Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Prerekvizitlar (Prerequisite)



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə78/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Prerekvizitlar (Prerequisite) – о‘rganilayotgan fanni о‘zlashtirish uchun egallanishi lozim bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zida aks ettiruvchi fanlar.
Sillabusda nafaqat talaba о‘zlashtirishi zarur bо‘lgan fanlar, imkoni boricha aniq mavzular, bilim va kо‘nikmalar rо‘yxati keltirilishi kerak.
Postrekvizitlar (Postrequisite) – kursni о‘zlashtirish tugallanguniga qadar о‘zlashtirish zarur bо‘lgan fanlar.
О‘quv fani tavsifi о‘zida о‘quv fanining zaruriyatini aniqlash, fanning maqsad va vazifalarini, qisqacha mazmuni va о‘quv fanini amalga oshirish rejasini о‘zida aks ettiradi.
Adabiyotlar rо‘yhatida adabiyotlar asosiy va qо‘shimcha tarzda taklif etiladi. Asosiy adabiyotlar rо‘yxatida о‘quv fanining mazmunini tо‘liq aks ettiradigan 3-5 nomdagi darslik va о‘quv qо‘llanmalar beriladi. Qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxatida asosiy adabiyotlar mazmunini tо‘ldiruvchi xarakterga ega 3-5 nomdagi zaruriy manbalar taklif etiladi.
Sillabusni rasmiylashtirishga qо‘yiladigan texnik talablar:
1. Sillabusning hajmi bosma matnda 3-4 betni tashkil etadi.
2. Shrift: Times New Roman.
3. Shrift hajmi: 14 (12) (о‘zbek yoki rus tilida)
4. Interval: bir interval.
5. Varaq parametrlari: yuqori, quyi, о‘ng va chap tomonlardan – 2 sm.
6. Varaqni raqamlash: varaqning pastki qismida; о‘rtada.
MUSTAHKAMLASH UCHUN MATERIALLAR VA TOPSHIRIQLAR
1. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Har bir tinglovchi quyida keltirilgan mavzulardan о‘zi о‘qitayotgan о‘quv fani doirasidagi mavzuni tanlab amaliy mashg‘ulotlar davomida auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajariladigan mustaqil ish topshirig‘i mavzusidan kelib chiqqan holda tavsiya etilgan manbalar, о‘z tajribasiga tayangan holda ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bо‘ladi.
Tinglovchilarga tavsiya etilgan mavzular pedagogika oliy ta’lim muassasalari о‘quv rejalariga kiritilgan matematika fanlari mazmuni asosida tayyorlangan. Tinglovchining tanlab olgan mavzusi uning kurs loyiha ishi muammosiga mos bо‘lishi maqsadga muvofiq bо‘lib, tinglovchining malaka oshirish davomidagi tadqiqiy, ijodiy, uslubiy ishlarini tartiblashtirish, jadallashtirish, optimallashtirish imkoniyatini beradi.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar davomida egallangan bilim va kо‘nikmalar asosida, modul bо‘yicha tavsiya etilgan manbalardan foydalanilgan holda bajarib boriladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə