Kirish I. Umumiy qism



Yüklə 4,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix26.05.2023
ölçüsü4,04 Mb.
#113013
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
uruglik paxtani yetishtirish saqlash va qayta ishlash texnologiyasi

 
G‘o‘za defoliatsiyasi. 
G‗o‗za hosilini pishishini tezlashtirish va uni qisqa muddatda mashinalar 
yordamida terib olishda defoliatsiyaning ahamiyati kattadir. 
Defoliatsiya hosilning 90 foizdan ortig‗ini sovuq tushguncha terib olish 
imkonini beradi, mashinalarning ish unumi 20-25 % oshadi, 1 sortga topshiriladigan 
paxta miqdori 4-5 % ortadi, mahsulot tannarxi arzonlashadi va yig‗im terim muddati 
birmuncha qisqaradi. 
Defoliantlarning ta‘siri havo harorati va tuproq namligi bilan bog‗liqdir. 
Havo harorati +18-21 0 S dan past bo‗lmaganda, tuproq namligi dala nam 
sig‗iimga nisbatan 65-70 % bo‗lganda yuqori samaradorlikka erishiladi. G‗o‗za bargi 
10-12 kunda 80-90 % to‗kiladi. 
Defoliatsiya uchun keng ishlatilayotgan magniy xlorati (Mg(ClO3)2 6H2O, 
kalsiy xlorat-xloridi (Ca(ClO3)+CaCl2, sihat-kalsiy xlorning (Ca(ClO2)2 karbamid 
SO(ITG)2 bilan 1:3 nisbatda aralashmasi, dropp va dropp ultra preparatlaridir. Dropp 
va ultra dropp yumshoq ta‘sir etuvchi guruhga kirsa, dastlabki ikki preparat esa qattiq 
ta‘sir ko‗rsatadi. 
Ko‗p yillik ma‘lumotlarga qaraganda ingichka tolali g‗o‗za navlarining 
tuplarida mavjud ko‗saklarining 35-40 %, o‗rta tolali navlarda esa kamida 50 % 
ochilganda defoliatsiya qilish tavsiya etiladi. 


G‗o‗zaning rivojlanishi, bargning kam yoki ko‗pligi va havoning haroratiga 
qarab o‗rta tolali g‗o‗zalar uchun magniy xloridining meyori gektariga 8-12 kg, 
kalsiy xlorat -xlo-ridi 20-25 kg va dropp 0,4-0,7 kg miqdorida qo‗llaniladi. 
Ishchi eritmalarining sarfi traktor purkagichlari OVX-14, OVX-28 
ishlatilganda gektariga 400-450 litrgacha, samolyot va vertalyotda 150 - 200 litr qilib 
belgilanadi. 
2.2. Urug‘lik paxtani terish, tayyorlash va saqlash.
Urug‗lik paxtani terish, tayyorlash va saqlashni ilmiy asoslangan tavsiyalar 
asosida olib borish urug‗lik chigit sifatini oshirishning bosh omilidir. Urug‗lik uchun 
ekilgan paxta maydonlaridagi barcha tadbirlar sifat ko‗rsatkichlari yuqori bo‗lgan 
urug‗lik chigit olishdan iborat. 
Urug‗lik paxtani terish ham o‗zining xususiyatlariga ega. G‗o‗za ko‗sagining 
yarus bo‗ylab ochilishi uni yig‗ib-terib olishni ancha qiyinlashtiradi. O‗rug‗lik 
paxtaning sifati ko‗saklarning tupda joylanishiga, zararkunanda va kasalliklar bilan 
zararlanishiga bogliq. G‗o‗za tupining o‗rta va pastki qismida, ikkinchi va qisman 
uchinchi konusda joylashgan ko‗saklar eng qimmatlidir. Bu ko‗saklardan sifatli 
urug‗lik chigiti olinishi mumkin. Urug‗lik paxtani terish va uni toshpirish standart 
talabiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Sifatli urug‗lik olish uchun faqat sog‗lom va normal ochilgan ko‗sakdagi paxta 
terib olinadi. Urug‗lik chigitning sifatiga g‗o‗zaning zararkunanda va kasalliklari 
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Urug‗likka ajratilgan paxta faqat qo‗lda terib olinadi. Buning uchun har bir 
terimchiga ikkita-uchta cho‗ntakli maxsus etaklar beriladi. Cho‗ntaklarning biriga 
normal, yaxshi ochilgan boshqasiga esa rivojlanmagan, kasallangan va zararlangan 
ko‗saklardagi paxta terib olinadi. 
Urug‗lik paxtani sifatli yig‗ishtirib olish uchun paxta terish meyori asosiy 
mahsulot uchun teriladigan paxta meyoridan 20-25% ga kamaytiriladi. 
Urug‗lik paxta qo‗lda bir-ikki marta terib olinadi. G‗o‗zada 3-5 ta ko‗sak to‗liq 
yetilib yaxshi ochilganda birinchi marta teriladi. Paxta faqat to‗liq ochilgan 
ko‗saklardan teriladi. Chala ochilgan ko‗saklardan namligi yuqori va pishmagan 


paxtani terish man qilinadi. Paxtani ikkinchi marta ham go‗za tupida pishgan, yaxshi 
ochilgan 3-5 ta ko‗sak borligida teriladi. Qo‗lda terilgan urug‗lik paxtada 
shikastlangan chigitlar 0,5% dan oshmasligi lozim. Urug‗lik paxtani terib olishni 10-
15 oktabrgacha tugallash kerak. 
Urug‗lik paxtani tayyorlov punktlarga jo‗natilguncha brigada xirmonlarida 
to‗gri saqlash chigitning sifatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Asosiy urug‗lik paxtani 
rivojlanmagan, kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan paxtalardan alohida 
saqlanadi. Ular tayyorlov punktlarida saqlashdan ilgari bir-ikki sutka davomida 
brigada xirmonlarida oftobda quritiladi. Bu esa urug‗ning sifatini yaxshilaydi, uning 
unuvchanligini oshiradi. 
Ikkinchi reproduksiya ekilgan maydonlardan urug‗lik paxtani mashina bilan 
terib olishga ruxsat etiladi. Mashina terimiga g‗o‗za barglarining defoliatsiyadan 
keyin kamida 80% i to‗kilganda va ko‗saklarning o‗rtacha 70-75% i ochilganda 
kirishiladi. Urug‗lik paxtani mashinada terishdan oldin rivojlanmagan, zararkunanda 
va kasallik bilan zararlangan paxta hamda ko‗saklar qo‗lda terib olinadi. 
Mashinada terilgan urug‗lik paxtadan shikastlangan chigitlar miqdori 1% dan 
oshmasligi kerak. 
Elita va birinchi reproduksiya urug‗lar tayyorlov punktiga yangi qoplarda 
tortilib jo‗natiladi. Bunda har bir qop ichiga navi, reproduksiyasi va yetishtirilgan joy 
ko‗rsatilgan yorliq solib qo‗yiladi va qop ustiga ham shu mazmundagi yorliq 
yopishtiriladi. Rivojlanmagan hamda zararkunanda va kasalliklar bilan zararlangan 
ko‗saklardan terilgan paxta tayyorlov punktiga alohida tovar sifatida topshiriladi. 
Tayyorlov punktlarida urug‗lik paxtani paxta maydonlaridagi aprobatsiya natijalariga 
muvofiq qabul qilinadi. 
Urug‗lik paxtaning tolasi tashqi ko‗rinishi va tolaning uzilish kuchiga ko‗ra 
paxtani qabul qilish va komplektlash standart talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Tayyorlov punktlarda urug‗lik paxta namligi va ifloslanganligi chegaralangan 
meyordan ziyod bo‗lganda qabul qilinmaydi. 
Rivojlanmagan hamda zararkunanda va kasalliklar bilan zararlangan paxtalar 
aralashgan urug‗lik paxta tozalash uchun xo‗jaliklarga qaytariladi. 


Urug‗lik paxta 250-300 tonnali toy kilib joylanadi. 
Bir xil urug‗lik material olish uchun sentabr oyida terilgan urug‗lik paxta 
oktabr oyida terilgan urug‗lik paxtadan alohida partiya qilib joylashtiriladi. Sentabrda 
terilgan paxtani partiya qilib joylashtirish 15-20 kundan, oktabrda terilgan paxtani esa 
Yüklə 4,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə