Kirish I. Umumiy qism



Yüklə 4,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/23
tarix26.05.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#113013
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
uruglik paxtani yetishtirish saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

 
Tuproqqa ishlov berish. 
Paxtachilikda tuproqqa ishlov berish g‗o‗zapoyani yig‗ishtirish, begona 
o‗tlardan tozalash, o‗g‗it solish, kuzgi shudgorlash, dalani tekislash, erta ko‗klamgi 
boronalash, diskalash, boronalash yoki molalash bilan birvaqtda chizellash, ekish 
oldidan boronalash bilan molalash kabi ishlarni o‗z ichiga oladi. Ayrim yog‗in-sochin 
kam tushadigan mintaqalarda, sifatli haydashni ta‘minlash maqsadida haydash oldi 
sug‗orish, zapas suv berish yoki ekin ekish oldidan sug‗orish nazarda tutiladi. 


Tuprog‗i sho‗rlangan yerlarda dala tekislanib, cheklar olinib va ularni ekish 
oldidan tekislash ham o‗tkaziladi. 
Tuproqqa ishlov berish ikki qismdan iborat: 
1. Tuproqqa asosiy ishlov berish (kuzgi shudgorlash) 
2. Erta bahorda va ekin ekish oldidan ishlov berish. Kuzgi shudgorlashning 
ahamiyati katta bo‗lib, bahorgi shudgorlashga nisbatan gektariga 3-5 sentner yuqori 
hosil beradi. 
Kuzgi shudgorlashni sifatli o‗tkazish uchun g‗o‗za vilt bilan kasallangan 
maydonlarda g‗o‗zapoya KV-4A, KK-3,6 A, KI-1,8 moslamalar yordamida 14-16 sm 
chuqurlikda ildizidan kesilib, daladan olib ketiladi yoki g‗o‗zapoyalar sog‗lom bo‗lsa, 
o‗g‗it sifatida dalaga maydalab ko‗mib yuboriladi. Agar maydon zichlashib ketgan 
bo‗lsa, jo‗yak orqali yengil suv ham qo‗yish mumkin. 
Dala ildizpoyali begona o‗tlar bilan kuchli zararlangan bo‗lsa, g‗o‗zapoya 
yig‗ishtirlgach, maydon ag‗dargichi olingan plug bilan 18-20 sm yumshatilib, chizel, 
kul‘tivatorlarga borona taqilib, taroqlanadi. Kuzgi shudgorlash ikki yarusli pluglar 
(PD-3-35, PD-4-35) bilan 30 yoki 40 sm chuqurlikda haydaladi. 
Kuzgi shudgorlashning eng qulay muddati oktabr oyining ikkinchi yarmi, 
noyabr va dekabr oyining birinchi o‗n kunligidir. Shudgorlashda tuproq o‗ta nam 
yoki qurib qolgan bo‗lmasligi kerak. Aks holda, shudgor sifatsiz bo‗ladi. 
Shudgorlash chuqurligi ma‘daniy haydov qatlamining qalinligiga bog‗liqdir. 
Tipik va och-tusli bo‗z tuproqlarda haydash chuqurligi 30 sm dan, unumdorlik 
qatlami qalin bo‗lgan o‗tloq yoki och tusli bo‗z tuproqlarda esa haydash chuqurligi 
35-40 sm dan kam bo‗lmasligi kerak.. 
Unumdorligi past, qum yoki shag‗al qatlami yuza joylashgan yerlarda 
shudgorlash chuqurligi o‗sha unumsiz qatlam yuzaga chiqmaslik darajasida 
belgilanishi lozim. 
Erta bahorda shudgorda namni saqlab qolish maqsadida tuproqning yetilish 
darajasiga qarab, fevral-mart oylarida ikki qator borona yurdirish bilan bir marta 
shudgorga ishlov beriladi. 


Ekin ekish oldidan shudgorning holatiga qarab, quyidagicha ishlov o‗tkaziladi: 
I. Dala begona o‗tlardan tozalanadi. Tuprog‗i sho‗rlanmagan, tuproqning ijobiy 
xususiyatlari saqlanib qolgan bo‗lsa, tuproq borona mola bilan tayyorlab chigit 
ekiladi; 2.Dala begona o‗tlar bilan ifloslangan bo‗lsa 8-12 sm chuqurlikda 
kultivatsiya yoki chizel qilinib, unga borona mola qo‗shib ishlatiladi; 3. Zapas suvi 
berilgan yoki sifatsiz shudgor qilingan yerlarda 16-18 sm chuqurlikda chizel qilinib, 
unga bir yula borona va mola qo‗shib yuritiladi; 4. Dala begona o‗tlar bilan kuchli 
ifloslangan bo‗lsa, unda yerni ag‗dargichi olingan plug bilan 16-18 sm chuqurlikda 
qayta haydab, keyin borona mola qilib ekiladi; 5. SHo‗ri yuvilgan yerlarda 
tuproqning yetilish chuqurligigacha chizel bir yula borona mola bilan yuritiladi. Og‗ir 
tarkibli tuproqlarda chizellashni takroriy o‗tkazish mumkin. 

Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə