Landshaftli yer tuzish


kriogen jarayonlar (krio-sovuq) doimiy muzliklar bilan qoplangan joylarda sodir  bo‘ladi.   kurumlar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

kriogen
jarayonlar (krio-sovuq) doimiy muzliklar bilan qoplangan joylarda sodir 
bo‘ladi. 

kurumlar
– fizik “nurashi” – mahsuloti bo‘lib, qoyalarda tog‘ qirralarida, vodiyda 
hosil bo‘ladi. Bularning harakati bir qancha omillarga bog‘liq, ular harakatlanganda 
tuproq ustini suradi, ya’ni eroziya paydo bo‘ladi. 

ko‘chki
– tog‘ cho‘qqisida ko‘p qor yog‘ishi, ularni bir-biriga yopishqoqligining 
yo‘qolishi bilan ko‘plab hajmdagi qor – tog‘ jinslari, dov-daraxtlar bilan qo‘shilib, 
pastga qulashi oqibatida tuproqning ustki qismini eroziyaga bardoshsiz qilib qo‘yadi, 
yoki yemiradi. 

nivatsiya
– lotincha, qor ma’nosini anglatadi, bunda tog‘li mintaqalarda qor 
suvlari relyefning o‘zgarishiga olib keladi. 


94 

surilish
– tog‘ tuprog‘i va tog‘ jinslari birgalikdagi katta massa hosil qilib, pastga 
tomon harakatlanib ekinzorlarni qoplaydi, ularni ishdan chiqaradi. Ko‘pincha 
surilmalar geologik ishlar bajarilganda ham yuz beradi. 

sel
– tog‘ – tosh jinslarining kuchli suv ta’sirida yuvilishi bo‘lib, qor mo‘l yog‘ishi 
va erishi oqibatida sodir bo‘ladigan hodisa. Sellar dehqonchilik mintaqalarida tuproq, 
o‘simlik va yo‘llarni ishdan chiqaradi. 

soliflyukatsiya
– lotincha, Solium – tuproq fluction “oqishi” ma’nosini bildirib
sekin-asta, o‘ta nam tuproqni qiyalik bo‘ylab oqib ketishi demakdir. Ko‘pgina qor 
erishi, muzlab qolgan tuproqning namlanib uzoq vaqt pastlikka oqishidan yuzaga 
keladi, tog‘lar va doimiy muz bilan qoplangan yerlarda yuz beradi. 

suffoziya
lotincha suffusid – tomchilanish, “tomchi o‘yishi, sho‘rlantirish” 
jarayoni bo‘lib, suv ta’sirida mayda va erigan moddalarning tuproqdan sizilib chiqib 
ketishi tushuniladi. Bunda tuproq donadorligi buziladi, yuvilaverib, ustki qismi pastki 
qismiga o‘tiradi, natijada aylanasi 10-500 metrgacha o‘pqonlar hosil bo‘ladi. 
Yuqorida qayd qilingan hodisalar tashqi muhitta’sirida yuz beradi, ammo bundan 
tashqari daryo suvlari, to‘fonlar kabi seryog‘in, sersuv hodisalar ham tuproqning 
eroziyaga bardoshligini kamaytiradi. 


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə