Issn 81-0591 2 9 1 issn 2181-0591


  “Suv va yer resurslari” agrar-gidromeliorativ ilmiy-ommabop jurnal



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/205
tarix28.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#137774
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   205
SUV VA YER 2022 6 soni

83 
“Suv va yer resurslari” agrar-gidromeliorativ ilmiy-ommabop jurnal
 
6(17)-son 2022-yil
15 % ortishini ta’minlar ekan bundan tashqari bioreaktorlaga kundalik yuklanadigan biomassaning 
miqdori ortishi biogaz miqdoorini ma’lum foizga orttiradi ammo tarkibidagi SN

miqdorini kamayishiga 
SO
2
miqdorini ortishiga olib keladi[8]. 
1.-rasm.
Bioreaktorlarga organik 
chiqindilarni me’yorlab solishning biogaz 
chiqishiga bog‘liqlik grafigi.
Tajribalarda kundalik yuklanadigan organik chiqindilar me’yorni 20% ga orttirilganida 
bioreaktordan olinadigan organik o‘g‘itning tarkibidagi begona o‘t urug‘larining bioreaktorda qayta 
ishlanmay chiqish holatlariga duch kelindi [2].
2-rasm.
Me’yorlab yuklangan 
biomassani bioreaktorda aralashtirish 
davomiyligining 
biogaz 
chiqishiga 
bog‘liqlik grafigi.
Yuqorida bir faktorli tajribalar o‘tkazilganida biomassani bioreaktorda aralashtirishning 
davomiyligini 7 minut deb olingan bo‘lsa barcha omillarning birgalikdagi ta’sirida davomiylik 7,5 
minutni ko‘rsatmoqda [9].
Buning asosiy sabablaridan birinchisi bioreaktordagi jarayonning turg‘unligini ta’minlashning 
juda murakkabligi bo‘lsa, ikkinchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bioreaktorlardagi metanogenezning 
bioreaktorlarni ishga tushirish davrida yetiltirib (ma’lum me’yoriy talablarga o‘rgatish) olish 
hisoblanadi. Biomassani bioreaktorlarda davomiy aralashtirish faqat biomassa yuzida paydo bo‘ladigan 
qatqaloq va cho‘kindini qo‘zg‘ashdan iborat degan xulosalarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi [14].
Uzoq vaqtlardan buyon o‘tkazilayotgan tajriba, amaliy va ishlab chiqarishdagi (Janubiy 
Koreyada, Xorazm viloyati Xiva tumanidagi Yo‘ldosh majit fermer xo‘jaligidagi, Buxoro viloyati
Vobkent shaxridagi va boshqa qurilmalar) qurilmalardan olingan natijalar biomassani bioreatorda 
to‘xtovsiz aralashtirish ham iqtisodiy, ham mikrobiologik nuqtai nazardan maqbul emas ekanligini 
ko‘rsatdi [10].
Tadqiqotlarimizda qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalarida qayta 
tiklanuvchi energiya olishda me’yorlagichini ishlab chiqishning asosini uning texnolik parametrlari 
hisoblansada ulardagi konstruktiv bajarilishi ham texnologik faktorlar bilan uyg‘unlashgan bo‘lishini 
talab etadi. Biomassani bioreaktorlarda aralashtirishlarning sutkalik aralashtirishlar soni bilangina emas 
balki qurilmalarining konstruktiv ijrosida ham bioreaktordagi biomassani aralashtirish ko‘rsatkichlariga 
ta’sir ko‘rsatiladi [11].
3 – rasmda keltirilgan egri chiziqni tasnifiga nazar solinsa bioreaktorlardagi biomassani 
aralashtirishlar soni anaerob jarayonda qatnashayotgan faol bakteriyalarni tinib turishini va ularni vaqti 
vaqti bilan qo‘zg‘altirish yaxshi samara berishini ko‘rsatadi [12]. 



Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə