Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə39/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
kkkkk

Ishni bajarish tartibi
Dasturni ishga tushirish
Dastur ishga tushganda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.

16.1 – rasm. Dasturning ishchi oynasi

Dastur birinchi marta ishga tushirilganda interfeys tilini tanlash va lokal tarmoqni skanerlashni ishga tushirish lozim.


Dastur birinchi marta ishga tushganda tilni tanlash oynasi chiqadi (16.2 - rasm).

16.2 – rasm. Interfeys tilini tanlash oynasi

Dastur bilan ishlashda ingliz tilidagi interfeysdan foydalanish tavsiya qilinadi.


Keyingi oyna lokal tarmoqni skanerlashni so‘raydi.



16.3 – rasm. Skanerlash uchun lokal tarmoqni tanlash

DUDE kompyuterning tarmoq haritasidagi IP manzilga ko‘ra tarmoqni va uning niqobini avtomatik aniqlaydi.


Foydalanuvchining grafik interfeysi (GUI) foydalanuvchi uchun qulay va sodda ko‘rinishga ega (16.4 - rasm).

16.4 - rasm. GUI ko‘rinishini tavsifi
Serverga ulanish usulini tanlash uchun «Lokal klient va serverni sozlashni global paneli» ga kirish lozim (16.5 – rasm).



16.5 – rasm. Lokal klient va serverni sozlashni global paneli


Serverga klientni ulash
Belgini bosish orqali ikkita ulanishdan birini tanlash mumkin:

  1. Ochiq ulanish. Server va klient o‘rtasida ma’lumotlar, foydalanuvchi nomi va parolini ham tarmoq bo‘ylab ochiq ko‘rinishda uzatilishini hisobga olish kerak. SHu sababli uzoqlashgan usulni emas, balki xavfsiz ulanishni ishlatish lozim.

  2. Xavfsiz ulanish. Server va klient o‘rtasida uzatilayotgan ma’lumotlar shifrlangan ko‘rinishda uzatiladi.

Dasturni ishga tushirish uchun DUDE serverini IP manzilini qo‘yish lozim. Agar lokal serverga ulanish kerak bo‘lsa, loopback manzil – 127.0.0.1 deb ko‘rsatish kerak.
Ulanishda kompyuterga (DUDE dasturi o‘rnatilgan kompyuterga) IP manzilni qo‘yish shart. DUDE dasturini asosiy xususiyatlaridan biri DNS yordamida nomni IP manzilga o‘zgartirishni amalga oshirmaydi.
Server va klient o‘rtasida Firewall ni sozlashda, transport pog‘onasida ma’lumot almashish TSR protokoli yordamida amalga oshirilishini e’tiborga olish lozim. Uzoqdan ulanish va xavfsiz ulanishlar uchun o‘rnatilgan 2210 va 2211 portlarni serverni sozlanishida o‘zgartirish mumkin.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə