Kirish I. Umumiy qism



Yüklə 4,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/23
tarix26.05.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#113013
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
uruglik paxtani yetishtirish saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

 
 


Qator oralig‘iga ishlov berish. 
Qator oralig‗iga ishlov berishdan maqsad begona o‗tlarni yo‗qotish va tuproq 
yuzasini yumshoq saqlashdir. Tuproq yuzasi yumshatilganda namning parlanishi 
kamayadi, zararli tuzlar yuzaga ko‗tarilmaydi, havo almashinuvi yaxshilanadi, tuproq 
suv o‗tkazuvchanligi oshadi. 
Qator oralig‗iga ishlov berishni nihol to‗liq unib chiqib, qatori bilinishi bilanoq 
boshlamoq kerak. Chunki bu vaqtda begona o‗tlar ildiz otmagan, g‗o‗za ildiz 
sistemasi ham nozik, ildiz chirish kasalligiga chalinib qolish xavfi bo‗ladi. 
Yer osti suvi chuqur joylashgan yerlarda g‗o‗zani birinchi suvigacha bir marta, 
yer osti suvi yuza joylashgan yerlarda esa ikki marta kultivatsiya o‗tkaziladi. Keyingi 
kultivatsiyalar esa sug‗orish soni bilan bog‗liq bo‗lib, tuproq yetilishi bilan 
o‗tkaziladi. Jami 4-5, ba‘zan 6-7 martagacha kultivatsiya qilinadi. Kultivatsiyani 
o‗tkazish chuqurligiga e‘tibor berish kerak. Meyoridan ortiq chuqurlikda 
o‗tkazilganda g‗o‗zaning ildiz sistemasi jarohatlanib, hosiliga zarar yetishi mumkin. 
G‗o‗zani dastlabki rivojlanish davrida chetki ishchi organlari 6-8 sm, 
o‗rtadagisi esa 10-12 sm chuqurlikda yumshatiladi. Himoya zona 10-12 sm bo‗lib, bu 
zona o‗z navbatida kultivotorga UROR ishchi organi o‗rnatilib, o‗simlikdan 3-5 sm 
masofada yurdirish bilan yumshatiladi. 
Keyingi kultivatsiyalarda, ayniqsa, suvdan keyin, qatlamlab yumshatiladigan 
KKO ishchi organlari o‗rnatiladi. Bular naralniklar bo‗lib, chetki organlar 8-10 sm 
chuqurlikda, o‗rtasidagi organlar esa 12-14-16 sm chuqurlikda ishlaydi, qator oralig‗i 
90 sm li maydonlarda esa chetki organlar 8-10 sm bo‗lsa, o‗rtasidagi organlar 16-20 
sm chuqurlikda o‗rnatiladi. Himoya zonasi esa 15-16 sm gacha oshiriladi. 
Sug‗orish uchun jo‗yak chuqurligi 60 sm qator oraliqda o‗simlik rivojlanish 
davrlariga qarab 12-18, 90 sm qator oralig‗ida 15-20-30 sm gacha yetkaziladi. 

Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə