Korrupsiyaga qarshi samarali kurash chora tadbirlari mamlakat taraqqiyoti omili sifatida


Keywords:  public administration, security, corruption, bribery, corruption, taste,  development, interest.  KIRISH



Yüklə 457,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix16.05.2023
ölçüsü457,18 Kb.
#110551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
172 Hayitov Jorabek Muhammad ogli 1224-1232

Keywords:
 public administration, security, corruption, bribery, corruption, taste, 
development, interest. 
KIRISH 
Hech kimga sir emaski, jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, uning taraqqiyoti
kelajak hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi korrupsiya illati bugun biz o‘zbeklarning 
kundalik turmushida ham stixiyali ko‘rinishda, u yoki bu shaklda ko‘p uchrab turadi. 
Ishni, o‘zi barchaning tilidan tushmaydigan korrupsiya so‘zi qachon, qayerda paydo 
bo‘lgan, u qanday ma’nolarda qo‘llaniladi degan savollarga javob izlashdan 
boshlasak, to‘g‘ri bo‘lar edi nazarimizda. Shuni alohida e’tiborga olish kerakki
korrupsiya ijtimoiy munosabatlar tizimidagi eng qadimgi hodisalardan biri bo‘lib, 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1225 
w
www.oriens.uz
December 
2021
 
“bu ijtimoiy tuzum qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, odamlar hayotini boshqaradigan 
ijtimoiy tuzum bilan bir xil qadimiy hodisa hisoblanadi”. Tabiiyki, tarixiy jarayon 
davomida bu hodisa muttasil o‘zgarib boradi, siyosiy va iqtisodiy tartib 
murakkablashib borishi bilan uning namoyon bo‘lishining yangi shakllari vujudga 
keladi[1]. 
Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli 
illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, 
inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot 
sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan 
jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib 
beradi[2]. 
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va 
kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli 
illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar 
amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. 

Yüklə 457,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə