Kirish I. Umumiy qism



Yüklə 4,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix26.05.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#113013
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
uruglik paxtani yetishtirish saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 


III. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH 
Paxta tozalash zavodlarida zamonaviy uskuna va texnikalardan foydalanib
chigitli paxtani qayta ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologik jarayonlarining 
qo‗llanishi uskunalar majmualarining «odam-mashina» tizimining murakkablashuvi 
va mehnat xususiyatlarining o‗zgarishiga olib keldi. Bu esa, o‗z navbatida, 
xavfsizlikni ta‘minlash masalalariga e‘tiborni kuchaytirishni, mehnat jarayonida 
avval sezilmagan ishlab chiqarish xavflari va zararlari hamda yangidan vujudga 
kelayotgan xavf va zararlar, omillarni doimiy ravishda o‗rgatishni, ishlovchilarga 
xavfsiz, sog‗lom mehnat sharoitlarini yaratib berishni talab qiladi. 
Chigitli paxta xomashyosini tayyorlash, saqlash, quritish, tozalash va 
boshqatdan qayta ishlash jarayonlarida foydalanilayotgan murakkab texnologik 
uskunalar, kichik mexanizatsiya vositalarining yuqori bosimli gidravlik presslari va 
tez aylanuvchi mexanizmlar hamda arrali silindrlar, arrali va qoziqchali barabanlar 
bilan jihozlangan uskunalarning benuqson ishlashini, ishlab chiqarish jarayonlarida 
ko‗p miqdorda zarur bo‗lgan elektr quati, yoqilg‗i va tabiiy gazdan foydalanilishi 
yong‗in xavfsizligi qoidalariga rioya yetilishini ta‘minlashga alohida ye‘tibor berishni 
taqozo etadi. 
Amaldagi yong‗in va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik, ishlab 
chiqarish jarayonlarida ishchilarning hayotini xavf ostida qoldirib, oxir-oqibatda 
baxtsiz hodisalar va katta miqdordagi moddiy zararli yong‗inlar sodir boiishiga olib 
kelishi mumkin. 
Paxta tozalash zavodlarida mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini 
ta‘minlashda quyidagi masalalar hal qilinadi. 
Mehnatni muhofaza qilish, bu tegishli qonun va meyoriy hujjatlarga binoan 
amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish 
qobiliyati saqlanishini ta‘minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, 
texnikaviy, sanitariya-gigiyena hamda davolash profilaktika tadbirlari va vositalari 
tizimidir. Boshqacha aytganda, korxona ishchilari uchun sog‗lom va xavfsiz mehnat 
qilish sharoitlai mi ta‘minlaydigan huquqiy, texnik va sanitar meyorlari tizimi 
mehnatni muhofaza qilish deyiladi. 


Bu tizimning tarkibiy qismlari: 

mehnat qonunlari; 

xavfsizlik texnikasi; 

ishlab chiqarish sanitariyasidan iborat. 
Mehnat qonunlarining asosini Konstitutsiyaga asoslangan mehnat kodeksi va 
hukumat qarorlari tashkil qiladi. 
Xavfsizlik texnikasi tashkiliy, texnik tadbirlar va vositalar tizimi bo‗lib, 
jarohatlanishga olib keluvchi ishlab chiqarish omillarining ishlovchilarga ta‘sirini 
bartaraf qilishga yo‗naltirilgan. 
Ishlab chiqarish sanitariyasi tashkiliy va sanitar-gigiyenik tadbirlar va vositalar 
tizimi bo‗lib, ishlovchilarni kasallanishiga olib keluvchi ishlab chiqarish omillari 
ta‘sirining oldini olishga qaratilgan. 
Texnika xavfsizligi bo‗yicha yo‘riqlar berish va bilimlarni tekshirish «Paxta 
tozalash sanoati korxonalari uchun texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariya 
qoidalari» ga muvofiq ravishda olib boriladi. Ish joyini bajariladigan ish uchun 
belgilangan texnika xavfsizligi qoidalarining hamma talablariga rioya qilgan holda 
tayyorlash lozim. 
Texnika xavfsizligi va sanoat sanitariyasi bo‗yicha yo‘riqnomalarni barcha 
ishchilarga berish hamda ish joylaridagi ko‗rinarli va yaxshi yoritilgan joyda, oyna 
ostida osib qo‗yilishi talab etiladi. 
Yangi ishga kirgan va bir ishdan boshqasiga o‗tgan barcha xodimlar, ular 
ishlaydigan uskuna, agregat hamda mexanizmlarning tuzilish va xususiyatlari bilan 
oldindan tanishishlari, texnika xavfsizligini bilishlari, shuningdek ish joylarida 
xavfsiz ishlash usullarini ko‗rib o‗rganishlari kerak. 
Uskunalarda nosozliklarni bartaraf yetish,tozalash va moylashga oid barcha 
zarur ishlarni faqat uskuna yelektr manbalaridan uzib qo‗yilgandan va ishga tushirish 
uskunasiga ogohlantiruvchi plakat osib qo‗yilgandan keyin amalga oshiriladi. 
Uskunani to‗xtatgan va plakat osgan shaxsgina uskunaning ishga tushirish 
qurilmasidan ogohlantiruvchi plakatni olishi va uni yana ishga tushirishi mumkin. 


Uskunaning ish holatida qurilmaning to‗siqlarini, eshiklarini ochish va olib qo‗yish 
taqiqlanadi. 
Uskunalarga texnika xavfsizligi bo‗yicha qo‗yiladigan umumiy talablar: 

hamma turg‗un uskuna va agregatlarni mustahkam asos yoki poydevorga 
o‗rnatish, ularni tayyorlovchi zavodlarning ko‗rsatmasiga binoan mahkamlash 
kerak; 

mexanizmlarning jami aylanadigan va harakatlanadigan qismlari (valning chiqib 
turgan uchlarini, harakatga keltiruvchi tishli va tasmali uzatmalar)ni ishonchli 
to‗siq va qopqoqlar bilan yopish lozim

xizmat ko‗rsatish uchun tez-tez yaqinlashishni talab qiladigan joylarda mashina 
harakatlantirgichi bilan elektr to‗sqichi bo‗lgan to‗siq va qopqoqlar o‗rnatiladi; 

hamma harakatlanuvchi mexanizm va dastgohlar, uskuna hamda agregatlarni, 
ularning to‗siq va blokirovkalarini soz holatda saqlash tavsiya qilinadi. Yopiq va 
o‗yiqlari bo‗lgan shkivlarni uskuna o‗rnatishga ruxsat etilmaydi; 

uskuna, mexanizm va dastgohlar yurgizish qurilmalariga ega bo‗lishi kerak, bu 
ularning o‗z-o‗zidan ishlashiga imkon bermaydi va oson to‗xtatishni ta‘minlaydi; 

barcha uskuna va dastgohlarda kirgizish moslamalarini ko‗rinarli joylarda, tez-tez 
olinmaydigan qismlarda joylashtirish kerak; 

barcha ishlab chiqarish uskunalarining pol yoki ish maydonchasi sathida 2 m 
gacha balandlikda joylashgan, aylanadigan va harakatlanadigan qismlari to‗siq 
bilan jihozlanishi kerak; 

uskuna korpusidagi to‗siqlar, eng xavfli uzellarning eshik va qopqoqlari 
xavfsizlik bloki bilan jihozlanishi talab etiladi; 

ish jarayonida chang ajratuvchi texnologik uskunalarni, zichlash hamda havo 
so‗ruvchi qurilmalar va ishlab chiqarish binolarida meyo-riy ish sharoitlarini 
ta‘minlovchi moslamalar bilan ta‘minlanishi lozim; 

chang tutkichlarda ushlab qolinadigan iflosliklarni, chang va boshqa 
aralashmalarni iflos yig‗ish bunkeriga uzatish qurilmalari bilan jihozlash 
maqsadga muvofiqdir; 

changning tashqariga chiqishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun texnologik uskunalar, 


xomashyo mahsulotlarni taqsimlash, uzatish va yig‗ishtirish vositalarining 
qopqoqlari germetik zich yopilishi lozim. 
Texnologik uskunalarni, moslama-mexanizmlarini ishlatish ularda to‗siqlar, 
ogohlantirish qurilmalari yoki chang so‗ruvchi moslamalar yo‗q bo‗lganda 
taqiqlanadi. Ochiladigan va olinadigan qobiqlar, eshik va to‗siqlarning ichki yuzasi, 
vallar uchi, shkiv hamda shesterniyalarning kegayini sariq yoki qizil rangga bo‗yash 
tavsiya qilinadi. 



Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə