Kasbiy psixologiya


Kasb tanlashga yo`naltirish mеtodlari va formalari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Kasb tanlashga yo`naltirish mеtodlari va formalari.
O`quvchilarni ongli 
kasb tanlashga tayyorlash umumiy ta'lim maktabining, litsеy, kasb-hunar kollеjlari 
hisoblanadi. Bu tayyorgarlik ikki faktor (omil)ni o`z ichiga oladi:
jamiyatning kadrlarga bo`lgan ehtiyojini;
yoshlarning shaxsiy qobiliyatini hisobga olib amalga oshirishga e'tibor 
bеrish va uchinchidan shaxsning kasbiy jihatdan o`z-o`zini anglashi bilan 
bog`liqdir.
Kasbga yo`naltirishning dastlabki bosqichida targ`ibotchilik ishiga 
o`quvchilarning o`zini faol jalb etish zarur. Bu shubhasiz ularning ishlab chiqarish 
va undagi kasblar bilan batafsil tanishishlari uchun zamin yaratadi. Maktabda 
kasblarni targ`ib qilish vositalari sifatida, kasb tanlashga bag`ishlangan ma'ruzalar, 


49 
suhbatlar, anjumanlar, bahslar, tanlovlar, munozaralar, radio va oynai jahon orqali 
maxsus 
eshittirishlar 
uyushtirish, 
dеvoriy 
gazеtalar 
chiqarish, 
maxsus 
ko`rgazmalar, bеzashlardan foydalaniladi.
Maktab yoshlari uchun tеngdoshlari korxonalarning ishchilari va kasb-
hunar kollеjlari o`quvchilari bilan bеvosita aloqalari juda foydali bo`ladi. Umumiy 
manfaatlar, 
o`zaro 
munosabatalar, 
ko`pincha 
bitiruvchilar 
kеyinchalik 
qo`shiladigan mеhnat jamoasini tanlashni bеlgilab bеradi. Kasb tanlashdagi 
mеhnat faoliyati turli axborot manbaiga qarab kasbga yo`naltirish shakl va 
usullarini uch guruhga ya'ni og`zaki, ko`rgazmali va amaliy usullarga bo`lish 
mumkin.
Professiografiya - bu kasb tomonidan insonga qo„yiladigan talablar nuqtai 
nazaridan kasblar va ularni tabaqalashtiradigan ixtisoslar tavsifidir. Muayyan 
ixtisos - kasb yoki ular guruhi tomonidan insonga qo„yiladigan talablar tizimining 
tavsiflash va asoslash professiografiyaning natijasini hal qiladi.
Professiogramma yoshlarga o„zlarining kelgusida energetika yo`nalishi 
kasbini to„g„ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi. 
Professiogrammani kasbga xos ravishda o„qitishni tashkil qilishda 
ta‟limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko„nikmalarga, 
ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog„liq ekanligini 
albatta ko„rsatish zarurdir. 
Mana shu professiogrammaga asosan, bo„lajak mutaxassis - kimyogarning 
sifat jihatidan o„z, kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin. 
Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, boshqa 
qismini esa, zarur kasbiy qobiliyatlar ro„yxati tarzida inson psixologiyasiga 
qo„yiladigan talablarning qisqacha ma‟lumotidan iborat bo„lgan psixogramma 
tashkil qiladi. Professiografiya kasblar klassifikatsiyasini ham o„z ichiga oladi. 
Ammo, uning kompleksligi va sintetikligini ushbu klasiffikatsiya g„oyat hilma - 
hil mezonlarni belgilaydi. Chunki, kasbni uning texnologik xususiyatlariga ko„ra 
klassifikatsiyalashning o„zi bir ish, gigienaga ko„ra klassifikatsiyalashning boshqa 
bir ish va hokazo. Professiografiyaning amaliy ahamiyati va uning kompleksligi 


50 
shunda yaqqol ochiladi. Har qanday kasbni o„rganish va tavsiflash hamisha 
ma‟lum maqsad bilan olib boriladi va ana shu maqsadga bo„ysindiriladi. 
Professiografiyaning maqsadi turlicha bo„lishi, professiogrammalar quyidagi 
maqsadlar uchun tuzilishi mumkin: 

zarur kadrlar tayyorlashni ta‟minlovchi o„quv programmasini asoslash; 

mehnatning gigiena sharoitini hisobga olish va yaxshilash; 

kasbga yo„naltirish, kasb bo„yicha konsultatsiya, kasb uchun odam
tanlashni asoslash. 
Tarixiy professiografiya yo„qolib ketgan kasblarni tavsiflaydi, biroq, 
professiografiyaning eng progressiv sohasi bu bizga o„tmishning stixiyali o„tib, 
kirib kelayotgan yangi kasbni konstruksiyalashga bag„ishlangan bo„lishidir. 
Mehnatni har tomonlama o„rganadigan barcha fanlar professiografiya oldiga 
turlicha vazifalar qo„yadi. Shuning uchun ham kasbni tahlil va tavsiflash uzviy 
ammo bir-biriga aynan o„xshash jarayon emas. Tekshirishning vazifasi
materialni batafsil o„rganib olish, uni kengaytirishdan turli formalarni analiz qilib
chiqish, bu formalar ichki bog„lanishini kuzatib borishdan iborat" - degan 
so„zlarini eslamasdan bo„lmaydi. Bunda shuni ham unutmaslik kerakki, 
professiografiya mazkur konkret mehnat psixologiyasi bo„yicha har qanday 
ishning shart - sharoiti shu bilan barcha ishni iloji boricha har tomonlama
o„rganish bo„yicha yakuni bo„lib ham xizmat qiladi. Har qanday kasb xususiyatini 
kompleks tahlil qilishda quyidagilarni tavsiya qilish mumkin: 

kasb va uning ixtisoslariga ishlab chiqarish xarakteristika; 

kasbning iqtisodiy ahamiyati; 

kasbning statsiologik xarakteristikasi; 

ijtimoiy psixologik xarakteristika, uning ishlar orasidagi obro„si, 
kompleks jamoaning xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarning vertikal va 
gorizontal bo„yicha o„ziga xosliklari; 

pedagogik xarakteristika: kasbiy mahoratni belgilaydigan kasbiy mehnat
muvoffaqiyati uchun zarur bo„lgan bilim va ko„nikma xajmining ro„yxati 


51 
tayyorgarlik turi va muddatli harakat marshrutlari xarakteristikasi hamda
pedagogik jarayonini yaxshilashga oid takliflar; 

mehnat 
sharoitining 
ishiga 
xarakteristika 
("kasbiy 
zarar" 
va 
sog„lomlashtirish tadbirlari); 

mazkur kasbda ishchiga tibbiyot nuqtai nazaridan zid bo„lgan sabablar 
ro„yxati (ayo`llar va o„smirlar mehnati alohida ajratiladi); 

faqat zarur (asosiy) va lozim ko`rilgan (qo„shimcha) qobiliyatlar ro„yxati 
emas, balki psixologik to„g„ri kelmasliklar ro„yxati emas, balki psixologik to„g„ri 
kelmaslik ro„yxati alfavit ro„yxati sifatidagi psixogramma ham qo`shilgan 
psixologik to„g„ri kelmaslik ro„yxati sifatidagi psixogramma ham qo`shilgan.
Adabiyotlar va tadqiqotlar natijalari quyidagi kasbiy-ahamiyatli
sabablarni ajratib olish imkonini bеradi:
- kasb va o`quv muassasasini tanlash sabablari;
- o`qish, o`quv-kasbiy faoliyat sabablari;
- ish joyini tanlash sabablari;
- mеhnat (kasbiy faoliyat) sabablari;
- kasbiy o`sish va martabasi oshish sababalri.
O`quvchilar bеrilgan omillar mazmunini qanchalik anglab tushunishlaridan, 
ularni ijtimoiy-kasbiy yo`naltirish va tanlangan kasbni egallash motivatsiyasi 
shakllanadi.
O`quvchilarning bеrilgan toifalari (guruhlari) sonlar bo`yicha quyidagicha 
taqsimlanadi.
Umuman 
olganda, 
kasbga 
yo`naltirishda 
individual 
psixologik 
xususiyatlarini hisobga olish, o`quvchi o`zining qiziqishi, hohishi, qobiliyatini va 
intilishlarini ro`yobga chiqarishga, o`zi uchun eng maqbul yo`lni ongli va mustaqil 
ravishda tanlash imkoniga ega bo`lishi uchun unga ko`maklashish lozim dеb 
o`ylaymiz.
«Ta'lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy 
siyosiy iqlim kеskin o`zgaradi, odamlar ongida dеmokratik qadriyatlar qaror 
topadi. Inson jamiyatdagi o`rnini ongli ravishda o`zi bеlgilaydi».


52 
Professiografiya deganda kasblar va ularning bir-biridan farqlanuvchi 
ixtisosliklar tomonidan inson oldiga qo`yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi 
tushuniladi. 
Kasb - kor (hunar) oldiga qo`yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon 
qilish o„ziga xos xususiyatga ega bo„lib, umumiy hamda xususiy jabxalarni o„zida 
aks ettiradi. Ular quyidagilardan iborat: 
1) kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi; 
2) kasb - korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyati uchun ahamiyati; 
3) kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;
4) kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi: yoshlarda uning 
ijtimoiy mavkei (nufuzi), jamoaning o„ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal 
bo`yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari. 
5) kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va 
ko„nikmalar ko„lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy 
mahorat aniqlanadi); 
6) pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik 
muddatlari, tadbir - choralarining umumiy tavsifi; 
7) mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi; 
8) kasb bo„yicha mehnat qilishga tibbiy jixatdan ta‟qiqlanuvchi omillar 
izchilligi; 
9) kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik;
10) o`zini o„zi faollashtirish va identifikatsiyalash. 
Kasbning inson oldiga qo„yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy, 
iqtisodiy texnikaviy va pedagogik jabxalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos 
asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talablariga moslashishi orqali 
mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi. 
Kasb tanlashga yo„naltirish davlat tadbir - choralari tizimidan iborat bo`lib, 
inson tomonidan tanlanadi, o`z xayot yo„lining ilmiy asoslanganligini ta‟minlashga 
xizmat qiladi, u turmushda o`z o„rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi: 


53 
1) maktabda kasbiy ma‟lumotlar berish;
2) kasb - hunar maorifi bilan shug„ullanish; 
3) radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish; 
4) kasb yuzasidan maslaxatlar; 
5) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan); 
6) kasbga moslashish (adaptatsiyalash). 
Mazkur soxada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan 
sxema ishlab chiqqan bo`lib, u "Kasb tanlashga yo„naltirish uchburchagi" deb 
nomlanib, o`zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois 
kasb tanlashga yo„llashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo„naltirish uchburchagining muxim bir tomoni - bu xar hil 
kasb hunar egasiga nisbatan qo`yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning 
mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu 
mutaxassislikka nisbatan 
jamiyat 
(viloyat, shaxar, 
tuman)ning 
mehnat 
imkoniyatiga extiyoji bo`yicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o„ziga 
xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo„naltiriluvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy 
xususiyatlari bo`yicha bilimlar umumlashtirilgan bo`lib, kasb tanlashga oid barcha 
jixatlar majmua xoliga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo„naltirish uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayili xoxishi, 
o`zini o`zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o`zida mujassamlashtiradi. 
Ye.A. Klimov qarashlariga binoan professiogramma bu:
1) sensor kanallarni yuklamalash, ustuvor signallarning turlari, faoliyat 
jarayonidagi axborotlar ko„lami va umumiy xususiyati (ko„rish eshitish va 
boshqalar); 
2) axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog`liq aqliy faoliyatning 
xususiyati; 
3) xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim xarakatlarning tavsifi;
4) ishda, mehnat faoliyatida nerv - psixologik zo`riqish, tanglikning 
mavjudligi; 
5) diqqatni boshqarish zarurati; 


54 
6) ishda muvaffaqiyatga eltuvchi shaxs sifatlari, fazilatlari; 
7) mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik 
ko„rsatkichlar. 
Bizningcha yuqoridagi muloxazalardan tashqari professiogramma oldiga 
quyidagi talablarni qo„yish maqsadga muvofiq: 
1) ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, 
mutaxassislik, kasb - hunar, lavozim, ishchi o„rni imkoniyati, mehnatning turdosh 
xususiyatlari va uning muxim tavsiflarining bayozi); 
2) ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma‟lumotlar; 
3) mehnat quroli sifatida nimalar qo„llanilishi.
4) mehnat predmetining tarkiblari va ularning o„ziga xos jabxalari; 
5) mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi; 
6) nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat) amalga oshirilishi; 
7) mehnat maxsullarini baholash mezonlari; 
8) ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari; 
9) ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning 
motivirovkasi; 
10) ishni bajarilishining sharti va sharoitlari
11) mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari; 
12) mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan hamkorlikda?); 
13) mehnatning jadalligi (intensivligi) to„g„risida ma‟lumotlar; 
14) mehnat faoliyatida ma`suliyatning va xavf-xatarning qaysi daqiqalari 
(xolatlari) uchrashi; 
15) mehnat uning sub‟ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, 
ma‟naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov jamoatchilik 
bahosi va boshqalar); 
16) ish yoki faoliyatning o„ziga xos xususiyatlariga ko`ra qanday talablarga 
va cheklanishlarga ega ekanligi. 
Kasb tanlashning umumiy masalalari. Kasb-hunar to„g„risida xar hil 
munosabatlar xosil bo„lishining asosiy sabablaridan biri - bu maktab 


55 
o„quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli hil motivlarning namoyon bo„lishidir. 
Motivlar o`rtasidagi ko`rash ularning u yoki bu qarorga kelishlariga sabab bo„ladi. 
Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo„lish, ob‟ektiv va qat‟iy qarorni 
keltirib chiqaradi. 
O„quvchilarni professiogramma bilan tanishtirishda bosh maqsad quyidagi 
tarkibiy gismlarni o`z ichiga qamrab oladi:
a) asosiy mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr - 
xayo`li - xuddi shu qurollarga qaratilgan va yo`naltirilgan bo„lishi kerak;
b) asosiy mehnat operatsiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni 
amalga oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi soxalarda ishlatish 
mumkin ekanligini bilish, ishlab chiqarish jarayonidagi operatsiyalarning rolini 
to„g„ri tasavvur qila olish, operatsiyalarning yangi variantlarini qidirish va kashf 
qilish uchun xarakat qilish;
c) asosiy qurollar va vositalar: qo`l aslaxalaridan - slesar, xirurg, skripkachi, 
g`ijjakchi, kamon chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi;
d) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini o`rab turgan tabbiiy muxim va 
sharoitlar, kishilar va x.k. 
Endilikda yurtimizda mazkur xalqaro notijorat birlashmasida belgilangan 
standartlar asosida kasb-hunar markazlarini tamomlaganlarga “Skills pasport” 
berish yo„lga qo„yiladi. 
Bugun odamlarni ish bilan ta‟minlash, biror faoliyat turiga jalb etishning eng 
samarali yo„li ularni kasb-hunarga o„qitish ekani mamlakatimiz tajribasida yaqqol 
namoyon bo„lmoqda. O„tgan qisqa vaqt ichida yoshlar, ayniqsa, ishsiz aholi 
qatlamini bu tizimga jalb qilish, kelgusida oliy ta‟limni davom ettirishidan qat‟iy 
nazar, ularga hayotida asqotadigan biror hunarni o„rgatish, egallagan kasbi 
bo„yicha bo„sh ish o„rinlari yaratish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga 
aylangan. 
2020 yilning 17 yanvarida mamlakatimiz dunyo bo„yicha kasb-hunar ta‟limi 
maqomi va standartlarini oshirish, xalqaro tanlovlar orqali zamonaviy kasblarni 
ommalashtirishni maqsad qilgan “WorldSkills International” xalqaro harakatiga 


56 
83-a‟zo sifatida qabul qilindi. Endilikda yurtimizda mazkur xalqaro notijorat 
birlashmasida 
belgilangan 
standartlar 
asosida 
kasb-hunar 
markazlarini 
tamomlaganlarga “Skills pasport” berish yo„lga qo„yiladi. 
Prezidentimizning 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag„al va ishsiz fuqarolarni 
tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga 
o„qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta‟minlashga oid qo„shimcha chora-
tadbirlar to„g„risida”gi qaroriga asosan, bunday kasbiy malaka pasporti 2021 
yilning 1 yanvaridan boshlab, “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-
hunarga o„qitish markazlarida sinov imtihonlari asosida topshiriladi. 
Yangi pasport kimlarga beriladi? 
Yoshlar orasida katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo„layotgan kasbiy 
malaka pasporti dunyoning 80 dan ortiq mamlakatida tan olinadi. Ushbu pasport 
mehnat vazifalari va asosiy ko„nikmalarning batafsil taqsimlanishini ta‟minlab, har 
bir kishining muayyan yo„nalishdagi qobiliyatni qanchalik egallaganini alohida 
qayd etadi. Jarayonda kasb-hunarga o„qitish markazlari bitiruvchilarining kasbiy 
malakasi “WorldSkills International” xalqaro standartlari orqali baholanadi va 
texnik ko„nikmalar, aloqa hamda tashkilotchilik qobiliyati singari bir qator 
mezonlar asosida VS standartlari shakllantiriladi. Bu standartlar o„zgaruvchan 
bo„lib, doimiy tarzda takomillashtirib boriladi. 
- Ayni paytda ko„plab davlatlarda keng qo„llanilayotgan mazkur kasbiy 
malaka pasporti o„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi diplomi darajasiga tenglashtiriladi 
va egallagan bilimlarni mehnat faoliyatida qo„llash huquqini beradi. Bunday 
pasportni mamlakatimizda xalqaro standartlar bo„yicha o„tkaziladigan imtihonlarni 
muvaffaqiyatli topshirishni istagan kishi yoki kasb-hunarga o„qitish markazlari 
bitiruvchilari olishi mumkin. Ya‟ni o„rta ta‟limni tamomlagan, o„z bilim va 
ko„nikmasiga ishongan 16 yoshga to„lgan har qanday fuqaro “Ishga marhamat” 
monomarkazi yoki hududlardagi kasb-hunar ta‟limi markazlarida ro„yxatdan o„tib, 
belgilangan vaqtda imtihon topshirishi mumkin. Imtihon “WorldSkills 
International” xalqaro birlashmasi mutaxassislari tomonidan o„tkaziladi. Undan 


57 
muvaffaqiyatli o„tganlarga kasbiy malaka pasporti beriladi. Ammo, unutmaslik 
kerakki, bu pasport ta‟limning keyingi turini davom ettirishga asos bo„la olmaydi. 
Boshqa mamlakatda ishlash istagidagi insonlarning oliy ma‟lumot darajalari 
nostrifikatsiya jarayonidan o„tkaziladi. Ammo, bu amaliyot o„rta kasb-hunar 
diplomlari uchun amal qilmagani bois, ko„plab kishilarning qo„shimcha 
imkoniyatlarini yo„qqa chiqaradi. Yoki zarur bilim va ko„nikmalarga ega 
bo„lmagan kishilar ish topishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Ana shu 
jihatlarni inobatga olgan holda, “Skills pasport”ni oliy ma‟lumot diplomlarini 
nostrifikatsiya qilish jarayonining muqobiliga aylantirish, uning “WorldSkills 
International” xalqaro harakatiga a‟zo davlatlar o„rtasida tan olinishini ta‟minlash 
maqsad qilingan. Bu esa, kasb-hunar ta‟limi pasportiga ega insonlarning ko„plab 
davlatlarda o„ziga munosib ish topish imkoniyatini oshiradi. Ayni paytda “Skills 
pasport” Rossiya Federatsiyasi hududida faol qo„llanilmoqda va kadrlarni 
tanlashda unga ishonadigan ish beruvchilar soni kun sayin ortib boryapti. 
Kasbiy malaka pasporti ish beruvchilarning mos xodimlarni topish va 
tashkilotiga jalb qilishida ham bir qator qulayliklar yaratadi. Ya‟ni korxona-
tashkilotlar rahbarlari xodimning malaka pasporti asosida qaysi yo„nalishda zarur 
ko„nikmaga ega ekanini bilib oladi. Bo„sh ish o„rniga talabgor nomzodning “Skills 
pasport”ga ega ekani uning xalqaro standart asosida imtihondan o„tganini ham 
tasdiqlaydi. 
Mamlakatimizda kasbiy malaka pasportini olish tizimi joriy etilgach, unga 
ega bo„lgan har bir mutaxassisni yagona milliy kadrlar bazasiga kiritish ko„zda 
tutilgan. Bu ish beruvchilarga bitta platformada to„plangan ko„plab mutaxassislar 
orasidan o„ziga mosini tanlab, ishga taklif etish imkoniyatini oshirish bilan birga, 
pasportga ega kishilarning munosib ish joyida faoliyat yuritishini ta‟minlaydi. 
Qurilish muhandisining kasbiy kompetentsiyasi – bu integral funktsiyalar, bu 
o'z ichiga olgan professional funktsiyalarni samarali bajarish uchun zarur bo'lgan 
texnik va iqtisodiy bilim, ko'nikma va tajribaga ega bo'lgan mutaxassisning 
ishbilarmonlik fazilatlari va qobiliyatlari to'plamini o'z ichiga oladi.
Qurilish muhandisi kasbi «Inson-texnika» turiga kiradi, u loyihalash, montaj 


58 
qilish va ishga tushirish, texnik ob'ektlarni ishlatish va texnik qurilmalarni 
boshqarishga qaratilgan. Ushbu kasb fikrlashning yuqori darajada rivojlanishini, 
yaxshi vosita mahoratini, jismoniy chidamliligini, qo'l va texnik ishlarga 
moyilligini talab qiladi. 
Yuqoridagi muloxazalardan kelib chiqqan xolda, o„spirinlarning qurilish 
sohasiga qiziqishi, mayli, extiyoji, iqtidori, qobiliyati, ko„nikmasi va malakasini 
xisobga olgan xolda kasb tanlashga to„g„ri yo„llantirish mamlakat taraqqiyoti 
uchun puxta zamin xozirlaydi. Bu xaqda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da 
ibratli fikrlar bildirilgan. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə