Kirish I. Umumiy qism


Rayonlashgan g‘o‘za navlari tavsifi



Yüklə 4,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/23
tarix26.05.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#113013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
uruglik paxtani yetishtirish saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

 
1.3. Rayonlashgan g‘o‘za navlari tavsifi 
Viloyat va tumanlarda Davlat nav sinovidan o‗tgan, tuproq-iqlim sharoitiga mos 
bo‗lgan bir necha navlar ekil-moqda. Quyida ana shunday ayrim navlarning tavsifi 
kelti-riladi. 
Namangan-77. G.S.Zaytsev nomidagi g‗o‗za seleksiyasi va urug‗chiligi ilmiy - 
tekshirish instituti va Qizil Rovot tajriba xo‗jaligida yaratilgan. Nav o‗rtapishar. Usuv 
davri 110 - 125 kun. Vilt kasalligiga chidamli. Bir ko‗sakdagi paxta vazni 5,2 g, tola 
chiqishi 33,3 foiz, shtapel uzunligi 33,7 mm, tolaning uzilish kuchi 4,7 gk, metrik 
soni 5600, nisbiy uzi-lish kuchi 26,2 gk teks. Tolasi V- tip. Hosildorligi gektariga 
o‗rtacha 44 s. 
Unumdor bo‗z o‗tloq va o‗tloq-botqoq tuproqlarda gekta-riga 80-90 ming tupdan, 
sho‗rlangan yerlarda 120-140 ming tupni tashkil etgani ma‘qul. 
Bo‗z tuproqlarda o‗g‗itlarning meyori gektariga N- 250; P-175; K-125 kg. 


S-6524. G.S. Zaytsov nomidagi g‗o‗za seleksiyasi va urug‗chiligi ilmiy - tekshirish 
institutida duragaylash yo‗li bilan yaratilgan. Urtapishar. Tola uzunligi 35,2 mm, 
metrik soni 6350, uzilish kuchi 4,5-4,6 gk, nisbiy uzilish kuchi 28,5 gk teks, tola 
chiqishi 33-34 foiz. Tolasi IV- tipga kiradi. 
S-6530. G.S. Zaytsov nomidagi g‗o‗za seleksiyasi va urug‗chiligi ilmiy - tekshirish 
institutida duragaylash yo‗li bilan yaratilgan. Urtapishar navlar guruhiga kirib, vilt 
ka-salligiga chidamli. Usuv davri 114- 124 kunni tashkil etadi. Bir ko‗sakdagi paxta 
vazni 5,4-6,2 g, tola chiqishi 36,8-37,2 foiz, shtapel uzunligi 35,2 mm,tolaning uzilish 
kuchi 4,5-gk, metrik soni 6020, nisbiy uzilish kuchi 27,1 gk teks. Hosildorligi 
gektariga 40-48 s gacha yetadi. Ko‗chat qalinligi gektariga 90-100 ming tupga to‗g‗ri 
keladi. Bo‗z tuproqlarda azotning ma‘qbul meyori 250, fosfor - 175, kaliy- 125 kg/ga. 
S-4727. G.S.Zaytsov nomidagi g‗o‗za seleksiyasi va urug‗chiligi institutida 1961 
yilda duragaylash yo‗li bilan yaratilgan. Usuv davri 132-136 kun. Ko‗sakdagi paxta 
vazni 6,3-6,8 g, tola chiqishi 36 foiz, shtapel uzunligi 33,2 mm, to-laning uzilish 
kuchi 4,6-4,8 gk, metrik soni 5470-5600, nisbiy uzilish kuchi 26,2 gk teks. Tolasi V-
tip. Kasallikka chidam-siz. 
Buxoro-6. UzPITIning Buxoro paxtachilik filialida turlararo durugaylash yo‗li bilan 
yaratilgan. Urtapishar. Ko‗sakdagi paxta vazni 7,2 g. Tola chiqishi 36,5 foiz, tola 
uzunligi 34 mm, metrik soni 6020, tolaning uzilish kuchi 4,54,6 gk, nisbiy uzilish 
kuchi 28,3 gkteks. 

Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə