Korrupsiyaga qarshi samarali kurash chora tadbirlari mamlakat taraqqiyoti omili sifatida



Yüklə 457,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix16.05.2023
ölçüsü457,18 Kb.
#110551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
172 Hayitov Jorabek Muhammad ogli 1224-1232

w
www.oriens.uz
December 
2021
 
boshqarayotganlar tomonidan oz bo‘lsada o‘zlashtirib olinmasligi mumkin emas”, 
degan pessimistik xulosaga kelgan[3]. Uning qarashlari Nikolla Makiavellining 
ijtimoiy-siyosiy qarashlariga juda o‘xshash bo‘lib, Artha Shastra fikricha, hukmdorlar 
o‘z maqsadlariga erishish uchun qat’iylik va halollik qoidalariga amal qilgan holda, 
hech bo‘lmaganda, faqat o‘z sub’ektlariga nisbatan, barcha vositalardan 
foydalanishlari mumkin. “Suv ostida harakat qilayotgan baliqlarni ichimlik yoki 
suvsizligini aniqlash mumkin bo‘lmagani kabi, davlat ishlarida ishlaydigan davlat 
xizmatchilari [o‘zlari uchun] pul olayotganda ham topilmaydi”. Artha Shastra 
naqllari orasida eng mashhuri bo‘lgan ushbu naqlda davlat amaldorining moliyaviy 
insofsizligini isbotlash qanchalik qiyinligi qiyos qilingan. U “Moddiy farovonlik 
bo‘yicha ko‘rsatmalar”da shunday ta’kidlagan edi: “Til uchida topilgan asal yoki 
zaharni tatib ko‘rmaslikning iloji bo‘lmaganidek, qirolning mol-mulkidan davlat 
xizmatchisi ham bir oz bo‘lsa-da, foydalanmasligi mumkin emas”[4].
Bunday holni biz qadimgi Misr hayotida ham uchratishimiz mumkin bo‘lgan, 
chunki firavnlar davrida ulkan byurokratik tizim shakllangan bo‘lib, dehqonlar
hunarmandlar va hatto harbiylarga nisbatan qonunbuzarlik, o‘zboshimchalik qilishga 
imkon bergan[5].
Korrupsiya davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazadi. Dunyoning 
yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 
poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki 
sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni 
Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli 
bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib 
uzatmangizlar”[6] deyilgan. 
Umuman olganda, korrupsiya jiddiy axloqiy, iqtisodiy va siyosiy muammolarga 
sabab bo‘lib, davlat va jamiyat boshqaruvni buzadi, qolaversa, rivojlanishga 
to‘sqinlik qilib, raqobat muhitini inkor qiladi. Oqibatda, adolatsizlik avj olib, inson 
huquqlari poymol bo‘lishi va qashshoqlikni ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, 
biznes yuritish qiymatini oshib, noaniqlik tijorat operatsiyalari ichiga joriy, tovarlar 
va xizmatlar narxini ham oshishiga, mahsulot va xizmatlar sifatini pasayishiga, davlat 
muassasalariga ishonchsizlikka hamda bozorlardan samarali foydalanishga sun’iy 
g‘ovlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Korrupsiya barcha davlatlarga xos bo‘lgan va har doim mavjud bo‘lgan butun 
ijtimoiy boshqaruv tizimining eng daxshatli illati hisoblanib, u faqat turli darajadagi 
faollikdagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga ta’sir qildi, ba’zan shunday faollik 
darajasiga ega bo‘ldiki, u bu munosabatlarning tartibga soluvchisiga aylandi, qonunni 



Yüklə 457,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə