Korrupsiyaga qarshi samarali kurash chora tadbirlari mamlakat taraqqiyoti omili sifatida



Yüklə 457,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix16.05.2023
ölçüsü457,18 Kb.
#110551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
172 Hayitov Jorabek Muhammad ogli 1224-1232

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1227 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
almashtirdi yoki unga parallel ravishda harakat qildi va shu bilan davlat hokimiyatini 
zaiflashtirdi. Korrupsiyaning bunday xatti-harakati qonuniy hokimiyat egalarini unga 
qarshi kurashishga undaydi. Korrupsiyaning bunday ekstremal ko‘rinishiga qarshi 
kurashish ijtimoiy boshqaruv tizimini barqaror rivojlantirishni shakllantirishning eng 
muhim yo‘nalishiga aylanmoqda[7]. 
Hukumatlar - iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti xalqaro biznes 
bitimlarida xorijiy Davlat amaldorlarining poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi 
Konvensiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi 
Konvensiyasi hamda ularning milliy qonunlari kabi xalqaro shartnomalar orqali 
poraxo‘rlikni bartaraf etishda muvaffaqiyatlarga erishdilar. Xalqaro normativ-
huquqiy hujjatlarda poraxo‘rlikning har qanday ko‘rinishi jinoyat hisoblanadi va 
shuningdek, poraxo‘rlik uchun jazo keskin hisoblanadi. 
Davlat sektorida korrupsiya holatlarining ko‘p uchrashi tartibga solish va sud 
tizimlarining ishdan chiqishiga, ular faoliyatining nooqilona yuritilishiga olib keladi. 
Mablag‘larning noo‘rin qo‘llanilishidan tashqari, turli ta’sirlar davlat siyosatining 
sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, xususiy sektorda iqtisodiy daromadlar va ishlarning 
jismoniy shaxslar hamda firmalar uchun samarasiz faoliyat bilan shug‘ullanish, 
qobiliyat va kuchning behuda sarflanishi hamda iqtisodiy o‘sishni cheklanishiga olib 
keladi. 
Turli davrlarda turli mamlakatlar turli yo‘llar bilan korrupsiyaga qarshi kurashib 
kelgan, quyida ularning tajribalarini ko‘rib chiqamiz. Hozirda Singapur korrupsiyaga 
qarshi samarali kurashi bilan jahonda yetakchi hisoblanadi, Singapurning 
korrupsiyaga qarshi strategiyasi o‘zining qat’iyligi va izchilligi bilan ajralib turadi, bu 
“korrupsiyani nazorat qilish mantig‘i” ga asoslangan: “korrupsiyani yo‘q qilishga 
urinishlar ham rag‘bat, ham imkoniyat yaratadigan sharoitlarni minimallashtirish yoki 
yo‘q qilish istagiga asoslanishi kerak”[8]. 
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni 
korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. 
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi 
mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. 
Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” 
sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr 
yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga 
qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi. 



Yüklə 457,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə