Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə77/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Sillabus(Syllabus) – о‘quv fanining qisqacha tavsifi va asosiy jihatlarini о‘zida aks ettiruvchi о‘quv kursi bо‘yicha talaba uchun dastur. Sillabus professor-о‘qituvchi va talabalar о‘rtasida kommunikatsiya vositasi sifatida xizmat qiladi.
Sillabus talaba kursni о‘zlashtirishning birinchi kunidan bilishi zarur bо‘lgan о‘quv fanining qisqacha annotatsiyasi, uni о‘rganishning maqsadi, о‘tiladigan mavzular jadvali, muvaffaqiyatli о‘zlashtirish shart-sharoitlaridan tashkil topadi.
tarkibiy qismlari:

  1. Professor-о‘qituvchi haqida ma’lumot.

  2. Murojaat uchun ma’lumotnoma.

  3. Prerekvizitlar (Prerequisite).

  4. Postrekvizitlar (Postrequisite) .

  5. Fanning qisqacha tavsifi.

  6. Fanning maqsadi.

  7. Fanning vazifalari.

  8. Fanni о‘rganishga qо‘yiladigan talablar.

  9. Taqvim-mavzuiy reja.

  10. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar rejasi.

  11. Talabalarning mustaqil ishlarini о‘tkazish (konsultatsiya) rejasi.

  12. Mustaqil ishlarni bajarish va topshirish jadvali.

  13. Kurs ishi mavzulari banki.

  14. Asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxati.

  15. Talabaning о‘quv ishlari natijalarini nazorat qilishga doir savollar.

  16. Talabalarning bilimini baholash tizimi.

  17. Talabaning reytingini belgilash shkalasi.

  18. Yakuniy baholash tartibi.

  19. Talabaning о‘quv natijalarining reyting-balli va an’anaviy baholash tizimi.

Professor-о‘qituvchi haqida ma’lumot. Professor-о‘qituvchining ismi, familiyasi va otasining ismi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, murojaat qilish tartibi (tel, el. pochta), ilmiy maktabi va ilmiy qiziqishlari. Sillabusning mazkur qismini yozishda professor-о‘qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlari haqida yetarlicha tasavvur hosil qiladigan asosiy ma’lumotlar yozilishi kerak.
Alohida holatlarda qо‘shimcha ravishda professor-о‘qituvchilarning magistrantlar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga rahbarlik qilish huquqi, chet tillarni egallanganlik darajasi kabi ma’lumotlar kiritilishi mumkin.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə