Kirish I. Umumiy qism



Yüklə 4,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/23
tarix26.05.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#113013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
uruglik paxtani yetishtirish saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 


II. TEXNOLOGIK KISM 
2.1. Urug‘lik paxtani yetishtirish texnologiyasi 
Almashlab ekish. 
Dehqonchilik madaniyatini oshirishda, tuproq unumdorligi va paxta 
hosildorligini ko‗tarishda, chorvachilikni mustahkam yem-xashak bazasi bilan 
ta‘minlashda almashlab ekish asosiy omillardan biridir. 
Almashlab ekishni joriy etmasdan turib o‗g‗itlash, sug‗orish, begona o‗tlarga, 
hasharot va kasalliklarga qarshi kurashishning to‗g‗ri tizimini qo‗llab bo‗lmaydi. 
G‗o‗za vilt bilan kasallangan maydonlarda almashlab ekishning bo‗laklangan 
2:4:1:3, 2:4:1:2, 2:3:1:2, tizimlari tavsiya etiladi. Birinchi raqam beda, ikkinchi raqam 
g‗o‗za,uchinchi raqam don yoki yem-xashak ekinlari, to‗rtinchi raqam g‗o‗za. Bedani 
birinchi yil don ekinlari, makkajo‗xori, sudan o‗tlari bilan aralashtirilib ekish tavsiya 
etiladi. 
Meliorativ jihatidan noqulay bo‗lgan yerlarda 1:3:4, 1:3:5, shamol eroziyali 
yoki qumli tuproqlarda 3:3, 3:4, 3:3:1, tizimlari qo‗llanilgani ma‘qul. 
Dehqonchilikda tuproq unumdorligiga qarab almashlab ekish 3:5,3:4, 3:3, 
tizimida ham bo‗lishi mumkin. Bunda paxtaning salmog‗i 62,5;57;50 % ni tashkil 
etadi. 
Ug‘itlash tizimi. 
Ug‗itlash tizimi organik va mineral o‗g‗itlarni qo‗llashni o‗z ichiga oladi. 
Ug‗itlarni qo‗llash meyori va ularni tuproqning tipiga, o‗g‗itning shakliga va 
almashlab ekish maydoniga qarab o‗zgarib boradi. 
G‗o‗zani oziqlanishi uchun mo‗tadil sharoitni ta‘minlash, uning o‗sishi va 
rivojlanishini tezlashtirish uchun bo‗z tuproq sharoitida, belgilangan hosilni e‘tiborga 
olgan holda, azotning quyidagi meyorlari gektariga kg hisobida tavsiya etiladi: 
hosildorlik gektariga 15-20 s bo‗lganda 100 kg, 20-25 s bo‗lganda 150 kg, 25-30 
sentnerda 200 kg, 30-35 sentnerda 250 kg, 35-40 setnerda 300 kg, 40-45 sentnerda 
esa 350 kg belgilanadi. 
Ug‗it meyorini bo‗laklab qo‗llashning samarasi yuqori bo‗ladi. Agar azot 
o‗g‗itining qo‗llash meyori katta bo‗lsa, uning 25 % ekish oldidan yerni tayyorlashda, 


75 % esa oziqlantirishda beriladi. Agar oziqlantirish ikki marta rejalashtirilgan bo‗lsa 
shonalash va gullash davrlarining boshlanishlarida beriladi. Uch marta 
rejalashtirilganda birinchi oziqlantirish 3-4 chinbarglik davrida o‗tkaziladi. 
Fosforning samaradorligi uning yillik meyorining 60-70 % shudgor oldidan 
berilganda yuqori bo‗ladi, qolgan qismi esa ekish bilan birvaqtda va gullash davrida 
oziqlantirishda berilgani ma‘qul. 
Azot bilan kaliyning nisbati 1:0,5 bo‗lganligi ma‘qul. Kaliy meyorining 50% 
shudgor oldida berilsa qolgan qismini shonalash davrida oziqlantirishga berish 
tavsiya etiladi. 
Fosfor 
va 
kaliy 
o‗g‗itlarining 
meyorini 
belgilashda 
agroximiya 
kartogrammasining ma‘lumotlaridan foydalaniladi (2.1 - jadval). 
2.1 - jadval 
Tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdoriga qarab 
o‗g‗itlardagi oziqa moddalarning tavsiya etiladigan o‗zaro nisbati 
Harakatchan fosfor 
miqdori, mg/kg 
Azot va fosfor 
nisbati 
Almashinuvchan 
kaliy miqdori, mg/kg 
Azot va kaliy nisbati 
15 gacha 
1 : 0,9 
100 dan kam 
1 : 0,8 
16 - 30 
1 : 0,7 
101 - 200 
1 : 0,7 
31 - 45 
1 : 0,5 
201 - 300 
1 : 0,5 
45 - 60 
1 : 0,3 
301 - 400 
1 : 0,25 
60 dan ortiq 
1 : 0,1 
400 dan ortiq 
1 : 0,22 

Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə