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bozorni raqobatbardosh tovarlar bilan toʻldirish va ularni tashqi bozorlarga yoʻnaltirish hajmlarini oshirish boʻyicha zarur tadbirlar ishlab chiqilmayapti.
Natijada, barqaror ishchi oʻrinlari yaratish darajasi pastligicha saqlanib qolayotganligi aholini, ayniqsa, qishloq aholisini barqaror daromad manbai bilan taʼminlash imkonini bermaydi va sifatli inson kapitalini rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi.
Manfaatdor idoralar tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda pensionerlar, nogironlar va yolg'iz keksa fuqarolarga qonun xujjatlarida belgilangan imtiyozlar, sanatoriya va kurortda davolanishga yo'llanmalar va maxsus harakatlanish vositalari berilishida qatnashadi;
Hududiy davlat hokimiyati organlari uchun pensionerlar, nogironlar, ko'p bolali va kam ta'minlangan oilalarni, aholining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga muhtoj bo'lgan boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi Davlat jamgarmasi mablag'larini belgilangan tartibda tasarruf etadi:
Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi Davlat jamg'armasi mablag'laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni ta'minlash ishlarini tashkil etadi;
Ishsizlar va ularning oila a'zolarini Ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi Davlat jamg'armasi mablag'lari hisobiga ijtimoiy qo'llab- quvvatlashni ta'minlanishini tashkil etadi;
Eng kam ish o'rinlarini ajratilishi va ularning ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar bilan butlanishi masalalarini o'rganadi va tahlil etadi;
Dehqon va fermer xo'jaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlarini ro'yobga chiqarilishini tashkil etadi.
Ijtimoiy nafaqalar
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 18 yanvardagi yig'ilishida 2013 yilga belgilangan eng ustuvor vazifalardan biri sifatida yangi ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturini amalga oshirish belgilangan.
Hisobot davrida quyidagilar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi va uning joylardagi organlari faoliyatining ustuvor yo'nalishi bo'lib qoldi:
demografik omillar va iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishini hisobga olgan holda mehnat bozorini boshqarish va rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, aholini ish bilan ta'minlashning ilg'or shakllarini joriy etish bo'yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish;
band bo'lmagan aholi va ishsizlarga, birinchi navbatda ayollarga, kollej bitiruvchilariga va harbiy xizmatdan bo'shatilganlarga kasbga tayyorlash va ishga joylashtirish hamda ishsizlarni moddiy qo'llab-quvvatlash yo'nalishida sifatli xizmat ko'rsatish;
yolg'iz keksalar, pensionerlar va nogironlar, kam ta'minlanganlar va aholining boshqa ijtimoiy zaif toifalarining aniq va manzilli ijtimoiy muhofazasini ta'minlash, tasarrufiy tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy ta'minotini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
mehnat, aholini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, mehnat munosabatlarini va moddiy rag'batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish hamda mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish.

Mehnat bozori


Ish qidirayotgan fuqarolar uchun maqbul keladigan ishni axtarish muddatini qisqartirish maqsadida, 2021 yil 9 oyi davomida, 37 ta bo'sh (vakant) ish o'rinlari yarmarkalari tashkil etildi va ularda 8506 ta bo'sh ish o'rini bilan 956 ta ish beruvchi va 9156 nafar ish axtarayotgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Yarmarkalar natijasiga ko'ra 795 nafar shaxs ishga yo'llanma olishdi, shu jumlada 359 nafari yoshlar – o'quv muassasalarini bitiruvchilar, muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilganlar, qamoq jazosidan ozod etilganlar va boshqalarni tashkil etadi.
Bunday natijalarga:
tuman (shahar) Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va ularning har bir yirik qishloq fuqarolar yig'inlarida joylashgan Turg'un punktlari tomonidan band bo'lmagan fuqarolarni hisobga olish ishlarini kuchaytirilishi;
fuqarolarni ish bilan ta'minlashga alohida yondoshishni kuchaytirilishi, Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va ularning Turg'un punktlari xodimlarining malakasini oshirilishi;
mehnat bozorida vaziyat murakkab bo'lgan va fuqarolarni ish qidirib tashqariga ko'plab chiqib ketishi kuzatilayotgan tumanlarda ish joylari tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi;
bo'sh ish joylari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z vaqtida va to'liq taqdim etilishini ta'minlash hisobiga erishildi.
Iqtisodiy taraqqiyot modeli (frans. modele — oʻlchov, namuna) — mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. Iqtisodiy taraqqiyot modeli tushunchasi 20-asrning 50-y.larida paydo boʻldi. Bu davrga kelib koʻpchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar oʻz mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yoʻliga oʻtgan edilar. Bu vaqtda asosiy 3 yirik taraqqiyot yoʻli boʻlishi mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi.
20-asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qatʼiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va maqsadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat oʻz ichki shartsharoitlaridan kelib chiqmogʻi zarurligi maʼlum boʻldi. Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar Iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiyiqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yoʻli deb hisoblaydi.
Iqtisodiy taraqqiyot modeli iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi, huquqiy, maʼmuriy hamda xoʻjalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning subʼyekti mulk egalari, xoʻjalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Albatta, Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy meʼyorlar oʻz taʼsirini maʼlum dara-jada oʻtkazadi.
Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy harakterda boʻladi. Hoz. vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global modellari shakllangan. Ular orasida Osiyo, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo-Tinch okeani, Afrika va postsovet iqtisodiy taraqqiyot modeli larini koʻrsatish mumkin. Ular ichki taraqqiyot omillari, shartsharoitlari, i.ch. tuzilmasi va b. jihatlari bilan bir-birlaridan tubdan farqlanadi. Misol uchun osiyocha taraqqiyot modeli jamoaning kuchli pozitsiyasi va diniy omilga asoslangan boʻlib, bu modelda undiruvchi sanoat va qishloq xoʻjaligi asosiy oʻrinda tursa, yevropacha modelda iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi, xususiy tashabbusning yuqori darajada rivojlanganligi, biznesni qoʻllab-quvvatlash va soliq undirishning sharoitiga moslanuvchan tizimi, jamiyatning texnokratik yoʻnalishi, yalpi ichki mahsulotda xizmat koʻrsatish sohasining yuqori hissasi koʻzga tashlanadi.
Lotin Amerikasi modeli xom ashyo tamoyiliga qurilgan boʻlib, undiruvchi sanoat tarmoklarining rivojlanganligi, mehnat resurslarining or-tiqchaligi, xufyona narkokapitalning yuqori hissasi, eksportning past, tovar va xizmatlar importining esa yuqori darajasi, iqtisodiyotda mayda tovar i.ch.ning sezilarli darajasi bilan harakterlanadi. 70—80-yillarda shakllangan Osiyo-Tinch okeani modelining tipik xususiyati — yuqori tex-nologiyaga egaligi, tabiat va inson resurslaridan oqilona foydalanish, i.ch. ilmiy bazasining rivojlanganligidir. Afrika iqtisodiy taraqqiyot modeli tipik xom ashyo yoʻnalishi, iqtisodiyotda past unumdorlik darajasi, mehnat resurslarining or-tiqchaligi, aholi turmushining past darajasi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, urugʻchilik, qabilalar oʻrtasidagi urushlar, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik bilan tavsiflanadi.
90-yillarning boshlarida Oʻzbekistonning oldida bir qator strategik rivojlanish yoʻllari paydo boʻlgan edi. Ularni 4 yoʻnalish — xom ashyo, agrar, industrial, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha guruhlash mumkin. Ulardan har biri respublika uchun real iqtisodiy taraqqiyot modeli boʻlishi mumkin edi. Ammo xom ashyo yoʻlini tanlash tabiiy boyliklarni yanada talon-toroj qilinishi, aholini ish bilan taʼminlash muammosi sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zoʻr berishga olib kelardi. Ittifoq ixtisoslashuvi bu yoʻnalishni keltirib chikargan edi.
Agrar iqtisodiy taraqqiyot modeli agrosanoat majmui tarmoqlarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini qishloq xoʻjaligi bilan band qilishga olib kelar edi. Industrial iqtisodiy taraqqiyot modelining samaradorligini Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi tasdiqlagan. Taraqqiyotning xizmat koʻrsatish yoʻnalishi ham Oʻzbekistonga qoʻl kelishi mumkin edi. Bu yoʻldan borayotgan Yevropa mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot(YAIM)ning 40% shu soxdda yara-tiladi. Baʼzi mamlakatlarda turizm YAIMning 25% ni hosil qiladi.
Oʻzbekiston yukrrida sanalgan modellardan birontasidan voz kechmadi, balki oʻzining iqtisodiy taraqqiyot modelida ulardan foydalandi. Boy tabiat resurslari, uni qayta ishlash va undan maqsadga muvofiq foydalanish chet el investitsiyalarini kiritish imkonini bermoqda. ASK rivojlanishi qishloq aholisini ish bilan taʼminlashga olib kelmoqda. Qishloqda mamlakat aholisining 60% yashaydi. Industrial taraqqiyot iqti-sodiyotni eksportga, import oʻrnini bosadigan tovarlar i.ch.ga undamoqda. Xizmat koʻrsatish sohasi bozor islohotlarining ijtimoiy yoʻnalishini kuchaytirmoqda. Oʻzbekistonning I.t.m. xalqning tarixiy tajribasi, anʼanaviy madaniyati bilan belgilangan. Chunki islomning xususiyati shundaki, u fakatgina din emas, balki unga sigʻinadigan xalqdarning turmush tarzidir. Shuning uchun ham 70 yildan ortiq davr mobainida tashqaridan tiqishtirilgan "sovet turmush tarzi" bu yerda keng tomir otmadi.
Islohotlarning dastlabki yillarida Oʻzbekiston boshqa mamlakatlarda tajribadan oʻtgan u yoki bu I.t.m.ni qabul qilishi lozim degan fikr yurar edi. Hatto turk yoki xitoy modellarini qabul qilish zarurligi taʼkidlangan edi. Ammo Oʻzbekiston Respubli-kasi Prezidenti I. Karimov mamlakatga oʻz yoʻli, oʻz taraqqiyot modeli zarurligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston rahbari ilgari surgan tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 5 ta-moyili — iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, davlat bosh isloxrtchi, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtish, qonun ustuvorligini taʼminlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish — oʻzbek modelining asosini tashkil etadi.
Qisqa vaqt ichida iqtisodiy taraq-qiyotning oʻzbek modeli oʻzining hayotiyligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston iqtiso-diyoti uchun 1995 y. keskin burilish yili boʻldi. Shu yili sanoat i.ch. hajmi boʻyicha islohotgacha davr darajasiga toʻla erishildi. YAIMning pasayishi sezilarli sekinlashdi. 1996 yildan boshlab esa YAIM i.ch.ning barqaror ijobiy tendensiyasi davom etmoqda: 2001 yilda YAIM 4,5% ga oʻsdi, sanoat mahsuloti qajmi 8,1, yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 4,5, qurilish ishlari 3,3, chakana tovar aylanmasi 9,5% ga oʻsdi. Oʻzbek modeli hali oʻtish davrining boshidayoq koʻp ukladli, aralash, tashqi beqarorlashtiruvchi omillardan xoli boʻlgan milliy bozor iqtisodiyotining shakllanishini taʼminladi. YAIM i.ch. surʼ-atlarining birinchi marta aholi oʻsish surʼatlaridan ustun boʻlishiga erishildi, YAIM tarkibiga jamgʻarish va investitsiyalar nisbatlarida yuqori sifat oʻzgarishlari taʼminlandi. Oʻzbek iqtisodiy taraqqiyot modelining bosh maqsadi — ozod va obod vatan, erkin va farovon hayotni taʼminlashdan iborat.

Yüklə 264,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə