Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o


Individuallashgan ta’lim prinsiplari



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

 

Individuallashgan ta’lim prinsiplari:

 

-    Individuallashtirish - O`quv jarayonining bosh strategiyasidir. 



-    O`quv     jarayonini     individuallashtirish     orqali            shaxsni 

rivojlantirish ta’minlanadi. 

-    Har bir o`quv predmetini o`qitshni individuallashtirish orqali amalga oshirish 

kutilgan natijani kafolatlaydi. 

O`qitish shakllarini individuallashtirish bilan integratsiyalash sharoiti yaratiladi. 

-    Individuallashgan ta’lim  o`quv  jarayoni sifat va samaradorligini ta’minlaydi. 

-    Individuallashgan  ta’limda  ko`nikma,  malaka,  bilim  olish  o`quvchining 

qiziqishi asosida kechadi. 

-    Mustaqil    ishlay    olish    o`quvchining    umumo`quv    ko`nikmasini 

rivojlantiradi, taraqqiy ettiradi. 

Demak,  ta’lim-tarbiya  sifati  va  samaradorligi  o`quvchining  o`quv  mazmunini 

o`zlashtirishga  yo`naltirilgan  mustaqil  mutolaa  bilan  samarali  shug`ullanishi, 

mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog`lik. 

Interfaol  metodlarda  dars  jarayonini  olib  borishda  o`quvchilarda  quyidagi 

xususiyatlarning rivojlanishini ko`rsatish mumkin. 

•  O`quvchi    o`qitilmaydi,    uni    mustaqil    o`qish,    o`rganish    ishlashga 

o`rgatiladi. 

•  Bunda     o`quvchilar     mustaqil     ravishda    tahlil     qilish    orqali 

o`zlashtirishga,   ijodiy  mulohaza  yuritishga,   shaxsiy  xulosalar  asosida erkin 

fikr  yuritishga  o`rgatiladi.  Bizga  yot  fikrlarga  qarshi  fikr  yurita  olish,  o`z 

pozitsiyasini himoya qila olish ko`nikmalari shakllantiriladi. 

•  O`quvchiga     bilimlar     tayyor      holda     berilmasdan,     bilimlarni 

darsliklardan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta ishlash   

orqali   uning   bilim   olish   malakasi   shakllantiriladi.   Olgan bilimlari   orqali   

ijodiy   mushohada   yuritish,   imkoniyati   yaratiladi.  O`quvchini   darsliklar   

bilan   ishlash,   o`qish,   o`rganish,   konspekt   yozish, qo`shimcha  adabiyot,  

spravochniklardan   foydalanib   mustaqil  o`zlashtirish ko`nikmalarini egallashga 

o`rgatiladi. 

•  Sinfdagi  barcha  o`quvchilarning  o`z  qobiliyatlari  darajasida  albatta 

o`zlashtirishlari  kafolatlanadi.  Bunda  o`quvchining  o`zlashtirganligi  olgan 

bilimlarini  hayotda,     amaliy  faoliyatda  foydalana olish  ko`nikma va malaka 

lari bilan belgilanadi. 

•  Barcha   o`qituvchi-o`quvchilar   interfaol   metodlar   asosida   ishlashni 

o`rganib,   uni   o`z   o`quv-biluv   faoliyatlariga   olib   kira   olsalar   barcha 

o`quvchilar bir xil natijalarga erisha oladilar. 



 

16 


• Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda: 

1. O`quvchining o`zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash ko`nikmalari 

shakllanadi. 

2.   O`quv  reja,  dastur,  darslik,  standart  me’yor,  qo`llanmalar,  mavzu  mazmuni 

bilan ishlash malakalari shakllanadi. 

3.   Ta’lim  mazmunini,  matnini  mustaqil   mutolaa  qilish,  ishlash, o`zlashtirish 

kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi. 

4.  O`quvchi  erkin  fikr  bildirish,  o`z  fikrini  himoya  qilish,  isbotlay  olish, 

tasdiqlay olishga odatlanadi. 

5.  Eng  muhimi  o`quv  jarayonida  didaktik  motivlar  vujudga  keladi.  Ya’ni    

o`quvchining   ehtiyoj,    xohish,    istagi    qondiriladi.    O`quv-biluv jarayonida 

o`quvchining  manfaatdorligi  oshadi.  Bu  holat  o`quvchini  o`quv

 

maqsadlariga 



erishishda yuqori bosqichga ko`taradi. 


Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə