Korrupsiyaga qarshi samarali kurash chora tadbirlari mamlakat taraqqiyoti omili sifatida



Yüklə 457,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix16.05.2023
ölçüsü457,18 Kb.
#110551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
172 Hayitov Jorabek Muhammad ogli 1224-1232

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1231 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish 
choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni 
shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi 
tashkil etildi. 
Farmon bilan, Agentlikka Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi 
kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda 
ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini taʼminlash, BMTning 
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga 
qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi 
bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni 
muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va 
vakolatlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar
iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini 
baholovchi milliy indeks tuzishni tashkillashtirish yuklatildi. 
XULOSA 
Shuningdek, mazkur Farmon asosida quyidagi chora-tadbirlarni bosqichma-
bosqich amalga oshirish belgilanligi ahamiyatlidir, xususan: 

2020–2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida 
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) ni bosqichma-
bosqich joriy etish; 

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohasidagi faoliyati, shuningdek ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar 
samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz 
elektron platformasini joriy etish; 

korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil 
dasturiy taʼminotni joriy etish.[10] 
Mamlakat korrupsiyaga qarshi samarali kurashmas ekan, barcha tizimlar ishdan 
chiqib boraveradi, kishilar ongida kelajakka bo’lgan ishonchsizlik ortib, jamiyat 
inqirozga yuz tutadi, fikrimizcha eng samarali kurash o’zimizdan boshlanadi, o’zimiz 
o’zgarmay turib, o’zimiz isloh bo’lmay turib jamiyatni inqirozdan qutqarib 
qololmaymiz. Biz ma’suliyatni o’z zimmamizga olishga, pora bermaslik va 
olmaslikka, haqiqat uchun kurashishga harakat qilishimiz, o’z harakatlarimizda sobit 
bo’lishimiz zarur. 

Yüklə 457,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə