Korrupsiyaga qarshi samarali kurash chora tadbirlari mamlakat taraqqiyoti omili sifatida



Yüklə 457,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix16.05.2023
ölçüsü457,18 Kb.
#110551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
172 Hayitov Jorabek Muhammad ogli 1224-1232

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1230 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
maoshi dastlab ishchilarning maoshidan 12-15 baravar oshdi, ammo vaqt o‘tishi bilan 
bu farq ikki baravar kamaydi. Bugungi kunda Shvetsiya korrupsiya bo‘yicha 
dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biriga ega. 
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi jiddiy chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar 
kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida 
taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan 
taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy 
ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning 
birorta tarmog‘i rivojlanmaydi” 
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro 
huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi 
Konvensiyasi; 
2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan 
jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi; 
1999 yil 27 yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy 
javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyasi; 
1999 yil 4 noyabrdagi “Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy 
javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyalari va boshqalar. 
O‘zbekiston yuqorida taʼkidlangan xalqaro normalardan 2008 yilda Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, shuningdek, 2010 yilda 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga 
qarshi kurash bo‘yicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan. 
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu 
turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar 
tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida 
korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga 
qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq 
etilmoqda. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-
6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni qabul 
qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish 
sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning 



Yüklə 457,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə