Konservalangan mahsulotlar texnologiyasi

Xomashyoni maydalash va qirqish

Yüklə 221,46 Kb.
səhifə3/8
tarix23.12.2023
ölçüsü221,46 Kb.
#155557
1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-KONSERVALASH TEXNOLOGIYASI

Xomashyoni maydalash va qirqish.

Konservalarning ko’p turlarini ishlab chiqarishda xomashyo maydalanadi. Maydalash darajasi keyingi texnologik jarayonlar jadalligi, mahsulot sifatini belgilaydi. Mevalarni mayin maydalash, presslash jarayonida sharbat chiqishini oshiradi, lekin katta miqdordagi kichik zarrachalarning mavjudligi sharbatni meva etidan ajratib olishni qiyinlashtiradi. Ayrim meva va sabzavotlardan danaklari, mevabandi, urug’larini olib tashlash talab qilinadi. Bu jarayonlar maxsus mashinalarda amalga oshiriladi. Qoldiqlarni tozalash qo’lda bajariladi.

Xomashyoga termik ishlov berish.

Xomashyoga termik ishlov berish.

Yuvilgan, tozalangan, maydalangan yoki qirqilgan xomashyoga odatda bug’, suv yoki tuz, shakar yoki organik kislotalar eritmalari bilan qisqa muddatli termik (issiqlik) ishlovi beriladi. Bu jarayon blanshirlash deb ataladi. Jarayonning maqsadi o’simlik to’qimalari fermentlari, birinchi navbatda oksidlovchi-qaytaruvchi kompleksini susaytirish, xomashyoni mikroorganizmlar bilan ifloslanganligini pasaytirish, to’qimalardan havoni qisman chiqarish hamda xomashyoga yoqimsiz ta’m va hid beruvchi moddalarni bartaraf etishdan iborat. Blanshirlash mahsulotga xos rangni saqlab qolish, uning konsistensiyasi va ta’mini yaxshilash imkonini beradi.

Gazak konservalari, umumiy ovqatlanish uchun yarimtayyor mahsulotlar va boshqalarni tayyorlashda sabzavotlarni qovurish yoki yengilgina qovurish ko’zda tutilgan. O’simlik moyi yoki hayvon yog’ida qovurish sabzavotlarga o’ziga xos ta’m, tillarang jilo beradi, ularni kaloriyaliligini oshiradi. Bunda xomashyo massasi 30 dan 50% gacha kamayadi, sabzavotlar o’z massasiga nisbatan 4 dan 27% gacha yog’ni singdirib oladi. Qovurishda yog’ning harorati 120-150*C ni tashkil etadi. Quyultirilgan tomat mahsulotlari, eti bilan sharbatlar, bolalar ovqatlanishi uchun mahsulotlar tayyorlashda maydalangan va qizdirilgan xomashyo qirg’ishlash mashinalaridan o’tkaziladi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə